Fanning maqsadi (FM) fm1


YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI


Download 2.33 Mb.
bet11/11
Sana25.10.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1718893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Magistr ( S kunduzgu) Eksperiment qo’yish

YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI

        1. Kataliz. Promotorlar. Katalitik zaharlar. Ingibitorlar.

  1. Qaytar va qaytmas kimyoviy reaksiyalar. 

  2. Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy muvozanat konstantasi. 

  3. Kimyoviy muvozanatga ta’sir etuvchi omillar, Le Shatele prinsipi. Ionlanish konstantasi.

  4. Elеktrolitik dissotsilanish.

  5. Ostvaltning suyultirish qonuni. 

  6. Suvning ion ko‘paytmasi. Vodorod ko‘rsatkich pH.

  7. Elektrolitik dissotsilanish. 

  8. Elektrolitlar va noelektrolit.

  9. Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsilanishga ta’siri.

  10. Dissotsilanish mexanizmi. 

  11. I.A.Kablukov nazariyasi(eritmada ionlarning gidratlanishi).

  12. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi asosida kislota, asoslar va tuzlar. 

  13. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. 

  14. Svante Arrenius elektrolitik dissotsilanish nazariyasini asosiy holatlari.

  15. Elektrolitlarning dissotsilanish darajasi unga ta’sir etuvchi omillar.

  16. Kuchsiz elektrolitlar eritmalardagi muvozonat. 

  17. Elektrolit eritmalarida boradigan reaksiyalar dissotsilanish. 

  18. Dissotsilanish konstantasi va konstanta qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar. 

  19. Dissotsilanish konstantasi va disotsillanish darajasi orasidagi bog‘lanish. 

  20. Ostvaldning suyultirish qonuni. 

  21. Suvning disotsilanishi. Suvning avtoprotoliz konstantasi.

  22. Suvning ion ko‘paytmasi. Suvning dissotsilanishiga temperaturaning ta’siri. 

  23. Element atomlarining oksidlanish darajalari. 

  24. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularining turlari. 

  25. Oksidalnish-qaytarilishi reaksiyalarining tenglamalari uchun koeffitsienlar tanlashning ikki usuli: elektron balans usuli, ion -elektron usuli. 

  26. Oksidalnish-qaytarilish (red-oks) sistemalarni yarim reaksiya (xususiy reaksiya) usulida ifodalash.

  27. Tuzlarning gidrolizlanishiga ko‘ra turlari. Gidroliz mexanizmi. 

  28. Tuzlar gidrolizining molekular va ionli tenglamalari.

  29. Tuz ionlarining gidroliz reaksiyasida ionlar tabiati, zaryadi va radiusining ta’siri.

  30. Gidroliz darajasi va konstantasi. 

  31. Gidroliz darajasigi eritma konsentratsiyasi temperuturasi muhitning ta’siri.

  32. Nordon tuzlarning gidrolizi. 

  33. Qiyin eriydigan tuzlar gidrolizi. 

  34. Tuzlarning birgalikdagi gidrolizi. 

  35. Ko‘p zaryadli ionlar gidrolizi mahsulotlarining polimerlanishi va polikondensatlanish. 

  36. Bufer eritmalar haqida tushuncha. 

  37. Bufer eritmalar turlari. Bufer sig‘imi.

  38. Elektr o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar. 

  39. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. Elektrod potensial. 

  40. Elektr energiyasining kimyoviy manbalari. 

  41. Galvanik elementlar va ularning turlari. 

  42. Nernst tenglamasi, galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi. 

  43. Diffuzion potensial.

  44. Elektroliz jarayoni.

  45. Suyuqlanmada va eritmalar elektrolizi. 

  46. Elektroliz qonunlari. 

  47. Elektrolizga ta’sir etuvchi omillar.

  48. Elektrolizning ahamiyati.

  49. Akkumulatorlar.

  50. Kompleks (koordinatsion) birikmalar.

  51. Koordinatsion birikmalar tarixi. 

  52. Koordinatsion birikmalar tarkibi.

  53. Vernerning koordinatsion nazariyasi. 

  54. Koordinatsion nazariyaning asosiy holatlari: markaziy atom va addendlar (ligandlar), tashqi va ichki sfera, koordinatsion son.

  55. Kompleks yadrosi va uning asosiy va qo‘shimcha valentliklari. 

  56. Tashqi va ichki koordinatsion qavat (sfera)lar.

  57. Davriy sistemaning guruhlari buyicha elementlar atomlari koordinatsion sonlarning o‘zgarishi. Tipik ligandlar. Mono va polidentat ligandlar. 

  58. Kation anion va betaraf (neytral) komplekslar.

  59. Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘ning tabiati, markaziy ionning ligandlar bilan elektrostatik va kovalent ta’sirlashishi. 

  60. Kompleks birikmalarning tuzilishini valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan tushuntirish.

  61. Kompleks birikmalarning turlari. 

  62. Kompleks birikmalarning nomlanishi.

  63. Metan va mo’l miqdordagi kislorod aralashmasi yondirilganda olingan gaz aralashmasidan suv kondensatlangandan keyin geliyga nisbatan zichligi 9,5 bo’lib qoldi. Dastlabki aralashmaning havoga nisbatan zichligini toping?

  64. Sulfat kislota eritmasida vodorodning massa ulushi 6,4% bo’lsa , 120 gr eritmadagi oltingugurt atomlari sonini toping?

  65. Havo (φ(O2)=0,2) ozonator orqali o’tkazilganda uning zichligi 4%ga kamaydi. Hosil bo’lgan aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini aniqlang?

  66. 80 gr 20%li eritmadan bir qismi to’kildi va unga xuddi shunday massadagi 60%li eritma qo’shilganda 30%li eritma hosil bo’ldi. Ushbu jarayonda qancha gramm 60%li eritma ishlatilgan?

  67. 400C da X ning eruvchanligi 80; Y ning eruvchanligi esa 60. 300gr suvga 16 gr X va 50 gr Y dan solib eritma tayyorlandi. Temperaturani o’zgartirmasdan suvni bug’latganimizda X tuzi cho’kishni boshlaganda idishda necha gramm qattiq Y bor edi?

  68. pH qiymati 1 teng bo’lgan 400ml eritmaga qancha gramm natriy gidroksid qo’shilsa, pH =12 bo’lib qoladi?

  69. 56 litr (n.sh.da) metan, vodorod xlorid va neon aralashmasida 18,1 mg elektron mavjud. Ushbu aralashmani neytrallash uchun necha gramm NaOH kerak?

  70. Bir idishda 100 kPa bosimdan SO3 va O2  solindi. Ularga ma’lum miqdorda SO2 qo’shilganda SO2+O2=SO3 sistemasi yuzaga keldi. Kp=4 ekanligi ma’lum bo’lsa , SO2 ning parsial bosimini toping?

  71. Sul’fat kislota eritmasida vodorod atomlarining kislorod atomlariga nisbati 10:7. Eritmaning foiz konsentrasiyasini toping?

  72. Sizga ma’lumki peroksid va superoksidlar havo regeneratsiyasi uchun ishlatiladi. “Mir” kosmik kemasi ekipaji 4 kishidan iborat bo’lib o’zlari bilan 190,8 kg kaliy superoksid (KO2) olib ketishdi. Agar bir kishi nafasi bilan kuniga 1056 gr CO2 ajratadigan bo’lsa, kosmanavtlar necha sutka orbitada bo’lishi mumkin?

  73. 120 kPa va 170C dagi azot gazining zichligi va 470C da turgan neonning zichliklari o’zaro teng. Inert gazning bosimi (kPa) aniqlang?

  74. Kislotaning tarkibida 3,1% vodorod mavjud. Ushbu kislotaning natriyli tuzi tarkibidagi metallning massa ulushini (%) toping?

  75. Kalsiy, magniy va natriy ortafosfatlar aralashmasida 20% fosfor bor. Aralashmadagi metall ionlarining massa ulushlari yig’indisini toping?

  76. 200 C da va 100 kPa bosimda suv sathi ustida yig’ilgan 60 ml azotning (n,sh) qancha hajm (ml) egallashini hisoblang? (200 C da suvning to’yingan bug’I bosimi 2,3 kPa ni tashkil etadi).

  77. 0,01 M li HF ning 0,04M li NaF dagi eritmasi uchun pH qiymati nechaga teng? (Kdis=4*10-5).

  78. 2CO+3NO2+He aralashmasining 39,6 gr massasi 270S va 90 kPa bosimda qanday hajimni egallaydi?

  79. Tarkibida 22% natriy tutgan kaliy-natriy qotishmasining qanday massasi suvda eritilsa 6,72 litr vodorod ajraladi?

  80. P4S5 ning kislotali muhitda kaliy permanganat bilan oksidlanish reaksiyasidagi oksidlovchi oldidagi koeffisiyentni aniqlang?

  81. Mis qizdirilganda massasi 10% ga ortdi. Hosil bo’lgan aralashmadagi CuO ning massa ulushini aniqlang?

  82. 600 C da birinchi va ikkinchi reaksiya tezliklari nisbati 1:2 edi. 400 C gacha sovitilganda esa nisbat 1:3,56 bo’lib qoldi. Agar ikkinchi reaksiya uchun γ=3 bo’lsa, birinchi reaksiya uchun tezlikning temperatura koeffitsiyenti qiymatini toping?

  83. Normal sharoitda 10 litr idish xlor gazi bilan to’ldirilgan. Qandaydir bir metallning 8,4 gr miqdori idishga tashlangach, bosim 21876 Pa bo’lib qoldi? Metallni aniqlang?

  84. Kremniyni 28,29 va 30 izotoplaridan iborat 28,1 gr aralashmadagi har bir izotopni massa ulushini aniqlang?

  85. Elektronlar nisbati 1:2 bo’lgan ozon-kislorod aralashmasidagi kislorodning hajmiy ulushini aniqlang?

  86. 85% li 320gr sul’fat kislotaga qancha (m3) SO3 shimdirilsa, SO3*H2SO4 tarkibli oleum hosil bo’ladi?

  87. 20% li eritmada tuzning massasi uch marta, suvning massasi 2 marta oshirildi? Hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang?

  88. Nisbiy atom massaning o’lchov birligi qilib C12 uglerod izotopi massasining 1/12 qismi emas, balki uglerod C14 izotopining 1/12 qismi olindi deylik. U holda moddalarning 1 mol miqdori massasi qanday o’zgaradi?

  89. X metali va Y metallmas X2Y3 birikmani hosil qiladi. Bu birikmada 50 ta elektron bor. Agar ionlarning har ikkalasi elektronlari ham bir xil inert gaznikidek bo’lsa X ning va Y ning davriy sistemadagi tartib nomerlarini toping?

  90. 8,8gr propanni to’la yoqish uchun tarkibida kislorod va ozon bo’lgan 20 litr (n.sh) aralashma sarflandi. Sarflangan aralashma tarkibidagi kislorodning hajmini aniqlang?

  91. Tarozi pallalarining har biriga 150 gr 12% li xlorid kislota solingan ikkita muvozanat holatda turibdi? Stakanlarning biriga rux bo’lakchalarini ikkinchisiga shunday massada marmartosh tushirilgan. Reaksiya tugagach tarozi pallalarini tenglash uchun qaysi pallaga qancha gramm tosh qo’yish kerak bo’ladi?

  92. Teng hajmli metanol va suv aralashmasidan olingan eritmada vodorod atomlari kislorod atomlaridan 2,667 marta ko’p . Spirtni zichligini toping?

  93. 0,2 M li 100ml HNO3 eritmasining pH i 2 bo’lishi uchun bu eritmaga 0,1 M li NaOH eritmasidan necha ml qo’shish kerak?

  94. Vodorodga nisbatan zichligi 10 ga teng bo’lgan azot va metan aralashmasining 5,6 litridagi elektronlarning massasini (mg) toping? (me=1/1840 m.a.b)

  95. Barcha zarrachalatning 30% elektronlardan iborat bo’lgan fosfor atomiga isobar bo’lgan oltingugurt atomidagi neytronlar sonini toping?

  96. Eritmaga undagi tuzning massasicha suv qo’shilganda 20% li eritma olindi. Dastlabki eritma foiz konsentrasiyasini toping?

  97. CuSO4*xH2O o’zining massasidan 5 marta ko’p suvda eritilsa 8,77% li mis sul’fat eritmasi olindi. “x” ni toping.

  98. 2 litr zichligi 0,09 gr/litr (n.sh.da) va 2,86 gr noma’lum gazlar aralashtirildi. Agar shu sharoitda aralashmaning zichligi 0,1687 gr/litr bo’lsa, noma’lum gazning molekulyar massasini toping?

  99. 57,2 gr Na2CO3*10H2O qizdirildi va massasi qanday bo’lganda undagi tuzning bir moliga 6 mol suv to’g’ri keladi?

  100. Fosgen olish reaksiyasi avvalida 2 mol/l dan is gazi va xlor olindi. Muvozanat holatiga kelishi uchun zlorning 50% qismi sarflangan bo’lsa, xuddi shunday sharoitda moddalardan 4 mol/l dan olinganda is gazining qanday qismi (%) sarflanganda muvozanat vujudga keladi?

  101. 2 M li sirka kislota eritmasining pOH qiymati 11 ga teng. Kislotaning ushbu temperaturadagi dissotsiyalanish konstantasini toping?

  102. Bir tuzning xona temperaturasidagi to’yingan eritmasidagi massa ulushi 0,2 ga teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo’lgan 300 gr eritmasi uy temperaturasigacha sovutilganda necha gramm tuz cho’kmaga tushadi?

  103. Kaliy sulfid va kaliy bromide aralashmasiga yetarli miqdorda brom ta’sir ettirilganda qattiq moddalarning massasi 26,4 gr.ga ko’paydi. Hosil bo’lgan yangi aralashmaga xlor gazi ta’sir ettirilganda aralashma massasi 35,6 gr.ga kamaydi. Dastlabki aralashma tarkibidagi kaliy bromidning massa ulushini aniqlang?

  104. 270S da turgan qandaydir hajmli konteynerdagi havoni 1/3 qismi konteynerdan chiqib ketishi uchun temperatura qanchagacha (0S) ko’tarilishi kerak?(P=const).

  105. SO3*2H2SO4 tarkibli oleumning qandaydir massasi 200ml (1,25 gr/ml) 30% li eritmada eritilganda 50% li eritma olindi.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling