Far. P. I. Energetika fakulteti 38-21eee guruh talabasining “Issiqlik texnikasi” fanidan mustaqil ish


Download 1.26 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1556685
Bog'liq
alijon

Far.P.I. Energetika fakulteti 38-21EEE guruh talabasining “Issiqlik texnikasi” fanidan mustaqil ish

Tayorlovchi: Boqidinov alijon

Mavzu : Nurlanish usuli bilan issizlik almashinuvining asosiy qonunlari


Reja:

Nurli issiqlik almashinuvi — jism ichki energiyasining nurlanish energiyasiga (fotonlar yoki elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga) aylanishi, nurlanish yoʻli bilan energiyaning fazoga uzatilishi yoki jismlarga yutilishi. Boshqa turdagi issiqlik almashinuvlaridan farqi shuki, bu hodisa issiqlik almashinadigan sirtlarni ajratib turuvchi moddiy muhitsiz ham sodir boʻlishi mumkin, chunki nur elektromagnit nurlanish natijasida tarqaladi.
Shaffofmas jism sirtiga tushadigan nur energiyasining bir qismi jismga yutiladi, bir qismi esa undan kaytadi. temperaturasi mutlaq nolga teng boʻlmagan har qanday jism qizdirilsa, oʻzidan energiya (nur) chiqaradi. Bir xil temperaturadagi jism nur chiqarish qobiliyatining mutlaq qora jism nur chiqarish qobiliyatiga nisbati jismning mutlaq qoralik darajasi deyiladi. Barcha jismlar uchun mutlaq qoralik darajasi 1 dan kichik.
Nurli issiqlik almashinuvi tizimidagi har qanday jism nurlar oqimini qayta-radi va xususiy nurlar oqimini chiqaradi. Jism sirtidan ketadigan energiyaning umumiy miqdoriga effektiv nurlanish oqimi deyiladi. Jism yutgan energiyaning bir qismi tizimga xususiy nurlanish sifatida qaytadi. Shuning uchun Nurli issiqlik almashinuvi yutilgan va xususiy nurlar oqimi ayirmasi deb qarash mumkin. Nurli issiqlik almashinuvi metallurgiya, yadro energetikasi, raketa texni-kasi, kimyo texnologiyasi, quritish texnikasi, geliotexnika va boshqa sohalarda qoʻllanadi.
Issiqlik nurlanish, temperaturaviy nurlanish — jismning ichki energiyasi hisobiga chiqariladigan elektromagnit nurlanish.
Mis, choʻgʻlangan metallar sirtidan, yer atmosferasi va issiklik nurlanadi. Issiqlik nurlanish moddaning mikroskopik jarayoniga, uning mutlaq temperaturasi va optik xossalariga bogʻliq. Issiqlik nurlanishning asosiy tavsiyalaridan biri — jismning nurlanish qobiliyati. u Issiqlik nurlanish paytida jism yorituvchanligining spektr zichligiga teng . Qizigan jism bilan termodinamik muvozanatda boʻlgan Issiqlik nurlanish uchun Kirxgof nurlanish qonuni, mutlaq qora jism uchun Plank nurlanish qonuni, Stefan— Bolsman nurlanish qonuni va b. bajariladi.
Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatining temperaturaga bog‘liqligi Stefan-Bolsman qonuni bilan ifodalanadi. Qonun quyidagicha ta’riflanadi: absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati uning absolyut temperaturaning to‘rtinchi darajasiga proporsional:
formulada σ – Stefan-Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning tajribada aniqlangan son qiymati quyidagicha: σ=5,67×10–8 Vt×m–2 K–4
yoki σ=5,67×10–8 J×m–2 sek–1K–4 σ – nurlanayotgan jismning xossalariga bog‘liq emas. σ  berilgan temperaturada nurlanayotgan jismning 1 m2 sirtidan bir sekundda chiqarilgan issiqlik miqdorini bildiradi. formula bilan ifodalangan Stefan-Bolsman qonuni 1879-yilda avstriyalik fizik Stefan tomonidan tajribada aniqlangan, 1884-yil Bolsman tomonidan nazariy asoslangan.
Stefan-Bolsman qonuni ko‘rsatadiki, absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati faqat uning temperaturasiga bog‘liq bo‘lib, nurlanayotgan sirtning fizik xossalariga bog‘liq emas. Yuqorida absolyut qora jism modeli sifatida qaralgan kovak idish tirqishi sirtidan chiqayotgan nurlanish energiyasini tajribada tekshirishlar Stefan-Bolsman qonunini to‘liq ravishda tasdiqladi.
Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o‘rgandi.

4.7-Rasm. Absolyut qora jism nurlanishining 12,000 K, 9000 K va 6000 K tepmeraturalardagi intensivliklari taqsimotlari.

Foydalanilgan adabiyotlar
  • Усманов, Д. А., Умарова, М. О., Абдуллаева, Д. Т., & Рустамова, М. М. (2021). Исследование процесса очистки и хранения тонковолокнистого хлопка от сорных примесей. Бюллетень науки и практики, 7(3), 212-217.
  • Мадаминов, Ж. (2021). Бўлажак муҳандисларни лойиҳалаш компетенцияларини компьютер графикаси воситасида ривожлантириш методикасини такомиллаштириш. Общество и инновации, 2(8/S), 462-469.
  • Арзиев, С. С., & Тохиров, И. Х. Ў. (2021). ФАЗОВИЙ ФИКРЛАШНИНГ БЎЛАЖАК МУҲАНДИС ВА АРХИТЕКТОРЛАР ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИДА ТУТГАН ЎРНИ. Scientific progress, 2(2), 438-442.
  • Karimov, R. (2021). UNSIMETRIK PROGRESSIF STAMPING BILGI KÖPRIGINI PLANLASH. Ilmiy taraqqiyot , 2 (2), 616-623.
  • Dostonbek, V., Nizomiddin, J., & Jo'rabek, S. (2021). POLİMER MATERIALLARNI KESISH JARAYONINI TAJRIB VA NAZARIY O'rganishlar. Academicia Globe: Inderscience Research , 2 (05), 485-490.
  • Усманов, Д. А., Умарова, М. О., Абдуллаева, Д. Т., & Рустамова, М. М. (2021). Исследование процесса очистки и хранения тонковолокнистого хлопка от сорных примесей. Бюллетень науки и практики, 7(3), 212-217.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling