Farg’na iqdisodiy rayoni Reja
Download 21.36 Kb.
|
Farg2
Farg’na iqdisodiy rayoni Reja 1 Farg’ona iqdisodiy rayon kelib chiqishi 2 Farg’ona iqdisodiy kuchi 3 Farg’ona inavatsion muhit Iqtisodiy o‘rni va tabiiy boyliklari. Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Foydali qazilmalarning asosiy qismi tog‘larda to‘plangan. Tog‘ oralarida Shohimardon, Nanay, G‘ovasoy va Kosonsoy kabi xushmanzara vohalar bor. Bu yerlarda dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqa istirohat maskanlari barpo qilingan. Iqtisodiy rayonning eng past yeridan Sirdaryo oqib o‘tadi. Aholining ming yillardan beri obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanishi orqasida tuproq va o‘simlik dunyosi madaniylashgan. Uning hududida neft, gaz, oltingugurt, qalayi, oltin, o‘tga chidamli gil, turli xil binokorlik materiallari, shifobaxsh suvlar topilgan. Konlarni ishga solish qulay. Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davrlarda qishloq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik barq urib rivojlangan. XIX asrda dastlabki temiryo‘l qurildi. Mustaqillik yillari esa iqtisodiy rayonni mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi «Angren–Pop» temiryo‘li qurildi. Bular uning iqtisodiy geografik o‘rnini jiddiy yaxshiladi. Aholisi. Rayon aholisining soni, zichligi va ishchi kuchlarining salmog‘i jihatidan mamlakatimiz iqtisodiy rayonlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Aholining tez ko‘payayotgani va yangi o‘zlashtiriladigan maydonlarning cheklanganligidan ishchi kuchi ortiqchaligi kuchayib bormoqda. Buni bartaraf etish uchun ijtimoiy soha korxonalarini ko‘paytirish, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish zarur. Bu yerda yirik shahar va shaharchalar, qishloqlar ko‘p. Ishchi kuchlari tarkibida malakali kadrlar salmog‘i boshqa rayonlardagiga nisbatan ko‘p. Aholi Markaziy Farg‘onada ham nisbatan siyrak joylashgan. Rayonda urbanizatsiya darajasi yuqori, aholining 58 foizi shaharlarda yashaydi. Xo‘jaligi va uning hududiy tashkil etilishi. Farg‘ona hududiy ishlab chiqarish majmuyi yuqori darajada mukammallashgan. U o‘tgan asr boshlarida
Qishloq xo‘jaligi boshqa rayonlardagidan yuksak intensivligi bilan ajralib turadi. Rayon mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning deyarli 25 foizini bermoqda. Tog‘ oralari va yonbag‘irlari texnikadan foydalanishni cheklaydi. Shuning uchun bu yerlarda mevali daraxtlar o‘stiriladi. Shaharlar atrofida mevazor va uzumzorlar, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ayniqsa keng tarqalgan. Chorvachilik, asosan, sut-go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan. Rayon mamlakatning pillachilik bazalaridan biridir. Rayon O‘zbekistonda yetishtiriladigan pillaning 45 foiziga yaqinini beradi. Sanoati. Mustaqillik davrida foydali qazilmalar va qishloq xo‘jalik xomashyosi negizida ko‘plab yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Rayon yoqilg‘i-energetika majmuyining o‘z boyliklari salmog‘i kichik. Gaz boshqa iqtisodiy rayonlardan keltiriladi. Quvasoy IEM, Farg‘ona, Andijon va Namangan IEMlari, Shahrixon hamda Namangansoy gidroelektrostansiyalari butkul rayon uchun ishlasada, lekin rayonning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Мazkur masalani yеchimi sifatida quvvati 900 mеgavatt bo‘lgan Тo‘raqo‘rg‘оn IES barpо etish rеjalashtirilmоqda. Bu ulkan inshооtning ishga tushirilishi Farg‘оna iqtisоdiy rayоnining elеktr enеrgiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash imkоniyatini bеribgina qоlmasdan rayоnning istiqbоldagi rivоjida katta o‘rin tutadi. Asaka, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona mashinasozlikning yirik markazlari hisoblanadi. Farg‘ona HICHMda qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Quvasoy sement zavodi, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida uysozlik kombinatlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi ishlab turibdi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari asosiy ixtisos sohalari sanaladi. Rayon charm poyabzallari, o‘simlik moyi ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatdagi boshqa iqtisodiy rayonlardan oldindadir. Transporti. Rayon temiryo‘l, avtomobil va havo transporti bilan yetarli darajada ta’minlangan. Temiryo‘l vodiy bo‘ylab halqa shaklida o‘tkazilgan. Rayonning temiryo‘l bilan ta’minlanish darajasi mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2 marta yuqori turadi. Rayon boshqa iqtisodiy rayonlar bilan Tojikiston hududidagi «Xo‘jand darvozasi»dan o‘tgan temir va avtomobil yo‘llari hamda Qamchiq dovoni orqali o‘tgan Angren–Pop temir yo‘li va Toshkent–Angren–Qo‘qon avtomobil yo‘li orqali bog‘langan. Rayon doirasida avtomobil transporti, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyati. Rayon chetga paxta tolasi va paxta yog‘i, quritilgan meva, konservalar, ip-gazlamalar, mashinalar, mineral o‘g‘itlar, sement, shifer, chinni hamda sopol buyumlar va boshqa mahsulotlar chiqaradi. Rayonga ko‘mir, g‘alla, yog‘och-taxta, mineral o‘g‘it, to‘qimachilik mahsulotlari, mashinalar, asbob-uskunalar hamda madaniy mollar keltiriladi. Iqtisodiy geografik rayonning ma’muriy viloyatlari hududiy-ishlab chiqarish majmualari, xo‘jalik tarmoqlari hamda tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlar jihatidan bir-biridan farq qiladi. QTISODIY RAYON, iqtisodiygeografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan i. ch. ga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-i. ch. maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu r-nning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayon dagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim r-nlar i. ch. ning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, r-n doirasida va r-nlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayon larga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot intida 60-y. lar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan. Keyinchalik, 80-y. lar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot in-ti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texni-ka progressining kompleks dasturini ishlab chiqish b-n bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi. Dastlab, 60-y. lar oʻrtalarida respublika hududi 5 I. r. ga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y. lar oxiri – 90-y. lar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 I. r. ga boʻlindi (xarita-sxemaga q.). Bu r-nlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan. Toshkent I. r. (tarkibida Toshkent viloyati va Toshkent sh.) iqtisodiy rivojlanish darajasining nisbatan yuqoriligi, mineral xom ashyo resurslariga boyligi, aholining zich joylashganligi, qulay iqtisodiy-geogra-fik holati (Markaziy Osiyoga va undan Rossiyaga chiqadigan transport yoʻlagi), poytaxt mintaqasi maqomi bilan ajralib turadi. Q. x. sertarmoq (pax-tachilik, donchilik, kanopchilik, pil-lachilik, shahar atrofi bogʻdorchiligi, sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi va b.) va rivojlangan. Mamlakatdagi yetakchi industrial r-n. Sanoatning rivojlanish darajasi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2-marta yuqori turadi. Undiruvchi sanoat tarmoklari bilan bir qatorda ishlov beruvchi sanoat tarmoklari ham ustunlik qiladi. Bu I. r. sanoat majmuida Oʻzbekistondagi mashina va uskuna-jihozlarning 70% ni ishlab chiqaradigan mashinasozlik majmui yetakchi oʻrinda turadi (q. x. mashinasozligi, toʻqimachilik mashina-sozligi, elektrotexnika), mamlakatda qora va rangli metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekiston metallurgiya ktida tayyor qora metallar prokati — 100%, Olmaliq kon-metallurgiya ktida mis va ruxning asosiy kis-mi, koʻmir qazib chiqarish (96,6%), asosiy kimyo va organik sintez kimyoviy mahsulotlari (mineral oʻgʻitlarning 39,4%, xom ashyo etil spirtining 36,2%), koʻpgina qurilish materiallari va konstruksiyalari (sementning 40%, shiferning 58,6%, linoleumning 100%, deraza oynasining 23,8%) ishlab chiqariladi. R-n qudratli qurilish bazasi, qalin transport tarmogʻiga ega, mamlakatning ilmiy, loyiha va konstruktorlik potensiali, kadrlar tayyorlash boʻyicha muas-sasalarning asosiy qismi shu r-nda joylashgan. Jizzax — Sirdaryo I. r. (tarkibida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari) yaqin oʻtmishda Toshkent Iqtisodiy rayonning chekka semiki tashkil qilar edi. Keyinchalik mustaqil Iqtisodiy rayonga ajratilgan. Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish munosabati bilan bu r-n jadal rivojlandi va muayyan xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻldi. Mamlakatda paxta yetishti-ruvchi yirik r-n hisoblanadi (yalpi hosilning 25%). R-n sanoati shakllanish bosqichida, uning tuzilmasida paxta tozalash sanoati va issiqlik energetikasi (keltiriladigan gaz hisobiga) ning hissasi katta. Jizzax choʻlini yanada oʻzlashtirish r-n rivojining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Sanoat-fuqarolik qurilishi uchun yer resurslarining koʻpligi, qulay iqtisodiy-geografik va transport sharoitlari, Toshkent, Fargʻona, SamarqandQashqadaryo Iqtisodiy rayon lariga qoʻshniligi bu yerda ishlov beruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish, aholini zich joylashgan hududlardan koʻchirib keltirish, istiqbolda erkin iqtisodiy zona barpo etish imkoni-yatlarini beradi. Fargʻona I. r. (tarkibida Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari)da yersuv va mineral xom ashyo resurelari gʻoyat cheklangan, lekin mehnat resurslariga gʻoyat boy — Oʻzbekistonda aholi eng zich joylashgan hudud. R-nni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi mavjud q,x. resurelari xom ashyosi (paxta, meva, sabzavot, pilla)ga moʻljallangan mehnattalab i. ch. tuzilmasini barpo etishdan iborat. Q. x., asosan, pax-tachilikka ixtisoslashgan (yalpi paxta hosilining 26%). R-nda ipakchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash (Ol-tiariq, Fargʻona), butun Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan «OʻzDEU avto» qoʻshma korxonasi (Asaka sh.) muhim ahamiyatga ega. Samarkand — Qashqadaryo I. r. (tarkibida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari) mamlakatning markaziy qismini ishgʻol qiladi. Uning hududidagi togʻli va togʻ oldi adirliklarida qad. lalmikor dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan (jami lalmikor yerlarining 1/3 qismi shu r-nga toʻgʻri keladi), ilgari qorakoʻl qoʻylari boqilgan choʻl zonasida paxtachilik jadal rivojlanmoqda. R-n qattiq bugʻdoy navlari, zigʻir, beda kabi ekinlar, uzum, mayiz, mevalar, ertagi sabzavotlar yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylanadi. R-n tarkibida Qarshi choʻlini oʻzlashtirish negizida ingichka tolali paxtachilik bazasi boʻlib qoladigan Qashqadaryo hududiy-ishlab chiqarish majmui shakllanmoqda. R-nda gaz (Shoʻrtan gaz majmui, Muborak gazni qayta ishlash z-di), kimyo sanoati, mashinasozlik, metallga ishlov berish kabi sanoat tarmoklari jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekistonda qazib olinadigan neftning 95%, tabiiy gazning 95,8% shu r-nga toʻgʻri keladi. Buxoro — Navoiy I. r. (tarkibida Buxoro va Navoiy viloyatlari) Qizilqum choʻlida joylashgan, R-n, asosan, gaz, neft, rangli va qimmatbaho me-tallar, qurilish materiallari uchun xom ashyo va b. mineral zaxiralarni qazib olish negizida rivojlanmoqda. Navoiy konmetallurgiya k-ti, Navoiy, Zarafshon (Muruntov), Uchquduq, Tasqazgʻan, Gazli sanoat bogʻlamlarida oltin qazib olish sanoati, rangli metallurgiya, kimyo (mineral oʻgʻitlarning ), gaz, qurilish materiallari (sementning 40,3%) sanoati korxonalari respublika iqtisodiyotida salmoqli oʻringa ega. Q. x. da paxtachilik, qora-koʻlchilik va r-n ichki ehtiyojlarini qondiradigan meva-sabzavotchilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Amu-Buxoro mashina kapali bilan sugʻorish imko-niyatlari bu r-nda sugʻorma dehqonchilikni rivojlantirishni cheklaydi. Quyi Amudaryo I. r. (tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) qad. sugʻorma dehqonchilik mintaqasida joylashgan. R-nda, ayniqsa, Ustyurtda 200 dan ortiq foydali qazilmalar konlari (tabiiy gaz, temir rudasi, fosforitlar, osh tuzi va b.) topilgan, Bu hududda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik, polizchilik (Xorazm qovunlari), urugʻlik beda, sabzavotchilik rivojlanadi. Boy mineral xom ashyo resurslaridan kompleks foydalanish asosida yaqin istiqbolda 2 sanoat rni va bir kator sanoat bogʻlamlari paydo boʻladi. Orol dengizining qurib borishi va Orol boʻyining saxroga aylanishi ja-rayonlari bilan bogʻliq holda vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hududni rivojlantirish istiqbollarini qoʻshni Turkmanistonning Toshhovuz viloyati bilan muvofiklashtirilgan holda hal etishni talab etadi. Surxondaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Surxondaryo viloyati) Oʻzbekistonning eng jan. qismini ishgol etadi. R-nning oʻziga xos geografik holati (deyarli qamma tomoni togʻlar bilan oʻralgan) uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. R-n iqlimi subtropiklarga yaqin boʻlgani sababli r-n ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, ertagi sab-zavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati koʻmir (Shargʻun toshkoʻmir koni), neft va gaz kazib olish (mahalliy isteʼmol uchun) asosida rivojlangan. Surxon-Sherobod choʻlida yangi yerlarni oʻzlashtirish asosida bu hududda ingichka tolali paxtachilik, eksport yoʻnalishidagi subtropik mevachilik va ertagi sabzavotchilik rivoj topadi. aniqlangan foydali qazilmalar konlari ni oʻzlashtirish bu hududda kon sanoatini va rangli metallurgiyani rivojlantirish imkoniyatlarini yara-tadi: Xodiza, Shargʻun — Sariosiyo (rangli metallar, koʻmir, qurilish materiallari), Boysun (toshkoʻmir, tabiiy gaz, qurilish materiallari) sanoat uzellari shakllanadi. Termiz sh. da va tuman markazlarida, asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanadi. Download 21.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling