Fanlararo aloqaning umumiy masalalari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
K8md9yoJXHthaKWFhHXf9QZ7vlTkaWx2M1ZAu8k5
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA FANLARARO ALOQANING UMUMIY MASALALARI Ta’lim smaradorligini oshirishda tabiat bag’rida turli tadbirlar tashkil etib, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash yaxshi natija beradi. Ayniqsa boshqa fanlar bilan bog’langan holda tashkil etilgan tadbirlar o’quvchilar uchun juda qiziqarli va foydali bo’ladi. Quyida ana shunday geografiya darsini jismoniy tarbiya va ingliz tili fanlari bilan uyg’unlashgan mashg’ulotlardan birini e’tiboringizga havola etamiz. Tadbir tabiat bag’rida yoki sport zalida o’tkazilishi mumkin. O’yin 2 yoki 3 jamoa ishtirokida o’tkaziladi. Uni tashkil etishda ko’chma doska, shaharlar, daryolar, davlatlar, tog’lar, geografik obyektlar yozilgan kartochkalar, davlatlar xaritalarining kattalashtirilgani, foydali qazilmalar shartli belgilarining qog’ozoda aks etgan shakllaridan foydalanish mumkin. Jismoniy tarbiya o’qituvchilari tomonidan sakrash uchun arg’amchi, futbol to’pi va boshqa foydalanish lozim bo’lgan narsalar tayyorlab qo’yiladi. Bu o’yin o’quvchilarni sport o’yinlari ichida tezlik bilan fanga oid bo’lgan tushunchalarni eslash va bilimlarini mustahkamlashga undaydi. 1- shart “Daryolarni bilasmi?” O’quvchi shart berilgandan so’ng arg’amchida sakrab borib, belgilangan joyga oldindan tayyorlab qo’yilgan qog’ozchalar ichidan daryolar nomini topib, magnit doskaga yopishtirib, ortiga qaytishi kerak. Qog’ozchalarda tog’, davlat, cho’l, dengiz nomlari aralash holatda yozilgan bo’ladi. 1- shart “Daryolarni bilasmi?” O’quvchi shart berilgandan so’ng arqonda sakrab borib, belgilangan joyga oldindan tayyorlab qo’yilgan qog’ozchalar ichidan daryolar nomini topib, magnit doskaga yopishtirib, ortiga qaytishi kerak. Qog’ozchalarda tog’, davlat, cho’l, dengiz nomlari aralash holatda yozilgan bo’ladi. 2- shart “Xaritani joylashtira olasizmi?” Oldindan tayyorlab qo’yilgan materik yoki biron-bir davlatning kattalashtirilgan xaritasi bir necha qismga ajratib, aralash holatda qo’yiladi. O’quvchilar futbol to’pini to’siqlar orasidan tepib borib, xaritani bir butun holatga keltirishlari zarur. 3- shart “Shartli belgilarni bilasizmi?” Doskaga foydali qazilmalarning ro’yxati osib qo’yiladi. O’quvchilar estafeta tayoqchasi o’rnida foydali qazilmalar shartli belgilarining kesmalaridan foydalanishlari mumkin. Yugurib borgan holda qo’lidagi shartli belgini kerakli so’z yoniga joylashitirish lozim. 4- shart “Savolga javob yozing” Doskaga 8 yoki 10 nafar ishtirokchi uchun savol yozib, osib qo’yiladi. Har bir o’quvchi qopda sakrab borib, savolga javob yozib qaytib keladi. Dunyodagi eng uzun daryo? Kenguruning vatani? Dunyodagi eng baland tog’? Eng katta orol qaysi? Afrikaning eng katta cho’li? 4- shart “Sardorlar bellashuvi” Sardorlar bir-birlariga to’pni otib galma-galdan geografik terminlarni ingliz tilida aytib, bahsni davom ettiradilar. Masalan: river – mountain state - nation ocean – sea continent - climate lake - countrie sun – rain Shart shu taxlit davom etadi. Kim birinchi bo’lib adashsa yoki to’xtab qolsa, yutqazgan hisoblanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan g’olib guruh e’lon qilinadi va rag’batlantiriladi. BUGUNGI MAVZU BO’YICHA BERILADIGAN MA’LUMOTLAR SHULARDAN IBORAT EDI. RAHMAT, SOG’ BO’LING! Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling