Faol fuqarolik pozitsiyasiga EGA yoshlarni tarbiyalashning ijtimoiy ma’naviy asoslari
Download 13.93 Kb.
|
Essey 1
Essey Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalashning ijtimoiy ma’naviy asoslari O’zbekistonda har bir fuqaroni fuqarolik pozitsiyasiga ega qilib tarbiyalash eng dolzarb, muhim masala hisoblanadi. Ular o’z huquqlarini , qonun oldida hamma tengligini irqi, dini, kelib chiqishi, millati,kasb-hunari, jinsidan qat’iy nazar bilishlari shartdir. Sababi yoshlar bir-birini mazhara qilishlari ,kamsitishlari bugungi hayotimizda ko’p kuzatilmoqda. Ularga bu qoida qonunlarni o’rgatishda ham ota-ona , ham ustoz-murabbiylar, ham ularning atrofidagi insonlar mas’uldirlar. Bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining ma’naviy asosi mustahkam bo’lishida biz tarbiyalayotgan yoshlarning o’rni katta va muhimdir. Insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma’naviy qarashlar, ahloqiy qadriyatlar , an’analar , diniy-ruhiy tuyg’ulardan iborat. Bu bo’g’inda u oilasi, qarindosh-urug’lari, mahallasi , millati , yurti bilan birligini, uning tarkibiy qismi ekanligini his etadi . Natijada uning qalbida va ongida milliy g’urur , vatanparvarlik tuyg’usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Shundagina , shu ruhda tarbiya ko’rgan inson jamiyatga o’z hissasini qo’sha oladi. Jamiyat hayotining demakratlashuvi hamda mamlakatning modernizatsiyalash jarayonlari aholining eng katta ijtimoiy qatlamini tashkil etadigan yoshlarning ijtimoiylashishiga hamda ularning tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi . Yoshlar- jamiyatningtub negizi, aholining ilg’or qatlami , kelajakning ishonchli egalari hisoblanadi. Shu nuqtaiy-nazardan qaraganda , har bir davr yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi , o’y-fikri ,ma’naviy qiyofasiga qarab o’sha jamiyatning ertangi kunini aniq tasavvur etish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir yosh avlodga yaxshiroq e’tibor bersak , ularni nazorat qilsak, ular bilan o’z maslahatlarimiz bo’lishsak, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Men shuni yaxshi bilamanki, bugungi kunda tengdoshlarim o’z fuqarolik pozitsiyasiga ega va shuni takidlash joizki, bizga bildirilgan ishonch va e’tibor hech qachon samarasiz qolmaydi. Download 13.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling