Fanninig ma`ruza mavzulari bo’yicha tayanch konspekti va mustaqil ta`limga oid topshiriqlar


Download 22.82 Kb.
Sana28.08.2020
Hajmi22.82 Kb.
#127956
Bog'liq
1-мавзу ССАТ

FANNINIG MA`RUZA MAVZULARI BO’YICHA TAYANCH KONSPEKTI VA MUSTAQIL TA`LIMGA OID TOPSHIRIQLAR




1-mavzu. «Soliq sohasida axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Soliq xizmati organlarida axborot tizimi

hamda axborot texnologiyalarining shakllanishi va huquqiy asoslari

Reja:

  1. «Soliq sohasida axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‗llashdagi yutuq va muammolar.

  2. O‗zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar.

  3. Soliq tizimida axborot texnologiyalarini qo‗llashning zaruriyati va dolzarbligi.

  4. Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot texnologiyalarining shakllanishi va huquqiy asoslari

  5. Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‗llanilishi.



1. «Soliq sohasida axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy

jarayonlarni boshqarishda qo„llashdagi yutuq va muammolar.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlariga hamda halqaro standartlar talablariga mos keladigan Oliy ta`lim tizimini yaratish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

―Hududlarda yangi Oliy ta`lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayorlashning zamonaviy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo`limlarning ochilishi, Oliy ta`lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo`nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi‖1.

Soliq tizimida axborot texnologiyalari» fanining asosiy maqsadi - talabalarni davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalaridan amalda foydalanishni o‗rgatishdan iborat bo‗lib, unda davlat soliq xizmati organlarida dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini qo‗llash va ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalanish bo‗yicha yo‗nalish profiliga mos bilim, ko‗nikma va malaka shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:


  • davlat soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy qilishning huquqiy asoslarini o‗rgatish;

  • davlat soliq xizmati organlarining ma‘lumotlarni uzatish korporativ tarmog‗ining tuzilmasi, maqsadi, vazifasi, asosiy tamoyillari va

yo‗nalishlarini o‗rgatish;

  • davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan ishlashning nazariy-amaliy va uslubiy asoslarini berish;

  • soliqqa oid ma‘lumotlarni ishlash va tahlil qilishning yagona kompyuter tizimining ish jarayonida zarur bo‗ladigan ma‘lumotlarni kiritish, saqlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish ko‗nikmasini shakllantirish;

  • Davlat soliq qo‗mitasining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasidan foydalana olishning amaliy jihatlarini o‗rgatish;

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‗rsatiladigan elektron davlat xizmatlari bo‗yicha zarur bilimlarni berish.

Ushbu fan soliqqa oid axborotlarni to‗plash, saqlash va qayta ishlash, soliq tizimidagi axborot tizimlari, axborot texnologiyalarini o‗zlashtirishda o‗ziga xos o‗ringa ega. Fanni o‗zlashtirish davomida talabalar ma‘lumotlarni uzatish korporativ tarmog‗ida ishlash, davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish ko‗nikmalariga ega bo‗ladilar. Olgan bilimlarini esa davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlarida qo‗llashlari mumkin.

2. O„zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning 6 ta ustivor yo‗nalishi quyidagilardan iborat:



  1. Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;

  2. Elektron ma‘lumotlar bazasi;

  3. Fan-texnika axboroti tarmog‗i;

  4. Тa‘lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va sog‗liqni saqlash sohalari axborot tizimlari;

  5. Ma‘lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;

  6. Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.

Hozirgi paytda Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Тashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qo‗mitasi, Тashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Fan-texnika axborotining respublika tarmog‗i, Aholi bandligi xizmatining kompyuter tizimi, Ichki ishlar organlarining yagona axborot tizimi, Adliya vazirligining axborot tizimi va boshqalar ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma‘lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish

Respublikamizda ustuvor o‗rinlarga chiqmoqda.

Iqtidorli yoshlar ishtirokida respublikada Internet-festivallari, Internetforumlar o‗tkazish odat bo‗lib qoldi, shaharlar va qishloqlarda Internet tarmog‗idan jamoa bo‗lib foydalanish punktlari soni tobora ko‗paymoqda, axborot xizmatlari turlari sezilarli darajada kengaymoqda, ularning servisi yanada intellektualroq bo‗lib bormoqda.

Axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirishning Prezidentimiz Farmonida ko‗rsatilgan ustivor yo‗nalishlaridan biri ushbu jarayonni huquqiy-me‘yoriy asoslarini takomillashtirishdir. Bugungi kunga kelib, ushbu yo‗nalishda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi, jumladan O‗zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‗g‗risida» (11.12.2003

y. 560-II), «Elektron raqamli imzo to‗g‗risida»(11.12.2003 y. 562-II),

«Elektron hujjat aylanishi to‗g‗risida» (29.04.2004 y. 611-II), «Elektron to‗lovlar to‗g‗risida»(16.12.2005 y. O‗RQ-13), ―«Elektron tijorat to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida»gi (2015 y. 22.05. O‗RQ-385),«Elektron hukumat to‗g‗risida»gi (9.12.2015 y. O‗RQ-395-son) Qonunlari qabul qilindi. Bu qonunlarning qabul qilinishi jamiyatni axborotlashtirish borasida rivojlangan mamlakatlar bilan teng hamkorlik qilish uchun zarur huquqiy-me‘yoriy asoslarni yaratib berdi.



  1. Soliq tizimida axborot texnologiyalarini qo„llashning zaruriyati va dolzarbligi.

1994 yilda O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining tashkil etilishi munosabati bilan Respublikada soliq tizimi shakllana boshlandi. Davlat soliq siyosatini amalga oshirishda asosiy mavqeni egallagan soliq organlariga soliq qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishdek yuksak vazifa yuklatildi. O‗tgan davr oralig‗ida soliq organlari davlat budjetining daromad qismini uzluksiz to‗ldirishni ta‘minlaydigan muntazam tizimga aylandi.

Soliq xizmati organlari xodimlarining qonunda belgilab berilgan vazifalarini hisobga olgan holda va Respublikamiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‗tishi sababli soliq to‗lovchi obyektlar va subyektlarning soni oshib borishi natijasida soliq organlari idoralariga kelib tushadigan axborotlarning hajmi ortib borishi, ularni saqlash va qisqa muddatlarda qayta ishlash, ma‘lumotlarni yuqori organlarga tegishli qarorlar qabul qilish uchun yuborish, yuqori organlardan quyi organlarga ko‗rsatma va topshiriqlar berish, hamda tegishli soliq to‗lovchi jismoniy va yuridik shaxslarga ma‘lumotlar jo‗natish soliq tizimiga kompyuter va kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

O‗z navbatida Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, malakali xodimlarni tayyorlash, kompyuter jihozlari, dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini bilan ta‘minlash hamda zamon talabidan kelib chiqib, soliq idoralarida jamlangan hisobotlarni elektron ko‗rinishda quyi soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qo‗mitasiga uzatish, Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlarni davlat soliq boshqarmalariga va davlat soliq inspeksiyalariga to‗g‗ridan – to‗g‗ri uzatish masalalari, shu bilan birga soliq to‗lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro‗yxatga olish, ularni davlat budjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishi haqidagi ma‘lumotlarni yagona soliq to‗lovchilar bazasida saqlash va boshqa masalalar dolzarb masalaga aylandi.

Mazkur masalalarni yechishda avvalo Davlat soliq qo‗mitasi soliq xizmati idoralarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali bir-biri bilan bog‗lash va yagona axborotlar bazasini takomillashtirish maqsadida ma‘lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini ishlab chiqish va Davlat soliq qo‗mitasining barcha bo‗linmalarida lokal axborothisoblash tarmoqlarini barpo etishni maqsad qilib qo‗ydi. Shu bois Davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot tizimini yaratishga asos solindi va uning huquqiy bazasi yaratildi.



  1. Soliq xizmati organlarida axborot tizimi hamda axborot texnologiyalariningshakllanishi va huquqiy asoslari.

O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalariga jiddiy e‘tibor qaratila boshlangan.

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi «O‗zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma‘lumotlarni qayta ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish to‗g‗risida»gi 388sonli qarori bilan davlat soliq xizmati organlarida axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini o‗z ichiga olgan axborot tizimlarining shakllanishiga asos solingan va ushbu tizim orqali soliq ma‘lumotlarini yig‗ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ishlari yo‗lga qo‗yilgan. Shu bilan birga, Axborot-texnologiya ta‘minoti boshqarmasi va uning hududiy bo‗linmalari tashkil etilgan.

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 sentabrdagi «O‗zbekiston Respublikasi soliq organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo‗mitasi qoshida xo‗jalik hisobidagi «Yangi texnologiyalar ilmiyaxborot markazi» (YaТIAM) tashkil etilgan va soliq ma‘lumotlarini qayta ishlash uchun zarur bo‗lgan maxsus dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ni yaratish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish imkoni yaratilgan.

DSQ bilan boshqa tashkilotlar o‗rtasida axborot almashishni avtomatlashtirish maqsadida DSQning 1996 yil 8 avgustdagi 168 - sonli buyrug‗iga asosan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va DSQ o‗rtasida ma‘lumotlar almashishni avtomatlashtirilgan holda elektron ko‗rinishda qabul qilish ishlari amalga oshirildi. Shu yili DSQning 9 oktabrdagi 223-sonli buyrug‗iga asosan, jismoniy shaxslar bo‗yicha bank hujjatlarini kiritish, boqimanda va ortiqcha to‗lovlarni tahlil qilish va hisobotlarni hosil qilish dasturlarini tajribaviy ishlatish uchun joriy qilindi va 1997 yilning 1 yanvaridan boshlab to‗liq qo‗llashga o‗tildi.

Yuqoridagilarga asoslanib, DSQning 1996 yil 18 oktabrdagi ―Qog‗ozsiz ish yuritish texnologiyasiga to‗liqligicha o‗tish‖ haqidagi 229sonli buyrug‗i qabul qilindi va 1997 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarning hisob varaqalari, boqimanda bo‗yicha 1-NN hamda soliq va tushumlar bo‗yicha 1-N ko‗rinishdagi hisobotlarni maxsus yo‗riqnomalarga asosan faqatgina kompyuterda yuritish belgilandi.

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11

martdagi ―O‗zbekiston Respublikasida soliq to‗lovchilarga identifikatsion raqamlar berish va qo‗llash tizimi to‗g‗risida‖gi 130-sonli qaroriga, hamda DSQning 1997 yil 25 martdagi 78-sonli buyrug‗iga asosan ro‗yxatdan o‗tkazilgan ma‘lumotlarni kompyuterga kiritish, identifikatsion raqam berish va bekor qilish tartiblari belgilandi va bu o‗z navbatida Respublika soliq to‗lovchilarining elektron bazasini yaratishga olib keldi.

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 31 dekabrdagi ―Davlat soliq qo‗mitasining global axborot tarmog‗ini tashkil etish to‗g‗risida‖gi 580-sonli qarori qabul qilindi va ushbu qarorga asosan DSQ va MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi (AQSh) bilan

Davlat soliq qo‗mitasining global axborot tarmog‗ini tashkil etish bo‗yicha shartnoma tuzildi. Natijada Respublikamiz soliq organlarida yo‗ldosh aloqa tizimidan foydalanish yo‗lga qo‗yildi.

1999 yil 7 yanvarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Soliq to‗lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‗llash sohasini kengaytirish to‗g‗risida‖dagi 7-sonli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish, soliq organlari ishi samaradorligini oshirish, ularning yangi axborot texnologiyalarini qo‗llashlari uchun shartsharoitlar yaratilishi uchun barcha xo‗jalik yurituvchi subyektlar 1999 yil 1 aprelgacha identifikatsiya raqami olishlari va uni xizmat ko‗rsatuvchi banklarga yetkazishlari hamda 1 apreldan boshlab identifikatsiya raqami olmagan xo‗jalik yurituvchi subyektlari uchun bankda hech qanday operatsiyalar amalga oshirmaslik ko‗rsatib o‗tilgan. Ushbu qaror ijrosini ta‘minlash soliq xizmati organlariga yangi axborot texnologiyalarini qo‗llash va ularning uzluksiz ravishda ishlashini ta‘minlash bo‗yicha katta mas‘uliyat yukladi.

Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta‘limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, «Internet»ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari» to‗g‗risidagi qarori qabul qilindi va unda 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, respublikada kompyuter va axborot texnologiyalarini tashkil etish va rivojlantirish, dasturiy ta‘minlash, kompyuter asbob-uskunalari va axborot tarmoqlari sohasida kadrlar tayyorlash, «Internet»ning xalqaro axborot tarmoqlariga kirib borishi holatini va uning amaliy qo‗llanilish darajasini chuqur va batafsil o‗rganib chiqish topshirilgan. Ushbu qarorni bajarish borasida DSQ o‗quv muassasalarida zamonaviy kompyuter texnikalari va vositalari bilan jihozlangan maxsus kompyuter o‗quv sinflari tashkil etildi va «Internet» tarmog‗iga ulandi. DSХ organlarida axborotlashtirish va kompyuterlashtirish bo‗yicha faoliyat ko‗rsatuvchi mutaxassislar tayyorlash yo‗lga qo‗yildi.



5. Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo„llanilishi.

Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilib, «2011 yil- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soliq organlarini yanada modernizasiya qilish yili» deb e‘lon qilindi.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizasiya qilish choratadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-1257 son qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‗tarishda muhim asos bo‗ldi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks tadbirlarga asosan o‗zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari amaliyotga tatbiq qilindi hamda soliq to‗lovchilarga interaktiv, ya‘ni qog‗ozsiz, masofadan turgan holda xizmatlar ko‗rsatish yo‗lga qo‗yildi.

Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari nafaqat yurtimiz balki, nufuzli xorijiy ekspertlar tomonidan ham yuqori baholanmoqda. Jumladan, Xalqaro moliya korporasiyasi tomonidan bu yo‗nalishdagi ishlar o‗rganilib, «Tekshirishlar reja jadvalini shakllantirish va bajarilishini nazorat qilish» dasturiy mahsulotini qo‗shni MDH davlatlarida amaliyotga tatbiq etish taklifi bildirilgan.

Shuningdek, Davlat soliq qo‗mitasi tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari moliyaviy xo‗jalik faoliyatini avtomatlashtirish orqali hisobotlarni soliq idoralariga elektron ko‗rinishda yuborish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida «BEM-buxgalterga elektron madad» nomli dasturiy mahsul joriy etilgan va ushbu dasturiy mahsul «Best soft Uzbekistan-2010» dasturiy mahsullar milliy ko‗rgazmasida «Yilning eng xaridorgir mahsuloti» nominasiyasi bo‗yicha g‗oliblar qatorida tan olingan edi.




Mavzuga oid savollar




  1. «Soliq tizimida axborot texnologiyalari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Mamlakatimizda Oliy ta`lim sifatini oshirish boyicha qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?

  3. DSХ boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo‗llashning afzalliklari nimalardan iborat?



1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 июндаги ―Oлийтаълим муассасаларида таълим сифатини ошириш ва уларнинг мамлакатда амалга оширилаѐтган кенг қамровли ислоҳотларда фаол иштирокини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ ПҚ-3775-сон қарори.

Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling