Faoliyati, jadidchilik va hurriyat orzusi Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish
Download 30.8 Kb.
|
Abdurauf Fitrat
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish
Bulardan tashqari Fitrat oʻzbek tilining grammatikasini oʻrganish ishlarini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qoʻshgan. U 1918-yilda Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hamkorlikda „Ona tili“ darsligini yaratdi. 1921-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Til va imlo qurultoyida Fitrat oʻzbek tilining sofligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni oʻrtaga tashladi. U 20-yillarda oʻzbek tili tabiatini oʻrganishda davom etib, „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf“ (1925), „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Nahv“ (1926) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930-yilga qadar bir necha marta nashr etildi[7]. Olim oʻzbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bagʻishlangan bu asarlari bilan oʻzbek tili grammatikasini ilmiy asosda oʻrganish ishiga tamal toshini qoʻydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun oʻzbek tilining lugʻat fondiga yangi soʻzlar hamda atamalarni olib kirganligidadir. Olim „Eng eski turk adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), „Oʻzbek adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1-jild, 1928) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimgi davrdan soʻnggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini toʻplab, muayyan tizimga soldi („Oʻzbek adabiyoti namunalari“ning ikkinchi jildi nomaʼlum sabablarga koʻra eʼlon qilinmagan). „Qutadgʻu bilig“ singari oʻzbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qoʻlga kiritish, oʻrganish va chop etishga intildi. Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalarini ilk bor oʻrganib, „Bedil“ (1923), „Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni toʻgʻrisida“, „Qutadgʻu bilig“ (1925), „Ahmad Yasaviy“ (1927), „Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida tekshirishlar“, „Hibbat ul-Haqoyiq“, „Oʻzbek shoiri Turdi“ (1928), „XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash“, „Muhammad Solih“, „Fors shoiri Umar Xayyom“ (1929), „Mashrab“, „Farxodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida" (1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan oʻzbek adabiyotshunoslik maktabiga poydevor qoʻydi. „Sheʼr va shoirliq“ (1919), „Adabyot qoidalari“ (1926), „Sanʼatning manshai“ (1927), „Aruz haqida“ (1936) singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi. Download 30.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling