FANNING MAQSADI VA VAZIFASI
“Til va adabiyot o‘qitish metodikasiga kirish”fanini o’qitishdan maqsad– talabalarni hozirgi zamon til va adabiyot o‘qitish metodikasidagi asosiy nazariy tushunchalar haqida boshlang‘ich bilimlar bilan qurollantirish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim,ko‘nikma, va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- hozirgi zamon metodikasining asosiy nazariy tushunchalari va zamonaviy tendentsiyalari haqida bilimlarga ega bo’lishi;
- o ‘rganilgan nazariy tushunchalarni qo‘llagan holda o‘rta ta’lim bosqichi uchun til va adabiyot darsini rejalashtirish hamda dars maqsadiga mos materiallar va strategiyalarni tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- o‘rganilgan metod va strategiyalarni til va adabiyot darslarida qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |