Faoliyatda axborot texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari Abduhamdova Shahodat Erjigitovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy Kompyuterlar
- U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan
Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi
jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol bo‘la roladi. Shaxsiy Kompyuterlar-hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64, 128,256, 512 megabaytni tashkil qiladi. U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: − sistema bloki − monitor − klaviatura − sichqoncha − tashqi qurilmalar Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir: Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1 Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining katta kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar: Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling