Fanning maqsadi va vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi Fanning rivojlanish tarixi


Download 38.27 Kb.
bet6/6
Sana22.01.2023
Hajmi38.27 Kb.
#1110243
1   2   3   4   5   6
Jinsiy a’zolari. Kanalar ayrim jinsli mavjudotlardan hisoblanadi. Urg‘ochilarida jinsiy tizim ikkita xaltachasimon yoki naycha tusli tuxumdonlar va ikkita tuxum yo‘lidan iboratdir, bu tuxum yo‘llari o‘zaro qo‘shilib bitta so‘nggi bo‘limni hosil qiladi. U tobora kengayib bachadonga aylanadi va qisqa naycha – moylik bilan tamomlanadi. Erkaklarining jinsiy a’zolari ikkita urug‘don va ikkita urug‘ yo‘llaridan iborat. Bu urug‘ yo‘llari qo‘shilishib urug‘ otilib chiqadigan bitta kanal hosil qiladi.
Nafas olish a’zolari. Kanalar traxeyasiz va traxeya vositasida nafas oladi. Traxeyasiz (terisidan) nafas oladiganlarida tanasining yuzasi orqali havo almashinadi. Traxeya vositasida nafas olish usuli ancha takomillashgan bo‘lib, bunda havo oddiy tuzilgan bo‘lsada, traxeya tizimi orqali almashadi. Bunday kanalarda nafas teshigi odatda bir juft bo‘lib, to‘rtinchi juft oyoqlar asosida, ba’zan esa tanasining oldingi qismiga yaqin erda joylashadi.
Kanalarning asab (nerv) tizimi tomoq usti gangliyasi va tomoq osti (qorin) nerv massasidan tashkil topgan, u kana ajdodlarida bo‘lgan nerv zanjirining qo‘shilishidan kelib chiqadi. Qorin nerv massasi kalta va yo‘g‘on nerv vositalari yordamida tomoq usti gangliyasi bilan qo‘shilgan. Jamlashgan nerv yig‘indisidan nerv tolalari tana chetlariga qarab tarqaladi.
Sezgi a’zolari. Kanalarda gigrometrik sezgi ayniqsa kuchli rivojlangan. Zahira mahsulotlarida yashaydigan ko‘pchilik kanalar stenogigrobiontli, ya’ni muhitning bir oz sernam bo‘lishini talab qiladigan organizmlardan hisoblanadi. O‘simlikxo‘r kanalar ham muayyan gigrotermik sharoitga moslashgan. Kanalarning qilchalari paypaslash vazifasini o‘taydi. Kanalarning ayrim turlarida oltitagacha oddiy ko‘z bo‘ladi. Ular odatda yelka tomonining oldingi qismida joylashadi.
Hasharotlardagidek kanalar ham individual rivojlanishda embrional (murtak) va postembrional (murtakdan keyingi) rivojlanish davrlarini kechiradi. Kanalarning tuxumi ko‘pincha oval yoki yumaloq shaklda bo‘ladi. Tuxumining rivojlanishi ko‘p jihatdan hasharot tuxumlarinikiga o‘xshaydi. Kanalarning postembrional rivojlanishi metamorfoz holida kechadi. Kana lichinkasining uch juft oyog‘i bor. To‘rtinchi juft oyoq bo‘lmaganidan lichinkalarda gisterosoma sust rivojlangan, ko‘pincha tashqi jinsiy boshlang‘ichlar chala rivojlangan, sezuv a’zolari soddalashgan bo‘ladi. Kananing lichinkalari va yetuk zotlari tanani qoplagan qilchalarning joylanishi va ularning soniga qarab ham ajratiladi. Lichinka bosqichidan keyin kana ikki nimfal davrni – nimfa va deytonimfani kechiradi. Bu davrda shakli yetuk kanaga o‘xshasada, nimfalarning tashqi jinsiy apparati boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Oziq-ovqat zahiralarida yashaydigan akaroid kanalarning ba’zi vakillarida nimfa va deytonimfa davrlari oralig‘ida gipopial (gipopus) davri ham kuzatiladi, u soddalashgan hazm qilish tizimi va og‘iz apparatiga ega. Bu davr kana turning tarqalishi va noqulay sharoitga bardosh berishi uchun xizmat qiladi. Tinch holatdagi gipopuslarda oyoqlar chala rivojlangan, sezgi organlari soddalashgan bo‘ladi, teri ustki qoplami zichlashadi va sariq yoki qo‘ng‘ir tus oladi. Tinch holatdagi (uyquga kirgan) gipopuslar ancha uzoq (bir necha yilgacha) qimirlamay yotishi mumkin. Bu vaqt davomida ular bundan oldingi nimfalik davrida to‘plagan moddalar hisobiga tirik qoladi. Qulay sharoit yuzaga kelganda kananing hayoti normallashadi, gipopuslik davri tugallanadi.
Kanalar hasharotlar kabi tullaydi. Oxirgi marta tullaganidan keyin urchishga qodir bo‘ladi. Ba’zi turlari bu davrda ham qo‘shimcha oziqlanishga muhtoj bo‘ladi. Harorat va havoning namligi kana hayotining qanchalik davom etishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga optimum doirasi har xil turlar uchun ancha tafovutli bo‘lishi mumkin. Kanalar yil mobaynida o‘n besh va undan ko‘proq bo‘g‘in bera oladi.
Kanalarning ko‘pchiligida joydan-joyga ko‘chish tezligi uncha yuqori emas, shu boisdan ular sust ravishda – o‘rgimchak ipi, gipopus davr vositasida tarqalishga moslashgan. Oziqlanish jihatidan kanalar har xil hayvonlarning paraziti va yirtqichi bo‘lishi mumkin. Kanalarning ekinlarga zarar keltiradigan turlari ham ko‘p. O‘zbekistonda yashovchi fitoseyulyus kanasi issiqxonalardagi o‘rgimchakkanaga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Kanalar ayrim jinsli mavjudodlardir, ammo ayrim turlarida tuxum urug‘lanmasdan rivojlanadi, bunday tuxumlardan ko‘pincha erkak kana chiqadi, bu esa partenogenez holida ko‘payishning bir turi hisoblanadi (arrenotokiya). Kananing soni akarifaglar ta’sirida keskin kamayib ketishi mumkin. Bulardan ayniqsa, koksinellid qo‘ng‘izlari va lichinkalari (stetorus), oltinko‘z lichinkalari, kanaxo‘r trips, qandalalar va yirtqich kanalarning ahamiyati kattadir.

Nazorat savollari:

  1. Kanalarning og`iz apparati qanday tuzilishga ega?

  2. Kanalarning nafas olish sistemasiga ta`rif bering.

  3. Kanalarning rivojlanishi nechta bosqichdan iborat?

  4. Stenogigrobiont atamasi qanday ma`noni anglatadi?

Kanalarning nerv sistemasi nimalardan tashkil topgan
Download 38.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling