Fan/modul kodi uztb129 O’quv yili


Download 0.93 Mb.
bet17/36
Sana13.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1090176
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
1.08. O\'zbekiston tarixi fan dasturi 2022 2024 (3)

48-mavzu. 1917 yil fevral inqilobi va Oktyabr to’ntarishi.
Turkiston muhtoriyati - milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi.
1917 yil boshlarida Rossiyadagi siyosiy vaziyat, Petrograddagi inqilobiy voqealarning nihoyasiga etishi. Monarxiyaning ag’darilishi Rossiyada tuzilgan qo’shxokimiyat. Fevral demokratik inqilobining o’ziga xosligi. Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobining Turkiston o’lkasi musulmon aholisining siyosiy jihatdan uyg’onishiga ta’siri. O’lkada qo’shxokimiyatchilikning tarkib topa boshlashi. Sovetlarning tuzilishi, Turkiston komiteti va uning faoliyati. Toshkent soveti, Milliy demokratiya, jadidlar harakati, mahalliy aholining jamoat tashkilotlari. Xalq vakillarining birinchi majlisi.
«Sho’roi islom» tashkilotining tuzilishi va uning faoliyati. Toshkentda musulmonlarning butun Turkiston s’ezdi (1917 yil 17-21 aprel) va unda ko’rilgan masalalar. Butunturkiston musulmonlarining II O’lka s’ezdi (1917 yil sentyabr). “Ittifoqi muslimin”ning tuzilishi. O’lkada qurolli to’ntarishning amalga oshirilishi, shahar va tumanlarda sovet hukumatining o’rnatilishi.
Toshkentdagi Xalq Komissarlari Sovetining tashkil etilishi va faoliyati. Mahalliy siyosiy tashkilotlarning faoliyatini Qo’qondan turib davom ettirilishi. 1917 yil Qo’qon shahrida o’lka musulmonlarining IV favqulodda s’ezdining ish boshlashi va Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muhtor deb e’lon qilinganligi. Turkiston muhtoriyati rahbarlari va ularning faoliyati. Turkistonda xalq hukumatini keng jamoatchilik tomonidan olqishlanishi. Turkiston muhtoriyati hukumati tuzilganidan keyingi siyosiy kurashlar. Turkiston muhtoriyatining sovet hukumati tomonidan tor-mor etilishi. Qo’qon fojeasi, uning ayanchli oqibatlari va sovetlarning o’lkada yakka hukmron bo’lib qolishlari. Sovetlarning iqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari.
[A12, 12-89 b.; A13, 3-35 b., 111-260 b.; A14, 18-24 b.; A17, 80-83 b.; Q35,81-96 b., 118-156 b.]

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling