Фарьона давлат университети


I. v) talabalarning vazifalari


Download 398.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi398.4 Kb.
#1328645
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliyot kundaligi BT va STI

I. v) talabalarning vazifalari 
1. Talaba amaliyot davrida ichki mehnat intizomini buzsa, mazkur muassasa 
rahbariyati unga maomuriy chora ko‘radi va bu haqida universitet maomuriyatiga 
maolumot beradi. 
2. Amaliyotchi talaba o‘z vaqtida amaliyotni o‘tmasa, bir hafta muddatda 
sababsiz uzilish sodir etsa amaliyotdan va o‘qishdan chetlatiladi. Bunday talaba 
keyingi o‘quv yilida chetlangan kursiga shartnoma asosida o‘qishini tiklashi 
mumkin. 



3. Amaliyot rahbarlari tomonidan o‘quv, tarbiyaviy, jamoatchilik 
topshiriqlarini bajarmagan, tartib qoidani buzgan talabani amaliyotdan 
chetlashishga tavsiya berishi mumkin. 
4. Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd 
etish uchun kundalik yuritadi. 
5. Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirishi uchun beriladigan barcha hujjat, 
maolumot daftarlari talabada bo‘lishi zarur. Universitet maomuriyati va nazorat 
organlari tomonidan so‘ralganda ko‘rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab 
qilingan vaqtda ish daftari yo‘q bo‘lsa, o‘sha daftar yoki hujjat yuritilmagan deb 
hisoblanadi. 
6. Malakaviy amaliyotga borib-kelish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
qilish, har bir talabaning o‘z zimmasida bo‘ladi. 
II. Talaba agar pedagogik amaliyot o‘tsa;
a) u darsga kirishdan avval darsning reja-konspektini tuzadi, uni metodist va 
fan o‘qituvchisiga tasdiqlatib oladi. SHuningdek, tarbiyaviy ishlar dasturi, 
tarbiyaviy soat konspektini tayyorlab, pedagogik rahbar, sinf rahbari yoki 
tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor muoviniga tasdiqlatib oladi. 
b) har bir talaba kamida 3 ta ochiq dars o‘tishi shart va sheriklari olib borgan 
3 ta darsni tahlil etib, bayonnoma yozishi kerak; 
v) Amaliyotchi talaba ixtisosligi bo‘yicha va boshqa fan o‘qituvchilari, 
guruhdoshlarining darslarini uslubiyot rahbari tomonidan berilgan sxema bo‘yicha 
tahlil qiladi. Dars va tarbiyaviy soatlarning tahlili maxsus daftarlarida aks ettirib 
boriladi; 
g) talaba amaliyot davrida o‘qituvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini 
kuzatadi. O‘qituvchilarning yosh va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Sinf 
tarbiyaviy soatlarini, darslarning ayrim qismlarini mustaqil o‘tadi, ko‘rgazmali 
qurollar tayyorlaydi, fotomontajlar chiqaradi. To‘garak, fakultativ mashulotlar, 
tematik kechalar o‘tkazishda qatnashadi yoki uyushtiradi. Ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni tashkil etish, tarib etishda faol ishtirok etadi.
III. Amaliyot tugagach bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma 
xisobotga quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi.
a) kundalik daftar;
b) amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki yo‘nalishning 
xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan mahsulotlaridan namunalar; 
v) amaliyot o‘tagan muassasadan berilgan tavsifnoma. 
IV. Agar talaba amaliyotni maktab, kasb-hunar kolleji yoki akademik 
litseylarda o‘tkazsa quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi: 
a) taqvimiy reja; 
b) har bir o‘tgan darsi uchun dars konspekti; 
v) ochiq dars konspekti; 
g) o‘zaro tahlil qilish daftari; 
d) ota-onalar yoki o‘quvchilar bilan o‘tkazgan maoruzalarning yozma 
bayoni; 



e) amaliyotchi talabaga biriktirilgan sinf uchun tuzilgan ma’naviy ma’rifiy 
ishlar rejasi; 
yo) sinfdagi 2 ta o‘quvchiga psixologik tavsifnoma. 
Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrui bilan 
tasdiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baholanadi. 




Download 398.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling