Fanlararo aloqaning umumiy masalalari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1068556
Bog'liq
K8md9yoJXHthaKWFhHXf9QZ7vlTkaWx2M1ZAu8k5



GEOGRAFIYA TA’LIMIDA 
FANLARARO ALOQANING 
UMUMIY MASALALARI 


Ta’lim smaradorligini oshirishda tabiat bag’rida 
turli tadbirlar tashkil etib, olingan nazariy 
bilimlarni mustahkamlash yaxshi natija beradi. 
Ayniqsa boshqa fanlar bilan bog’langan holda 
tashkil etilgan tadbirlar o’quvchilar uchun juda 
qiziqarli va foydali bo’ladi. Quyida ana shunday 
geografiya darsini jismoniy tarbiya va ingliz tili 
fanlari bilan uyg’unlashgan mashg’ulotlardan 
birini e’tiboringizga havola etamiz. 
Tadbir tabiat bag’rida yoki sport zalida 
o’tkazilishi mumkin. 


O’yin 2 yoki 3 jamoa ishtirokida o’tkaziladi. Uni 
tashkil etishda ko’chma doska, shaharlar, 
daryolar, davlatlar, tog’lar, geografik obyektlar 
yozilgan kartochkalar, davlatlar xaritalarining 
kattalashtirilgani, foydali qazilmalar shartli 
belgilarining qog’ozoda aks etgan shakllaridan 
foydalanish 
mumkin. 
Jismoniy 
tarbiya 
o’qituvchilari 
tomonidan 
sakrash 
uchun 
arg’amchi, futbol to’pi va boshqa foydalanish 
lozim bo’lgan narsalar tayyorlab qo’yiladi. Bu 
o’yin o’quvchilarni sport o’yinlari ichida tezlik 
bilan fanga oid bo’lgan tushunchalarni eslash 
va bilimlarini mustahkamlashga undaydi.


1- shart 
“Daryolarni bilasmi?” 
O’quvchi shart berilgandan so’ng arg’amchida 
sakrab borib, belgilangan joyga oldindan 
tayyorlab 
qo’yilgan 
qog’ozchalar 
ichidan 
daryolar nomini topib, magnit doskaga 
yopishtirib, 
ortiga 
qaytishi 
kerak. 
Qog’ozchalarda tog’, davlat, cho’l, dengiz 
nomlari aralash holatda yozilgan bo’ladi. 


1- shart 
“Daryolarni bilasmi?” 
O’quvchi shart berilgandan so’ng arqonda 
sakrab borib, belgilangan joyga oldindan 
tayyorlab 
qo’yilgan 
qog’ozchalar 
ichidan 
daryolar nomini topib, magnit doskaga 
yopishtirib, 
ortiga 
qaytishi 
kerak. 
Qog’ozchalarda tog’, davlat, cho’l, dengiz 
nomlari aralash holatda yozilgan bo’ladi. 


2- shart 
“Xaritani joylashtira olasizmi?” 
Oldindan tayyorlab qo’yilgan materik yoki 
biron-bir davlatning kattalashtirilgan xaritasi 
bir necha qismga ajratib, aralash holatda 
qo’yiladi. O’quvchilar futbol to’pini to’siqlar 
orasidan tepib borib, xaritani bir butun 
holatga keltirishlari zarur. 


3- shart 
“Shartli belgilarni bilasizmi?” 
Doskaga foydali qazilmalarning ro’yxati osib 
qo’yiladi. O’quvchilar estafeta tayoqchasi o’rnida 
foydali 
qazilmalar 
shartli 
belgilarining 
kesmalaridan foydalanishlari mumkin. Yugurib 
borgan holda qo’lidagi shartli belgini kerakli 
so’z yoniga joylashitirish lozim. 


4- shart 
“Savolga javob yozing” 
Doskaga 8 yoki 10 nafar ishtirokchi uchun savol 
yozib, osib qo’yiladi. Har bir o’quvchi qopda 
sakrab borib, savolga javob yozib qaytib 
keladi. 


Dunyodagi eng uzun daryo? 
Kenguruning vatani? 
Dunyodagi eng baland tog’? 
Eng katta orol qaysi? 
Afrikaning eng katta cho’li? 


4- shart 
“Sardorlar bellashuvi” 
Sardorlar bir-birlariga to’pni otib galma-galdan 
geografik terminlarni ingliz tilida aytib, bahsni 
davom ettiradilar. 
Masalan: river – mountain state - nation 
ocean – sea continent - climate
lake - countrie sun – rain 
Shart shu taxlit davom etadi. Kim birinchi bo’lib 
adashsa yoki to’xtab qolsa, yutqazgan hisoblanadi. 
Hakamlar hay’ati tomonidan g’olib guruh e’lon 
qilinadi va rag’batlantiriladi. 


BUGUNGI MAVZU BO’YICHA 
BERILADIGAN MA’LUMOTLAR 
SHULARDAN IBORAT EDI. RAHMAT, 
SOG’ BO’LING! 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling