Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Reja
Download 0.88 Mb.
|
Tarixiy rekonstruksiya masalalari MA'RUZA MATNI
Kangurttut qabristonida 1300 kv m ga yaqin joydan 91 ta qabr ochib o’rganilgan. Qabrlarning asosiy qismi qabristonning markaziy va sharqiy qismida joylashgan. Qabrning ustki qismi va kirish teshigi toshlar bilan berkitilgan. Qabrlarni tuzilishiga qarab 3 turga ajratish mumkin. Bular 1) yorma; 2) ayvonli lahad; 3) katakomba qabrlardir. Qabrlarning lahadga kirish teshigi aylana yoki oval shaklida bo’lib, qabr kaMerasida ba’zan toshlar, ba’zan sopol parchalari
va ko’mir izlari uchraydi. Bu yerda o’rganilgan barcha qabrlarda deyarli odam suyaklari uchratilmagan ya’ni Kangurttutdagi 91 ta qabrdan 3 ta ingumasiya (№ 53, 65, 74), qolganlari kenotaf qabrlarni tashkil etadi. Faqat, ikkita qabrda hayvon suyaklari borligi aniqlangan (№ 23, 53 qabr). Qabr kamerasida odam skeleti qo’yilishi zarur bo’lgan joylarda odam yoki hayvon haykalchalari qo’yilgan bo’lib (73-qabr), ularning atrofiga bir nechtadan sopol idishlar qo’yilgan. Bulardan 53-qabrdagi odam suyaklari yaxshi saqlanib qolgan. Qabrlarda 1 tadan 12 tagacha sopol idishlar, bronzadan mitti buyumlar (pichoq, oynacha va boshqalar), urchuqtoshlar uchratiladi. Bundan tashqari Andronova qabilalariga tegishli sopol parchalari ham topilgan. Bu qabristonda kremasiya izlari uchratilmagan. Kangurttut qabrlari ashyoviy dalillari va tuzilishiga ko’ra, Surxondaryo vohasidagi qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari – Sopollitepa, Jarqo’ton, Bo’ston, Shimoliy Afg’onistonning Dashli Janubiy Turkmanistonning Sumbar (Xlopin, 1983), Murg’ob vohasi yodgorliklari – Gonur, Auchun tepa, Toxirboy 3, To’g’oloq 1, To’g’oloq 21 yodgorliklari bilan yaqin – urug’dosh bo’lgan bo’lishi mumkin. Dafn kamerasining kirish qismi juda ko’plarida maxsus pishgan va xom g’ishtlar hamda toshlar bilan yopilgan. Bu qabr tuzilishi Janubiy-g’arbiy Tojikistondagi katakomba va ayvonli lahad qabrlarga tegishlidir. Kangurttutdagi ayvonli lahad qabrlarining topilmalari Jarqo’ton 4 qabristoni materiallari bilan Deyarli bir ekanligi aniqlangan. Kangurttutdagi № 65, 74 qabrlardan bosh suyak qoldiqlari, qo’l va oyoqning uzun suyaklari topilgan. Qabrlarda qo’y va bo’rining suyaklari uchraydi. Dafn anjomlari esa, Parxar, Qizlar qal’a va Nurek qabristonlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling