Fanning nomi: Ona tili. Sinfi: 4-“ ” sinf. Dars mavzusi


Download 121 Kb.
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi121 Kb.
#1773960
  1   2   3   4
Bog'liq
ona tili 4-sinf ochiq dars


Sana: ________________________
Fanning nomi: Ona tili.
Sinfi: 4-“____” sinf.
Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.
( 187-190- mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Otlarning gapda kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, uning nomlari, so‘roqlari va gapdagi vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish, gap tuzishda qo‘shimchalardan foydalanish, so‘zlarni ma’no jihatdan bog‘lanishlarini anglashga o‘rgatish; FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish,
tarbiyaviy: o`quvchilarni tabiat in’om etgan narsalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, komil inson qilib tarbiyalash:
TK5 : o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;
rivojlantiruvchi: o`quvchilarda imloviy va husnixat ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi.
TK 2: darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish
Dars turi: o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, “Blits so‘rov”,„Tahlil qolipi“ta’limiy o‘yini, “Lisoniy qolip” metodi .
Dars jihozi: darslik, ko`rgazma, tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, slaydlar, multimedia.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.

  • Salomlashish.

  • Navbatchi axborotini tinglash.

  • O‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish.

  • Diqqatni jamlash mashqlarini bajarish.

Ona tilim, jonu dilim,
Sensan o`zing jon dilim.
Yuragimning qo`rida
Sayrab turgan bulbulim.

  • O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va guruh sardorlarini saylash.

  • O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do‘stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish.

  • Dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun “Barakalla” deb yozilgan rag‘batlantiruvchi kartochkalar berib boriladi. Dars davomida ko‘p rag‘bat kartochkasi to‘plagan juftlik e’lon qilinadi.


Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling