Faollar, inqilobchilar va gumanitarlar Amerikalik yozuvchi, tarbiyalanuvchi va nogiron Helen Keller, 1910 yil


Download 79 Kb.
bet26/39
Sana13.04.2023
Hajmi79 Kb.
#1349638
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Айоллар хакида маьлумот 4

Harriet Chalmers Adams 

Harriet Chalmers Adams (187- yil 22-oktyabr — 1937-yil 17-iyul) amerikalik tadqiqotchi, yozuvchi va fotograf edi. U XX asr boshlarida Janubiy Amerika, Osiyo va Janubiy Tinch okeani boʻylab sayohat qilgan. Shu bilan bir qatorda National Geographic jurnalida oʻz sayohatlari haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borgan. U sayohatlari haqida tez-tez maʼruzalar oʻqigan va nutqlarini rangli slaydlar va filmlar bilan tasvirlab bergan.


Adams Birinchi jahon urushi paytida Harper’s jurnalining Yevropadagi muxbiri boʻlib ishlagan. U xandaqlarga borish uchun ruxsat berilgan yagona jurnalist ayol edi[2].
1935-yilda u va uning eri Boliviyaning sharqiy qismidan biri boʻlgan Janubiy Amerikaga ikkinchi marta safar qilgan. U bu paytda National Geographic Jamiyati uchun yigirma bitta maqola yozgan. Gazetada uning fotosuratlari, jumladan „And togʻlaridagi baʼzi ajoyib joylar“ (1908-yil sentyabr), „Kaleydoskopik La Paz: bulutlar shahri“ (1909-yil fevral) va „Daryo bilan oʻralgan Paragvay“ (1933-yil aprel) rasmlari chop etilgan. Shuningdek, u Trinidad, Surinam, Boliviya, Peru va Buenos-Ayres va Valparaiso oʻrtasidagi trans-And temir yoʻli haqida maqolalar yozgan.
1925-yilda Adams Geograf ayollar jamiyatini tashkil etishga yordam beradi. Umuman olganda, Adams yuz ming kilometrdan koʻproq masofani bosib oʻtganligi bilan yuzlab tomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan edi. „Nyu-York Times“ gazetasi „Harriet Chalmers Adams — Amerikaning eng buyuk ayol tadqiqotchisi. Maʼruzachi sifatida hech kim, erkak yoki ayol, auditoriyani undan koʻra koʻproq magnitli ushlab turolmaydi“deb yozadi.
U 1937-yil 17-iyul kuni 61 yoshida Fransiyaning Nitssa shahrida vafot etdi. The Washington Post gazetasidagi nekroloqda uni „yirtqich bosh ovchilarning ishonchli odami“ deb atashan. Chunki u dunyoning chekka burchaklarida kezishni hech qachon toʻxtatmagan. Adams Kaliforniyaning Oklend shahridagi Chimes cherkovida dafn etilgan[3]. atashan. Chunki u dunyoning chekka burchaklarida kezishni hech qachon toʻxtatmagan. Adams Kaliforniyaning Oklend shahridagi Chimes cherkovida dafn etilgan[

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling