Farg’ona davlat universisteti iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 1 – bosqich 20. 24 – guruh talabasi Pirnazarov Oybekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan


Download 94.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi94.76 Kb.
#209023
1   2   3   4   5   6
Sun'iy monopoliyalar

 - bu monopolistik foyda olish maqsadida tashkil etilgan korxonalar uyushmalari. 

Ushbu monopoliyalar ataylab bozor tarkibini o'zgartiradi.

Xalqaro monopoliya

 - foydani ko'paytirish maqsadida jahon kapitalistik iqtisodiyotining bir yoki bir nechta 

sohalarida ustunlikni o'rnatgan chet elda aktivlarga ega bo'lgan xususiy, yirik kapitalistik firmalar yoki turli 

millatlardagi firmalarning birlashmalari.




3. Monopoliyaning ijtimoiy oqibatlari 

Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab 

chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy 

darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat 

sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.



Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi 

hamda yuqori foyda olinishi bilan bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib 

keladi.

 Iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning 

raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining 

bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning 

samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, fan-texnika 

taraqqiyotini rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatkardan qaytaradi.

Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga 

to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mehnatiga 

pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, sifati oast tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki 

pasaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi 

shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin.



Xulosa 

Xulosa qilib aytganda Monopoliya faqatgina monopolistlargagina foydali bo’lishi mumkin 

ekan uning jamiyatga , iqtisodiyotga keltiradigan zararlari uning foydali taraflariga 

qaraganda anchagina kattaroq va ta’sirliroq ekan, buning isbotini esa ba’zi mutaxasislarning 

monopoliya to’g’risidagi fikrlarida ko’rishimiz mumkin.

Arnold Xarberger fikriga ko’ra bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat 

boyliklarining bir qismini qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi



Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini 



ta’kidlaydi.



Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun 



qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar odatda 

iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining 

kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan.

  

Download 94.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling