Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik
Download 1.21 Mb.
|
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individu
Amaliy uslublar o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va
yo‘naltiriladigan, o‘quvchilar fikrini rivojlantirishga moijallangan so‘z, ko‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishida ko‘rsatadi. Amaliy uslublar qo‘llanilishi o‘quvchilar retseptorlari va effektorla- rining faol faoliyati bilan bog‘liq. Amaliy uslublar o ‘rganilgan mate rialni tushuntirishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublami qo‘llashga o‘quvchilar faoliyatining o‘zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og‘zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat bur chagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg‘ulotlar kiradi. Amaliy uslublaming turlariga: • o‘quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasash;
rasm chizish;
tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo‘yicha ishlar; • hodisalami kuzatish va qayd qilish ishlari; • tajriba o ‘tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi. Amaliy ish boshlanishi oldidan qo‘yiladigan savol, muammo, ma- salaga o‘quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak. Tabi- 350 atshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bo‘lib, tarqalgan o ‘simliklami yoki ulaming qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o ‘rgatadi. Taqqoslashdagi farqqa borish o‘quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo‘yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o‘qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o ‘simliklami topish va to‘plashni, namunalar yig‘ishni, ular- ning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o‘zgamvchanlikni о‘quvchilaming o‘zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. 0 ‘simliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo‘yicha ishlami o‘quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar. Sinfda amaliy mashg‘ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi, bu o‘quvchilarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi organlari bi lan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina qolmasdan, ular ustida har xil tajribalar o ‘tkazadilar, uning xususiya- tini (masalan, timab ko‘rish, bolg‘acha bilan urib ko‘rish vositasida narsaning mo‘rtligini, egish bilan qayishqoqligi va egiluvchanligini va h.) sinaydilar. Tarqatma material sifatida tabiatshunoslik darslarida jonsiz va jonli tabiat jismlari (toshlar, foydali hasharotlar, o ‘simliklar va ulaming qismlari, may da hayvon va b.) dan foydalaniladi. Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi: - ish maqsadini e ’lon qilish; - o‘qituvchining yo‘l-yo‘riqlar berishi; - topshiriqni tushuntirish; - materiallami tarqatish; - kuzatish, o ‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish bilan suhbat; - xulosalami daftarga yozish; - rasmlar chizish. Amaliy ish vaqtida o‘qituvchi topshiriq tushunarsiz yoki murak- kab bo‘lganda ayrim o ‘quvchilarga yordamlashadi. Agar qiyinchilik ko‘pchilik o‘quvchilarda sodir bo‘lsa, bunda ish mazmunini butun sinf- ga takroran tushuntirish kerak bo‘ladi. Amaliy ishning asosiy qiyin- chiligi kuzatilayotgan hodisalami anglab olish, eng muhimlarini ajrata bilish, xulosalami ifodalay olishdir. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling