Savol: Raxmat ,aziz bolajonlar, aytingchi davlat Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan.
Javob: O’zbekiston Respublikasining Davlat Konstitutsiyasi 1992 – yil 8 – dekabrda qabul qilingan.
Savol: O’quvchilar sizlar buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz?
Javob: Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur.
. O’quvchilar savollarga javob beradilar va savollar ortidagi sonlarni tartib bilan joylaydilar. Hamda quyidagi so’zni hosil qiladilar:
O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat.
Ushbu jumla izohlanadi.
II Asosiy qism:
Uyga vazifa so’rash:
1-topshiriq
“ Tez javob ” o’yini
O’qituvchi o’quvchilarni 3 guruhga bo’ladi. O’tilgan mavzu yuzasidan har bir guruh savollar tuzadilar va bir-birlariga beradilar. To’g’ri va tez savollar tuzgan hamda to’g’ri javob bergan guruh g’olib sanaladi.
Savollardan na’munalar:
-Uyushiq bo’laklar deb nimaga aytiladi?
-Uyushiq bo’laklarga misollar keltiring.
-Gapda kesim uyishadimi?
O’quvchilar javoblari tinglanadi.
2-topshiriq
Har bir guruhga quyidagi chizmalar ko’rsatiladi.O’quvchilar chizmalarga mos gaplar tuzadilar.
1-guruh:
Namuna: Dadam va oyim keldi.
2-guruh:
, .
Namuna:Men o’qidim, yozdim.
3-guruh:
Namuna:Ko’chada va uyda o’ynadim.
O’quvchilar tuzgan gaplari tahlil qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi doskaga sanani yangi mavzuni yozadi, o’quvchilar daftarlariga yozadilar.
Mavzu:Uyushiq bo’laklarning bog’lanishi.
O’qituvchi o’quvchilarga uyushiq bo’laklarning bog’lanishi to’g’risida ma’lumot beradi:
Uyushiq bo’laklar ohang yordamida hamda va, ammo, lekin so’zlari bilan ham bog’lanadi. Uyushiq bo’laklar va yordamida bog’langanda vergul qo’yilmaydi.Ohang yoki ammo, lekin so’zlari yordamida bog’lansa, vergul qo’yiladi.
|
54-mashq.Gaplarni o’qing. Uyushiq bo’laklarni aniqlang.
1.So’zni aniq, to’g’ri yozish,
Bilag’onga emas tashvish.
2.Uyda va ko’chada odobli bo’ling. 3.Men Yo’ldoshni ko’rdim, lekin so’zlasha olmadim. 4.Oy yoritadi, biroq isitmaydi.
Ushbu mashq multimedia ilovasida ham berilgan. Ekranda gaplar hamda gaplar ostida to’g’ri, ikki va to’lqinli chiziqlar beriladi. O’quvchilar uyushiq bo’laklarnitegishlicha chiziq bilan belgilaydilar.
55-mashq. She’riy parchalarni o’qing va ko’chiring.Uyushiq bo’laklarni bog’lanishiga diqqat qiling.
Maktabimiz bog’ida
Mehnat qildik hammamiz.
Naq oltin kuz chog’ida
Pishdi behi, olmamiz.
Qambar Ota.
Uyushiq bo’laklar tahlil qilinadi.Bir o’quvchi doskaga she’rni yozadi,qolgan o’quvchilar daftarlariga yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |