Fan/Modul kodi sk1103 O‘quv yili 2022/2023 Semestr
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1.19. Stomatologiyaga kirish (2)
1 2 Fan/Modul kodi SK1103 O‘quv yili 2022/2023 Semestr 1 Kreditlar 4 Fan/Modul turi Majburiy Ta’lim tili O‘zbek Haftadagi dars soatlari 4 1. Fan/Modul nomi Auditoriya mashg‘ulotlar (soat) Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat) Stomatologiyaga kirish 60 60 120 2. I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – Talabalarga asosiy stomatologik kasalliklarining etiologik, epidemiologik, patogenetik mexanizmlaridan kelib chiqib, profilaktik tadbir choralarini ishlab chiqishni kompleks tizim sifatida barcha joylarda amalga oshira bilishni, samaradorligini aniqlashni va sanitariya maorifi ishlarini olib borish yo‘llarini o‘rgatish. Fanning vazifasi – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etib, talabani klinik fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish, stomatologiya tarixi va uning bo‘limlari haqida tushuncha berish, zamonaviy stomatologik qurilmalar va dastaklar haqida tushunchaga ega bo‘lish. Plomba ashyolari, ularning turlari, ularni korsatmaga binoan qollash borasida toliq tushuncha berish. Gips va plastmassa bloklarida karioz kovaklarini charxlash va ildiz kanallariga ishlov berish muolajalarini to‘g‘ri bajarishni bilish. Aholi o‘rtasida ko‘p uchraydigan asosiy stomatologik kasalliklarning etiologiyasini, epidemiologiyasini o‘rganib chiqish asosida, keltirib chiqaruvchi sabablarni inobatga olgan holda ularga nisbatan profilaktik tadbir-choralarini ishlab chiqish; Profilaktik chora tadbirlarini samaradorligini oshirish, ommaviylashtirish va aholiga emlash yo‘llarini o‘rganish; Keng tarqalgan stomatologik kasalliklarning xususiyatlari to‘g‘risida aholiga ma’lumot berish, oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqish. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling