Fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


Download 64.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi64.89 Kb.
#1557969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hotamova Nargiza Uzoqovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
648 
qo`llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita o’quvchilarning mustaqil 
ishlarini nazorat qilishga yordam beradi. 
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari: O`quv 
mashg`ulotining texnologik xaritasi uch qatorni o`z ichiga olib, 1- 1,5-2 varaqda jadval 
ko`rinishida bajariladi: (1) o`quv mashg`uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi 
faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati. 1-bosqich (5-10 daqiqagacha). O`quv 
mashg`ulotiga kirish. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi 
mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o`quv mashg`ulotining xususiyati bilan 
(muammoli ma’ruza, o`rgatuvchili o`yin va boshqalar.), mavzu bo`yicha asosiy 
tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxatini, o`quv mashg`ulotida 
o`quv ishlarini baholash me’zonlari bilan tanishtiradi. Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, 
aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar. 
2-bosqich. Asosiy ma’lumot beruvchilik. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar 
harakati. Ta’lim beruvchi o`quv mashg`ulotining rejasi tuzilishga muvoffiq tuzib 
chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko`zlanayotgan o`quv natijalariga erishish 
bo`yicha ta’lim oluvchilar o`quv faoliyatini boshqaradi. Ta’lim oluvchilar 
ko`zlanayotgan o`quv natijalarga erishish bo`yicha rejalashtirilgan o`quv harakatini 
bajaradilar. 
3-bosqich. Yakuniy – natijaviy. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. 
Ta’lim beruvchi mavzu bo`yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylariga 
qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, 
guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o`zaro baholashni yakunini chiqaradi: 
o`quv mashg`uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun 
topshiriq beradi. 
O`quv jarayonining tashkiliy-didaktik vazifasini bajaradi: o`quv, mustaqil ish 
uchun savol va topshiriqlarni, uni baholash me’zonlarini, o`quv ish jarayonida 
o’quvchilar amal qilishi lozim bo`lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch 
yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko`rgazmali materiallar
rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun topshiriqlar (testlar, 
savollar, topshiriqlar va mashqlar). Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar 
chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli 
chizmalarda rasmiylashtirilgan bo`lishi kerak. 
Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga 
qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion 
jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli 
o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy-
metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik 
umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, 
ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va 
malakalarini erkin qo'llash imkoniyatini beradi.O'quv fanlariaro aloqadorlikni 



Download 64.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling