Фаннинг намунавий дастури


Download 299.43 Kb.
bet29/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Reproduktiv salomatlik –organizmning reproduktiv vazifalarini belgilaydigan sog‘lik komponenti .

Axloqiy salomatlik – inson hayot faoliyatining rag‘batlantirish va axborot ehtiyoji xususiyatlari majmuasi. Insonning axloqiy salomatligi asosini ijtimoiy muhitda individning qadri, axloq motivlari belgilaydi.

Kasbiy sog‘lik–insonning kasbiy faoliyati samaradorligini belgilovchi holat.
Ko‘rinib turibdiki, atrof muhit bilan o‘zaro ta'sir natijasida inson sog‘ligi darajasi doimiy o‘zgarib turadi, sog‘lik-bu inson hayotining dinamik atributidir, inson kasal bo‘lganda sog‘lik darajasi pasayadi va tuzalganda ko‘tariladi.
Amaliy tibbiyot insonning uchta asosiy holatini ajratadi.:
1.Salomatlik– organizmning eng yaxshi barqarorlik holati (moslashish qoniqarli);
2.Kasallikdan oldingi– organizmda patologik jarayonlar rivojlanishi va moslashish zaxirasi kamayishi bilan bog‘liq holat;
3. Kasallik– inson organizmida klinik o‘zgarishlar shaklida namoyon bo‘ladigan jarayon (moslashish buzilishi).
Sog‘lik inson faoliyatining bioijtimoiy salohiyati sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Uning quyidagi komponentlari ajratilgan.

Aql salohiyati (salomatlikning intellektual jihati ) – intellektni rivojlantirish va undan foydalanish qobiliyati
Harakat salohiyati (sog‘likning shaxsiy jihati) – o‘zini namoyon qilishga insonning qobiliyati, maqsad qo‘yil va ularga erishish ko‘nikmasi, adekvat vositalarni tanlash.

Tuyg‘u salohiyati (sog‘likning hissiy jihati) – insonning o‘z tuyg‘ularini namoyon qilish, boshqalarni tuyg‘ularini tushunish va qabul qilish qobiliyati.

Tana salohiyati (sog‘likning jismoniy jihati ) – sog‘likning jismoniy holatini rivojlantirish qobiliyati,.

Jamiyat salohiyati (sog‘likning ijtimoiy jihati ) – insonning ijtimoiy sharoitlarga optimal moslashish qobiliyati, kommunikativ layoqatlilik darajasini doimiy oshirib borish, barcha insoniyatga tegishli tuyg‘ularni yaratish.


Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling