Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik
pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari
Download 1.21 Mb.
|
Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individu
pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‗rsatilgan:
1. O‗z kasbiga muxabbat, o‗quvchilarni seva olishi. 2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 3. Pedagogik taktga (odob va go‗zallikka) ega bo‗lish. 4. Bolalar jamoasiga singib keta olish. 5. O‗z mehnatiga ijodiy yondashish. 6. Javobgarlikni his etish. 7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. O‗qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‗ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: asosiy xususiyatlar;
yetakchi xususiyatlar;
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‗lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‗p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‗qituvchining o‗zaro fikr almashuvi bilan bog‗liq xususiyatlari asosiy rol o‗ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‗qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi: Kommunikativ qobiliyat: o‗qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‗ladigan o‗zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‗lish, muloqotga kirishishida pok ko‗ngillilik. O‗qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‗lishi, muomala madaniyatini muntazam o‗zida shakllantirib borishi lozim. 77
vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish. O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. Nutq - bu og`zaki kommunikatsiya, ya`ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og`zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir mohiyatga ega bo‘lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.Odamlar o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog`lovchilarning his - hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza, tark - tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og`zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba`zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling