Manbalar va adabiyotlar
Архив иши тўғрисида: Қонунчилик палатаси томонидан 2009 йил 3 ноябрда қабул қилинган; Сенат Кенгашида 2010 йил 7 майда маъқулланган. Ўзбекистон Республикасининг Қонуни // Халқ сўзи. 2010. 16 июнь.
Алимов И.А. Архившунослик. Ўқув қўлланма. Андижон, 2014.
Архивлар // Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1-жилд. Т., 2000.
Arxiv ishi va ish yuritish sohasi axborotnomasi: davriy nashr.
Арслонзода Р., Расулов М., Ҳамаев Н. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда архив иши // “Фарғона водийси тарихи янги тадқиқотларда” мавзусидаги учинчи республика илмий-назарий анжумани материаллари. Фарғона, 2014 йил 30 май – Фарғона, 2014.
Исакова М.С. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане. – Т.: Университет, 2017.
Усмонов А. Ўзбекистонда архив ишининг истиқболлари // Инфолиб: Ахборот-кутубхона ахборотномаси. 2017. № 1. Б. 54-55.
Internet saytlari.
5-mavzu:
O'zbekiston Respublikasining hozirdi zamon
arxiv tizimi
Reja:
1. Milliy va davlat arxivlari
2. Idoraviy arxivlar. Shaxsiy tarkib arxivlari
3. Nodavlat arxivlar. Shaxsiy (oilaviy) arxivlar
Tayanch iboralar: milliy arxivlar, davlat arxivlari, idoraviy arxivlar, shaxsiy tarkib arxivlari, nodavlat arxivlar, shaxsiy (oilaviy) arxivlar, shaхsiy kelib chiqish fоndlari.
Milliy va davlat arxivlari
Milliy istiqlol davrida O‘zbekiston arxiv tizimida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y berdi. 3 ta markaziy davlat arxivi (O‘zR MDA, O‘zR KFFH MDA, O‘zR ITTH MDA), QQR MDA, viloyatlar hamda Toshkent shahar davlat arxivlaridan iborat tizim saqlab qolingan holda, dastlab viloyat davlat arxivlari filiallarining soni ortib bordi. Masalan, sovet davrida Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida Farg‘ona viloyat davlat arxivining ikkita filiali bor edi. Mustaqillik davrida Quva, Rishton, Bag‘dod, Furqat, Yozyovon va So‘x tumanlarida yangi filiallar tashkil etilib, ularning soni 8 taga yetdi. Keyinchalik respublikamizda viloyat davlat arxivlari filiallari negizida yangi munitsipial arxivlar tashkil etildi. QQR MDA, viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlarining filiallari mustaqil shahar, tuman va tumanlararo davlat arxivlariga aylantirildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 103 ta davlat arxivi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 3 tasi milliy arxivlar, 100 tasi esa munitsipial (viloyat, shahar va tuman) arxivlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |