14-mavzu. O‘zbekistonning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari. "Taraqqiyot strategiyasi" doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar.
15-mavzu. O‘zbekistonning halqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini ko‘tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining o‘rnatilishi va rivojlanishi
Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, ta’lim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Qadimgi va ilk o‘rta asrlar davlatchiligi: asosiy bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari.
Rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar.
Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi.
Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari.
Do'stlaringiz bilan baham: |