2.AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OZIQALARNING HAZMLANISHINI ANIQLASH USULLARI.
Mashg‘ulot maqsadi: oziqalarning to‘yimliligini hazmlanish darajasiga qarab baholashni o‘rganish.
Uslubiy ko‘rstamalar. Hazmlanish deb, oziqa tarkibidagi to‘yimli moddalarning oshqozon-ichak shirasi tarkibidagi ferment va mikroorganizmlar ta’sirida gidrolitik parchalanish natijada, o‘zlarining tarkibiy qismlariga, ya’ni oqsillar -aminokislotalarga, uglevodlar - monosaxaridlarga, yog‘lar - yog‘ kislotalar va glitserinlarga, minerallar – suvda eruvchi tuzlarga parchalanib qon va limfaga so‘rilishiga aytiladi. Demak, hazm bo‘lgan moddalar deb hazm bo‘lish natijasida qon va limfaga so‘rilgan moddalarga aytiladi. Oziqaning hazm bo‘lmagan qismi oshqozon-ichak shirasi, ichak epiteliylari va modda almashinuvida hosil bo‘lgan moddalar bilan organizmdan tezak sifatida ajralib chiqadi.
Hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar miqdori oziqa bilan iste’mol qilingan moddalardan tezak bilan ajralib chiqgan moddalarning ayirmasiga teng bo‘ladi. Hazm bo‘lgan oziqa gramm yoki foizda ifodalanadi. Hazm bo‘lgan to‘yimli moddalarning iste’mol qilingan moddalarga bo‘lgan nisbatini foizda ifodalanishi hazmlanish koeffitsienti deb aytiladi.
Hazmlanish koeffitsienti quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Bunda: X – hazmlanish koeffitsienati, %; a – hazm bo‘lgan modda miqdori, g; b – iste’mol qilingan modda miqdori, g; 100 – foizga o‘tkazish koeffitsienti.
Masalan: qo‘chqor ustida o‘tkazilgan tajribada ratsion tarkibidagi oziqalar bilan 135 g protein iste’mol qilingan, shundan tezak bilan 44 g protein ajralib chiqqan, demak 91 g (135-44) protein hazm bo‘lgan. Proteinning hazmlanish koeffitsienti 67,4% (91×100÷135) ga teng.
Oziqa tarkibida asosan organik (protein, yog‘, kletchatka va AEM) moddalarning hazmlanish koefitsientlari aniqlanadi.
Oziqalar to‘yimligiga baho berishda uning tarkibida to‘yimli moddalar yig‘indisi (HTMY) ham aniqlanadi. Buning uchun qo‘yidagi formuladan foydalaniladi:
HTMY = hazm.protein+(hazm.yog‘ × 2,25)+hazm.kletchatka+hazm.AEM
Oziqalarning hazmlanish darajasiga turli omillar ta’sir etadi, jumladan: hayvon turi, yoshi, fiziologik holati, ratsion tarkibi va oziqa miqdori, oziqalarni edirishdan oldin tayyorlash va boshqa omillar.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar organizmida oziqalarning hazm bo‘lish darajasi yuqori bo‘lishi uchun ayrim moddalarning nisbatini ham hisobga olish lozim, jumladan protein nisbati. Bu ko‘rsatkich oziqalarning hazm bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Protein nisbati deb – ratsion tarkibidagi hazm bo‘lgan azotsiz moddalarning hazm bo‘lgan azotli moddalar nisbatiga aytiladi. Protein nisbati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |