Fan/modul kodi 36 pubp 4 21


-MODUL. DAVLAT BYUDJETINING XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH, BYUDJET NAZORATI, XORIJIY MAMLAKATLARDA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH


Download 248.63 Kb.
bet4/12
Sana17.02.2023
Hajmi248.63 Kb.
#1207845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Фан дастури

2-MODUL. DAVLAT BYUDJETINING XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH, BYUDJET NAZORATI, XORIJIY MAMLAKATLARDA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH


9-mavzu. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish

Byudjet tashkilotlarini smeta asosida moliyalashtirishning mazmuni, umumiy tamoyillari. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. Smeta, uning elementlari. Smetalarning turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Smeta xarajatlarining tarkibi, xarajat guruhlari va moddalari, ularni hisoblash. Byudjet me’yorlari, ulardan smetalarni tuzishda foydalanish. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini aniqlashda xarajatlarni me’yorlashtirish amaliyotiga o‘tish masalalari. Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va moliyalashtirish tartibi. Smeta asosida moliyalashtirish yuzasidan hisobot. Byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish masalalari. Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlari xarajatlari to‘lovini amalga oshirish.




10-mavzu. Davlat byudjetining ta’lim tizimi xarajatlari

Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda davlat byudjetining ahamiyati. Ta’lim tizimi xarajatlarining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan amalga oshirilishi. Maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish. Umumta’lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Umumta’lim muassasalari xodimlari ish haqini hisoblash, rejalashtirish va moliyalashtirish. Boshqa tipdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning o‘ziga xos jihatlari. Ta’limni rivojlantirish davlat dasturlarini moliyaviy ta’minlashda davlat byudjeti va boshqa manbalarning ahamiyati. Kasb-hunar ta’limi muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning xususiyatlari, ular moliyaviy ta’minlanishini yaxshilash masalalari. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Oliy ta’lim muassasalari daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi. Oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish tartibi. Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari manbalari va ishlatish yo‘nalishlari. Uzluksiz ta’lim tizimining boshqa tipdagi muassasalarini byudjetdan moliyalashtirishning o‘ziga xos jihatlari.





Download 248.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling