Faoliyati nazorati


Download 25.81 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1274967
Bog'liq
g\'aznachilik


G’AZNACHILIK FAOLIYATI NAZORATI
Reja:
1. Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazoratining tutgan
o’rni
2. G’aznachilikda xarajatlar smetalarini ro’yxatga olish asosida
nazoratni tashkil etish
3. G’aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
1. Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazoratining tutgan
o’rni
G’aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga mos holda
davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan tashkiliy-huquqiy
munosabatlarning yig’indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat byudjetining
daromad va xarajatlari bo’yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli,
O’zbekiston sharoitda davlat moliyasini boshqarishning markazidan o’rin
egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining milliy G’aznachiligi tizimi Davlat byudjetining
G’azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’larini maqsadli va samarali sarflanishini
ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratni
shakllanishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Birinchidan, resurslarni
cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan,
moliyaviy mablag’lar qanchalik oqilona sarflansa korxona ixtiyorida aylanma
mablag’lar ko’payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya
hajmini ko’paytirish imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa investitsiya jalb
etilgan taqdirda investorga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni sifati
ta’minlanadi.171
171 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
587
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim
hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq
hisoblanadi: byudjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo’jalik(tadbirkorlik, tijorat)
nazorati , mustaqil audit172 (1-rasm).
Byudjet moliyaviy
nazorati
Moliyaviy- xo’jalik
(tijorat, tadbirkorlik
nazorati)
Mustaqil audit
Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda
o’g’irliklar sodir bo’lganda yuqori tashkilotga taqdim
etish
Auditorlik
firmasining
maslahat xizmatlari
1-rasm. Moliyaviy nazorat turlari
Davlatimizning milliy me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda
ichki nazorat to’g’risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir
tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
Albatta xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda va davlat byudjetidan mablag’ oluvchilarda
ichki nazorat tizimi har xil bo’lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu -
moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga erishishdir.
Ichki nazorat tizimi - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob
hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va
aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va o’z vaqtida ishonchli
moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar,
usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisidir. G’aznachilik ijrosi
davomida byudet mablag’larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar
172 Ibragimov A., Sugirbaev B. Budjet nazorati va auditi, o’quv qo’llanma, T.2010, infoCOM.UZ
588
doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy
majburiyatlarning majburan g’aznachilik bo’linmalarida shakllantirilishi asosida
amalga oshiriladi.
Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar
mavjud. Xususan SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission)
tavsiyalarida ichki nazoratni shunday ta’riflagan - “Ichki nazorat bu – tashkilot
oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi tashkilotning
barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan jarayon”173.
Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi,
menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga
qaratilgan jarayon bo’lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning
ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish
kabi kategoriyalarga yo’naltiriladi174.
Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti,
risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda
monitoring qayd etilgan.
G’aznachilik bo’linmalarida ichki nazoratni tuzilmalarini shakllantirish va
amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan
maqsad, vazifa va funktsiyalar ham asos hisoblanadi.
G’aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo’linma faoliyati
samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g’aznachilik operatsiyalarini amalga
oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini
ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato
va kamchiliklarni oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobini
173 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
174 Akperov I.G. i dr. Kaznacheyskaya sistema ispolneniya byudjeta v Rossiyskoy Federatsii: Uchebnoe
posobie. I.A.Konopleva, S.P.Golovach. – M.: Finansi i statistika, 2007. – 352str
589
yuritilishiga va hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo’naltirilgan monitoring, jarayonlar,
tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G’aznachilik tizimida ichki
nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat byudjeti mablag’laridan samarali va
tejab foydalanish, g’aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday
ko’rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat
yaratadi.
Mamlakatda byudjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali
boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy
natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali bir ob’ektga
maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo’ladi. Inson faoliyatining barcha
sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni
taalluqlidir175.
Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo’g’inlarining iqtisodiy
faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish
maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi.
2-rasm. Davlat moliyaviy nazorati mexanizmi
175 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
Nazorat sub’ekti
Nazorat tamoyillari Nazorat Nazorat usullari texnologiyasi
Nazorat ob’ekti to’g’risida
ma’lumot bazasi
Nazorat ob’ekti
Nazorat predmeti
590
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati
subyektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati obyekti – bu , byudjet ttizimi
byudjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import
bo’yicha biror-bir imtiyozlardir.
Byudjet kodeksiga asosan G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy
nazoratini176:
o byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan
shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida
hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish
asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
o xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda
tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari
oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni
bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash
yo’li bilan amalga oshiradi.
G’aznachilik tizimi nazorati - byudjetdan mablag’ oluvchilarning
majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va
ko’rsatilgan xizmatlar uchun g’aznachilik ularning nomidan va ularning
topshirig’iga asosan vakolatni o’ziga oladi va byudjet mablag’larining maqsadli
ishlatilishini ta’minlash asosida to’lovni amalga oshirish maqsadida byudjetdan
mablag’ oluvchilarning xo’jalik shartnomalarini majburan ro’yhatdan o’tkazida va
narxlar monitoringini, byudjet me’yorlariga rioya qilinishini dastlabki va joriy
nazoratini amalga oshiradi.
176 O’bekiston Respublikasi Byudet kodeksining 176-moddasi asosida
591
Dastlabki moliyaviy nazorat moddiy va moliyaviy resurslarni samarasiz
ishlatilishining oldini olishga hizmat qilib, bu nazoratni amalga oshirish jarayonida
qo’shimcha mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari, ko’zda tutilgan xarajatlarning
asoslanmaganligini aniqlash mumkin. Nazoratning bu shaklida xo’jalik
operatsiyalarining moliyaviy yoki byudjet yilining boshlanishidan oldinroq qonunlar va
me’yoriy xujjatlar talablarini buzilishini oldi olinadi177.
3-rasm. O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari
Byudjet moliyaviy nazoratining maxsus uslublari: doimiy monitoringkuzatuv,
markazlashgan topshiriqlar bo’yicha tekshirish, xarajatlar smetasining
ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo’jalik faoliyati tahlili singari usublarga bo’linadi.
Oraliq vazifalarni bajarish uchun muqobil tekshirish, pul mablag’lari va moddiy
boyliklarni ro’yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi.
G’aznachilik tizimiga o’tishgacha bo’lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni 2
bosqichni o’z ichiga oladi: byudjet tushumlarini taqsimlash va byudjet
177 Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya. Darslik. Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: “Noshir”, 2012.
– 712 bet.
O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy
nazoratning shakllari
dastlabki
joriy (operativ)
So’nggi
O’zbekiston Repsublikasi
Moliya vazirligi, Moliya
vazirligi G’aznachiligi
organlari va ularning
joylardagi hududiy
bo’linmalari
Davlat moliyaviy nazorati
boshqarmasi va uning
hududiy boshqarmalari
592
mablag’larini davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar hisob raqamlariga o’tkazish.
Davlat byudjeti mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydalanuvchilarning
ixtiyoriga bog’liq. Davlat byudjeti mablag’laridan samarali va oqilona foydalanilishini
esa buxgalteriya hisoboti orqali tekshirish mumkin.
4-rasm. Moliyaviy nazoratning usullari178
G’aznachilik tizimiga o’tishgacha bo’lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni 2
bosqichni o’z ichiga oladi: byudjet tushumlarini taqsimlash va byudjet
mablag’larini davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar hisob raqamlariga o’tkazish.
Davlat byudjeti mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydalanuvchilarning
ixtiyoriga bog’liq. Davlat byudjeti mablag’laridan samarali va oqilona foydalanilishini
esa buxgalteriya hisoboti orqali tekshirish mumkin.
Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazorati vazifalari
mavjud:
178 Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya. Darslik. Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: “Noshir”, 2012.
– 712 bet.
Moliyaviy nazoratning usullari
tekshirish
tadqiq etish
moliyaviy holat tahlili
monitoring, kameral nazorat
boshqaruv nazorati
(nadzor)
taftish
593
 qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning
istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash;
 davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta
ishlash va tahlil qilish;
 davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismi kassali
ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish;
 tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining
tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish
bosqichida (shartno moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida
va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar
tomonidan suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy
nazorat qilish;
 byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini
g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta’minotchilarning hisobraqamiga
o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish;
 g’aznachilikning bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul
mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida byudjet mablag’larini tezkor
ishlatish.
G’aznachilik tizimi davlat moliyasini samarali boshqarish uchun ham, undan
oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun ham zamin
yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin:
Birinchidan, g’aznachilik davlat byudjetining ijrosi jarayonida yuzaga
594
5-rasm. G’aznachilik faoliyati nazorati vazifalari
keladigan daromad va harajatlarni o’z hisob varaqlarida jamlaydi.
Mablag’arning Yagona g’azna hisobvarag’iga soliq va soliq bo’lmagan daromadlar
ko’rinishida kelib tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va davlat byudjeti
harajatlarini o’z vaqtida to’lash uchun barqaror baza yaratadi.
Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi,
ya’ni davlat byudjetining maqsadli va to’g’ri foydalanilishi keyingi nazorat
davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismi kassali
ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish,
g’aznachilikning bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul
mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida budjet
mablag’larini tezkor ishlatish
Davlat moliyaviy mablag’larining g’aznachilik
nazorati
tasdiqlangan budjet mablag’lari doirasida budjet tashkilotlarining
tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul
qilish bosqichida (shartno moliya organlari tomonidan budjet
xarajatlarini o’z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan budjet
mablag’larini bosh taqsimlovchilar tomonidan suiste’mol qilish va
noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish
qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va
uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash
davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni
yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish
budjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini
g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta’minotchilarning
hisobraqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha
jarayonlarni qisqartirish
595
o’rnatish orqali amalga oshirilmaydi, byudjet mablag’lari ko’zda tutilmagan
maqsadlar uchun ajratilmaydi.
Mamlakatimizda davlat moliyasi tizimini isloh qilish jarayonida amalga
oshirilayotgan xar bir o’zgarishlar natijasida pirovard maqsad ko’zlanib ish
yuritilmoqda.
G’aznachilik organlarining davlat byudjetining kassa ijrosi, daromadlar va
xarajatlar ustidan nazorat hamda byudjet mablag’larini boshqarish soxasidagi
vazifalari:
o Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli
darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning
xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to’g’risida
hisobot tuzish;
o Davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami,
shuningdek, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa
uzilishlari oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini
joriy etish orqali boshqarish;
Shartnomalarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirishdagi vazifalari:
o Byudjet tashkilotlarining tovarlar etkazib beruvchilar bilan shartnomalarni,
shuningdek, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan kapital qurilish
bo’yicha buyurtmalarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan
summalar va maqsadlarga yo’naltirilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish
asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini joriy
etish orqali byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko’zda tutilmagan
hamda ajratilgan limitdan ortiqcha xarajatlarni oldini olish;
o Byudjet tashkilotlarini, jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini
moliyalashtirishga yo’naltirilgan byudjet mablag’laridan foydalanishni
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga
muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda qoidaga ko’ra
vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
596
o Davlat byudjeti G’aznachilik tizimiga o’tilganda byudjet muassasalari
tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar uchun tulovlar moliyaviy
majburiyatlarni tasdiqlovchi va xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan
shartnomalarda nazarda tutilgan kat’iy summalar doirasida tovarlar
etkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga byudjetdan mablag’
oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga
oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan joriy
nazoratni ta’minlashga erishilishi.
G’azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobi va hisoboti.
Davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish hamda kafolatlarini
bajarish soxasidagi vazifalari.
G’aznachilik faoliyati nazoratini amalga oshirganda nazorat natijalariga
ko’ra byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlarini aniqlash va bartaraf
etish tartiblari amalga oshiriladi.
Byudjet kodeksiga ko’ra quyidagilar byudjet intizomini buzish maqomida179:
-Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini ularni olish
(ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo’lmagan maqsadlarga yo’naltirish;
-mehnatga haq to’lash bo’yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari,
ustamalar, ish haqiga qo’shimchalar va boshqa to’lovlar miqdorlariga rioya
etmaslik;
- byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi,
pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni
to’lash uchun pul mablag’lari berilishini, shuningdek pensiyalarni etkazib berishni
amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag’lari berilishini banklarning rahbarlari
va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
Byudjet ijrosi bosqichida quyidagilar smeta-shtat intizomini buzishdir:
179 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining187-moddasi asosida
597
- noto’g’ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko’rsatilgan
byudjetdan ajratiladigan mablag’larni xarajatlar smetasiga kiritish;
- xodimlarning belgilab qo’yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning
toifalari o’rtasidagi o’zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga
rioya etmaslik;
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarini shakllantirish
va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
- tarifikatsiya ro’yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga
rioya etmaslik.
Moliya va g’aznachilik organlariga byudjet so’rovini, ro’yxatdan o’tkazish
uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni
belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik byudjet so’rovini, ro’yxatdan o’tkazish
uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni
taqdim etish tartibini buzishdir180.
O’zbekiston Respublikasiga beg’araz yordam doirasida kelib tushgan
tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yo’naltirish
ulardan foydalanish tartibini buzishdir.
Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
2. G’aznachilikda xarajatlar smetalarini ro’yxatga olish asosida nazoratni
tashkil etish
Byudjet tashkilotlari bo’ysunuviga ko’ra respublika byudjeti va mahalliy
(viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy
faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning o’rnatilgan tartibiga
asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar
mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik
bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
180 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining190-moddasi asosida
598
Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchun
g’aznachilik bo’linmalariga quyidagilarni:
a) byudjet mablag’lari bo’yicha:
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro’yxatga olinguniga qadar —
birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo’limlarida ro’yxatga olingan
vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini;
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro’yxatga olingandan so’ng —
moliya organlarida ro’yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini;
b) byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha — moliya organlarida ro’yxatga
olingan, byudjetdan tashqari mablag’larning kelib tushishi va ishlatilishining
cheklanishi oylar kesimida ko’rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar
smetalari nusxalarini taqdim etadilar (kelib tushishi va sarflanish yo’nalishi
cheklanmagan byudjetdan tashqari mablag’lar turlari bundan mustasno).
Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar
smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi Zaxira jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
zaxira jamg’armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira
jamg’armalari mablag’lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetalarni, ular moliya organlarida o’rnatilgan tartibda ro’yxatga olinganidan
so’ng, g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladilar.
Kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha xarajatlarning oylar kesimidagi
yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul ro’yxatlarining aniqlanishi
asosida kiritiladi.
G’aznachilik bo’linmalari byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjet
tasnifining tegishli bo’lim, bob va paragraflari bo’yicha xarajatlarini quyidagi
hollarda to’xtatish huquqiga ega:
 byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli moliya organlariga
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan hisobotlarni
taqdim etmagan hollarda (moliya organlari tomonidan g’aznachilik bo’linmalarini
byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisobot topshirmaganligi to’g’risidagi yozma
599
bildirishnomasi bo’yicha), tegishli byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlarini
xabardor qilgan holda;
 tegishli moliya organlari tomonidan tegishli byudjetlarning vaqtinchalik
va doimiy daromadlar va xarajatlar yoyilmalari belgilangan muddatlarda taqdim
etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar muddatga;
 tegishli byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan xarajatlar smetalari
belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar
muddatga;
 yoyilmada ko’rsatilgan byudjetlar xarajatlari summasi va smetalarda
ko’rsatilgan xarajatlar summasining yig’indisi o’rtasida farqlar aniqlanganda —
farqlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etgungacha
muddatga;
 byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan ajratilgan byudjet
mablag’larini o’zgartirishga so’rovnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular
tomonidan so’rovnoma asosida tayyorlangan smetaga tegishli barcha
o’zgartirishlarni va ularning o’zaro muvaffaqiyatli solishtirishlarni yoki tegishli
moliya organining kiritilayotgan o’zgartirishni rad etganligi to’g’risidagi yozma
xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;
 moliya organlari tomonidan ajratilgan byudjet mablag’larini
o’zgartirishga taqdimnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular tomonidan
taqdimnomalar asosida tayyorlangan smetalarga tegishli barcha o’zgartirishlarni va
ularning o’zaro muvaffaqiyatli solishtirishlari yoki tegishli moliya organining
kiritilayotgan o’zgartirishlarni rad etganligi to’g’risidagi yozma xabarnomasi
taqdim etilgunga qadar muddatga;
 qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunda, xarajatlarning to’xtatilishi ajratilgan byudjet mablag’larining
kamaytirilishi nazarda tutilayotgan bo’lim, bob va paragraflar va xarajatlar
moddalari bo’yicha amalga oshiriladi.
600
Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasiga, byudjetdan
mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalariga, qurilishlarning manzilli va titul
ro’yxatlari (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati)ga o’zgartirishlarning
kiritilishi moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilar va
buyurtmachilar bilan birgalikda, ushbu o’zgartirishlar uchun so’rovnomalar va
taqdimnomalar tegishli g’aznachilik bo’linmalari bilan kelishilgandan so’ng
amalga oshiriladi.
Ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari summalarining qabul qilingan
yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek amalga oshirilgan kassa
xarajatlarining ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari summalaridan oshishiga
olib keladigan miqdorlarda byudjet mablag’larining kamaytirilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Ajratilgan byudjet mablag’larining kamaytirilishi byudjetdan mablag’
oluvchilar va ularning mahsulot etkazib beruvchilari bilan o’zaro yuridik
majburiyatlarni bir xilga kamaytirish hollarida amalga oshirilishi mumkin.
Ajratilgan byudjet mablag’lari ko’paytirilgandan so’ng, byudjetdan mablag’
oluvchilar va ularning mahsulot etkazib beruvchilar bilan shartnomalariga
tomonlar yuridik majburiyatlarining bir xilda ko’payishini nazarda tutadigan
o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tegishli byudjet mablag’larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi
bilan byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga o’zgartirish kiritilgan
hollarda, ular tomonidan o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan so’rovnomalar
imzolash uchun g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi.
601
Yuridik majburiyat Moliyaviy majburiyat
Shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan
o’tkazilganidan keyin yuridi majburiyat
vujudga keladi
Tovar va xizmatlar yetkazib berilgandan
keyin schyot-faktura yoki budjet
tashkilotining kreditorlik qarzi mavjudligi
tasdiqlovchi hujjat bo’lgan sharoitda
moliyaviy majburiyat vujudga keladi
Shartnomani imzolashdan olsin budjet
mablag’lari mavjudligi tekshiriladi
Moliyaviy majburiyat g’aznachilikning
Bosh kitobida qayd qilinadi
Shartnoma to’liq yuridik kuchga ega
bo’lishi uchun g’aznachilik bo’linmalaridan
ro’yxatdan o’tiladi
Moliyaviy majburiyatshartnomayoki
boshqa kelishuvlarining muddati o’tgunga
qadar qoplanadi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishni
asosiy maqsadi budjet nazoratining
samaradorligini oshirishdan iborat,
xarajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib
ketishiga yo’l qo’ymaydi
Budjet tashkiloti majburiyatlarning
g’aznachilik nazorati
6-rasm. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar asosida g’aznachilik faoliyati
nazorati
G’aznachilik bo’linmalari taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni amalga oshirish
imkonini tekshirishni taklif qilinayotgan o’zgartirishlar summasini, tegishli byudjet
mablag’larining taqsimlovchilari (oluvchilari) bo’yicha ularning yuridik va
moliyaviy majburiyatlari, shuningdek kassa xarajatlari bilan band qilinmagan,
ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi.
So’rovnomada ko’rsatilgan xarajatlar turlari bo’yicha ajratilgan byudjet
mablag’lariga taklif qilinayotgan o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud
bo’lganda, g’aznachilik bo’linmalari G’aznachilik dasturiy majmuida ushbu
byudjet mablag’larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning shaxsiy g’azna
602
hisobvaraqlaridagi tegishli xarajatlar moddalari bo’yicha keyingi yuridik va
moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni
to’xtatib qo’yadi.
budjet tashkiloti
G’aznachilik organi
NAQD PUL
SO’ROVNOMA
SI
Ish haqini to’lash
Naqd pul Cheklar reestri
G’aznachilik organiga
xizmat ko’rsatuvchi bank
XODIM BO’LIM BOSHLIG’I
TIZIMGA MA'LUMOT KIRITISH
VA CHЕK TO'LDIRIB BЕRISH
SO'ROVNOMANI TASDIQLASH
VA CHЕKNI NAZORATDAN O'TKAZISH
NAZORAT:
HARAJATLAR SMЕTASI
BO'YICHA QOLDIQLAR
VA BOSHQALAR
Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limi
7-rasm. Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limining ish haqini to’lash
tartibi
G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni
ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to’xtatib qo’yilgandan so’ng,
byudjetdan mablag’ oluvchilar (taqsimlovchilar)ning so’rovnomasi tegishli
g’aznachilik bo’linmalarining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va muhri
bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o’zgartirish
kiritish to’g’risidagi so’rovnoma, uni g’aznachilik bo’linmasiga taqdim qilingan
kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, byudjet mablag’ining
taqsimlovchi (oluvchi)ga keyinchalik uni tegishli moliya organlariga taqdim etish
uchun qaytariladi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo’lmagan byudjet mablag’lari
mavjud bo’lmaganda va byudjet mablag’lariga so’rovnomada ko’rsatilgan xarajat
603
turlari bo’yicha taklif qilinayotgan o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud
bo’lmagan hollarda, g’aznachilik bo’linmalari so’rovnomani qaytarish sabablarini
ko’rsatgan holda byudjetdan mablag’ oluvchilar (taqsimlovchilar)ga qaytaradilar.
Byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga tegishli moliya organlari
tashabbusi bilan o’zgartirishlar kiritilgan hollarda, ular tomonidan o’rnatilgan
tartibda rasmiylashtirilgan taqdimnoma yoki ma’lumotnoma-bildirishnoma
loyihalari g’aznachilik bo’linmalariga imzolash uchun taqdim etiladi.
G’aznachilik bo’linmalari taqdimnomada taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni
amalga oshirish imkonini, taklif qilinayotgan o’zgartirishlar summasini tegishli
byudjet mablag’larining taqsimlovchilari (oluvchilari) bo’yicha yuridik va
moliyaviy majburiyatlar, shuningdek kassa xarajatlari bilan band qilinmagan
ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi.
Taqdimnomada ko’rsatilgan xarajat turlari bo’yicha ajratilgan byudjet
mablag’lariga o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo’lganda, g’aznachilik
bo’linmalari G’aznachilik dasturiy majmuida ushbu shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridagi tegishli bo’lim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari bo’yicha
keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini
amalga oshirishni to’xtatib qo’yadi.
G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni
ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to’xtatib qo’yilgandan so’ng,
moliya organining taqdimnomasi tegishli g’aznachilik bo’linmasining vakolatli
xodimlari tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi.
Imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o’zgartirishlar
kiritish to’g’risidagi taqdimnoma, u g’aznachilik bo’linmasiga taqdim qilingan
kunning keyingi ish kunidan kechikmagan muddatda, tegishli moliya organiga
qaytariladi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo’lmagan ajratilgan byudjet
mablag’lari mavjud bo’lmaganda va ajratilgan byudjet mablag’lariga
taqdimnomada ko’rsatilgan xarajat turlari bo’yicha taklif qilinayotgan
o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo’lmagan hollarda, g’aznachilik
604
bo’linmalari taqdimnomani tegishli moliya organiga qaytarish sabablarini
ko’rsatgan holda yozma ravishda qaytaradilar.
Moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari asosida byudjet mablag’lari
bo’yicha xarajatlar smetalariga o’zgartirishlar (kamaytirishlar) kiritilgan hollarda,
g’aznachilik bo’linmalariga ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihalari taqdim
qilinadi (respublika byudjeti bo’yicha — Moliya vazirligining tarmoq
boshqarmalari O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligiga
ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasini taqdim etadi).
G’aznachilik bo’linmalari taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni amalga oshirish
imkonini tekshirishni, taklif qilinayotgan o’zgartirishlar summasini yuridik va
moliyaviy majburiyatlar, shuningdek tegishli byudjetda turuvchi, barcha byudjet
mablag’larini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo’lim, bob, paragraf va
xarajatlar moddalari bo’yicha kassa xarajatlari bilan band qilinmagan ajratilgan
byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradilar.
Ma’lumotnoma-bildirishnomada ko’rsatilgan ajratilgan byudjet mablag’lari
limitlariga taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni kiritish imkoni mavjud bo’lganda,
g’aznachilik bo’linmalari:
 G’aznachilik dasturiy majmuida tegishli byudjet mablag’larini
taqsimlovchilar (oluvchilar)ning tegishli bo’lim, bob, paragraf va xarajatlar
moddalari bo’yicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlar olishni va kassa
xarajatlarini amalga oshirishni to’xtatib qo’yadi;
 ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi
ish kunidan kechikmagan muddatda ijobiy xulosa tuzadi va uni tegishli moliya
organlariga taqdim etadi.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo’lmagan ajratilgan byudjet
mablag’lari mavjud bo’lmagan hollarda va so’rovnomada ko’rsatilgan xarajat
turlari bo’yicha ajratilgan byudjet mablag’lari limitlariga taklif qilinayotgan
o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo’lmaganda, g’aznachilik bo’linmalari,
ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi taqdim qilingan kunning keyingi ish
605
kunidan kechikmagan muddatda, unga o’zgartirishlar kiritish imkoni yo’qligi
sabablari ko’rsatilgan holda xulosa tuzadi.
Ma’lumotnoma-bildirishnomaga salbiy xulosa olingandan so’ng, tegishli
moliya organlari ularni o’zgartirish yoki bekor qilish bo’yicha choralarni
ko’radilar.
Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va kassa xarajatlarini
amalga oshirishni to’xtatib qo’yishni echish, g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
moliya organlari tegishli ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ularni o’zaro
solishtirish asosida tayyorlangan byudjet mablag’lari taqsimlovchilar
(oluvchilar)ning xarajatlar smetalariga o’zgartirishlar ro’yxatining barcha
nusxalarini taqdim qilganidan keyin amalga oshiriladi.
G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki
nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali
ta’minlanadi. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar
(pudratchilar) bilan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda
narx echimi hamda narxlar monitoringini amalga oshiriladi.181
G’aznachilik bo’linmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning
sifatli ta’minlanishini va narx-navo echimini nazarda tutuvchi byudjet
mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov
(tender) savdolari o’tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender)
komissiyasi qarorlari bayonnomasi nusxasi hamda elektron savdolar bayonnomasi
nusxasini olish yo’li bilan amalga oshiradi.
Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar
(pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo echimi hamda ularning
qonun hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir.
181 “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”
O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi,
ro’yxat raqami №2580 7-bobi asosida
606
Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling