Фаннинг намунавий дастури


Ijtimoiy ishning mintaqaviy darajasi


Download 299.43 Kb.
bet8/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Ijtimoiy ishning mintaqaviy darajasi ko‘pincha federal darajada amalga oshiriladi. Bu federal ahamiyatga ega qonuniy yoki me'yoriy hujjatlarni amalga oshirish, mamlakatdagi u yoki bu sub'ektlar xususiyatlariga ularni moslashtirishda aks etib, O‘zbekiston Respublikasida iqlim, tabiiy va boshqa sharoitlar turlicha bo‘lganligi uchun bu muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy darajadagi ijtimoiy ish yanada aniqroq, mazmuniy xususiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy xizmat bevosita tor doirada tushuntiriladi.

Ijtimoiy ishning mahalliy darajasi ma'lum ob'ektga yo‘naltirilganlikni belgilaydi, ijtimoiy xizmat turli ijtimoiy ish, professional ijtimoiy xodimlar va ko‘ngillilar shaklida amalga oshiriladi..

Individual daraja – bu mijoz bilan unga saovl berish, texnik va individual ish uslublarini qo‘llagan holda ishlashdir.
Ma'lum ob'ektga ko‘ra ijtimoiy ish alohida individ, oila, yoki aholining boshqa qatlami bilan o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy ish darajasini tasniflashning boshqa usullari ham mavjud.
Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish tarkibida uning shakllari va uslublariga bog‘liq holda u amalga oshiriladigan ma'lum darajalarni ajratish mumkin. Ijtimoiy ishning teng darajali tarkibi bilan birgalikda turli tarafdan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ijtimoiy ishning ko‘lami nuqtai nazaridan u bir qancha darajada amalga oshirilishi mumkin: makro-, mezo- va mikro darajada24
.
Ijtimoiy ishning makro darajasiga jamiyat va undagi insonlar holatini ijtimoiy sohada yaxshilash bo‘yida belgilangan tadbirlar tizimi kiradi.

Bu faoliyat mamlakatning ijtimoiy siyosati, qonunlar qabul qilish bilan ijtimoiy boshquruvi, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil qilish, ijtimoiy muammolarni jamiyat va davlat miqyosida hal etish bilan bog‘liq. Bu jamiyatda inson faoliyati uchun yetarli sharoitlarni yaratish va joriy qilishda, ijtimoiy-siyosiy va milliy-etnik nizolarni oldini olishda, yordamga muhtoj insonlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalarini o‘zlashtirishda aks etadi.


Ijtimoiy ish mezo darajada yordamga muhtoj fuqarolarga ularni yashash joyi doirasida yordam ko‘rsatish faoliyatini o‘z ichiga oladi. (mintaqa, shahar, qishloq.).
Yordamga muhtoj insonlar guruhi bir tomondan davlatning ijtimoiy siyosati va kam himoyalangan fuqarolarga yordam berish strategiyasini belgilaydi. Bunday holatda yo‘nalishlarni hukumat belgilaydi. Boshqa tomondan yordam yo‘nalishlarini ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xayriya tashkilotlari ham belgilashi mumkin. Bu holatda faoliyat shakli yetarlicha keng bo‘lib, turli moddiy nafaqalar taqdim qilishdan inson hayotining muhim sohalarini tashkil qilishgacha bo‘ladi.
Mikrodarajadagi ijtimoiy xizmat shaxsiy so‘rov asosida tuziladi. Bu darajadagi ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat shakli sifatida individning jamiyat, guruh yoki boshqa individlar bilan ijtimoiy va ruhiy aloqasini tiklash va saqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yordam uslubi va shakllari keng bo‘lib, individual maslahat berishdan guruh, shu jumladan oilada ishlashgacha bo‘ladi.


Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling