Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari
Download 2.82 Mb.
|
5 мавзу
5.Mavzu. Sanoatda xavfsizlik vositalari. 5.1 Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslariHFXni boshqarish deganda ko'zda tutilgan natijalarga erishish "inson-muhit" tizimiga tashkiliy ta'sir qilishni tushunamiz. HFXni boshqarish - bu obyektni ongli ravishda bir hols(xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o'tkazishdir.Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilishmaqsadga muvofiqdir. Tizimlilikka bolgan talab shundari iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo'lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko'zda tutiladi. Tizimli tahlil qilishhing muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi: qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlashi va aniqlik kiritishdan boshlanmog'i kerak; butun muammolarni to'laligicha qarash muhimdir; maqsadga erishishningii alternativ yo'llarini tahlil qilish muhimdir; qo'shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to'sqinlik solmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirmoqligi kerak. Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim iyerarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bu bosh maqsaddir, umuman qism maqsadlarga bo'linadi va o'z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi. Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to'liq faoliyat sikli xosil qilinadi, ya'ni: ilmiy fikr; ilmiy izlanish ishlari; konstruktorlik ishlari; loyiha; loyihani amalga oshirish; sinash; ishlab chiqarish; tashish; foydalanish; takomillashtirish va tuzilishini o'zgartirish; saqlashga qo'yish va bartaraf qilish; yo'q qilish. Xavfsizlik talablarini o'z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi. Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqachlarga boolish mumkin: 1 . Obyektning holatini tahlil qilish va baholash. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlami bevosita tashkil qilish. Nazorat, ya'ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash. Rag'batlantirish, ya'ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta'sir shakllari. HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatilarga ajratish mumkin: fizologik, psixologik, ijtimoiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, ommani o'qitish; xavfsiz xulq madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o'qitish; kasbiy tanlash; boshqarish subyektiga psixologik ta'sir qilish;.dam olish va ishlash rejimlarini ratsionallashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya to'lovlari tizimi va boshqalar, tibbiy, texnik, tashkiliy- operativ, huquqiy va iqtisodiy.HFXni boshqarishning vositalari boy va rang-barangdir. Bularga quyidagilar kiradi: halq ommasini o'qitish, kasbiy tanlash, boshqarish subyektiga psixologik ta'sir qilish; dam olish, ishlash rejimlarini ratsionallashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya tolovlari tizimi va boshqalar. 5.2"Inson-muhit", "inson-ishlab chiqarish va boshqa tizimlar murakkab ko'p tenglamali va qismli tashkil qiluvchilardir. Xavflar identifikatsiyasini ijobiy yechishda bu tizimlarni tahlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozitsiya qilish) muhimdir. Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma'noda xavf va uning xavfli turkumlarini. Shuning uchun faoliyatni loyihalashda ma'qul bo'lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan holda uni yetarli darajada detallashtirish (elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muhimdir. Xavfsizlik sharoitlarini loyihalash juda qiyin jarayon bo’lib, insondan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Quyida HFXni loyihalashning taxminiy chizmasini keltiramiz 4-jadval). 3-jadval
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling