Fanidan yozgan mustaqil ishi


O‘quvchilar inshosini tahlil qilish


Download 109.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi109.86 Kb.
#1555310
1   2   3
Bog'liq
Fanidan yozgan mustaqil ishi

O‘quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o ‘stirish metodikasida o'quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki,
bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O'quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos
keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to'g'ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi,
mazmunda takror yo'qmi, zarur o'rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi,
xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo'l
qo'yilm.aganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik
elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so'z, gap soni; lakonizm yoki ko'p so'zlilik).
5. Leksika (so'zlardan to'g'ri foydalanish. sinonim, antonim, frazeologizmlardan foydalanish).
6. Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab tuzilmalar bormi?).
7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo'pol va juz’iy xatolar).
8. Husnixat, tashqi tom ondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to‘g‘ri
joylashtirishga rioya qilish).
O'quvchilar inshosiga qo'yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.

Download 109.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling