Farg‘ona davlat universiteti 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Abdullayeva Hilolaning
Download 10.84 Kb.
|
J.Obidov taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: Far.PI. MS va MSM kafedrasi v.v.b., dotsenti, p.f.b.f.d.(PhD) J.G‘.Obidov.
Farg‘ona davlat universiteti 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Abdullayeva Hilolaning “Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish nazariyasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga tashqi TAQRIZ Zamonaviy oliy ta’limda nafaqat o‘qitish usullari va vositalariga, balki pozitsiyalarga ham tegishli doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.Yangi kasblar va pedagogik mutaxasisliklar joriy etilmoqda. Bugungi kunda o‘quv jarayoni ta’limni individuallashtirishga intiladi. Ushbu tendensiyaga munosabat tyutorlikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Respublika oliy ta’lim muassasalarida “tyutorlik” faoliyatini joriy qilinishi ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda xizmat qiladi. Magistrant Abdullayeva Hilolaning “Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish nazariyasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi aynan yuqoridagi muammoga qaratilgan. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tarkib topgan. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi “Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakillantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan bo‘lib, bu bobda ”tyutorlik” va ” tyutorlik faoliyati” tushunchalarining psixologik-pedagogik jihatdan talqini hamda xorij psixologiyasi va pedagogikada o‘rganilganlik holatiga doir fikrlar, O‘zbekistonda tyutorlik faoliyatini shakillanishi, uning xuquqiy me’yoriy asoslari va uning o‘ziga xos hususiyatlari yoritib berilgan. “Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakillantirishning pedagogik shart sharoitlari” deb nomlangan ikkinchi bobida tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishning zarurati ta’lim muassasalarida tyutor-o‘qituvchilar uchun tashkil etiladigan turli tadbirlar, konferensiyalar, pedagogik-psixologik trening, vebinarlarda tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar tashkil etilishini muvofiqlashtirish, tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish kasbiy-ijodiy faoliyatga jalb etish bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilishi, uning birinchi bosqichida turli xildagi seminar, vebinar mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya mazmunini bayon etish; ikkinchi bosqichda ta’lim-tarbiya mazmunini asosida belgilangan muammoni xal etish yuzasidan ishlash, izlanish, ta’lim–tarbiya jarayonini modellashtirish va maqbul variantini tanlash; uchinchi bosqichda esa birinchi va ikkinchi bosqichlarda to‘plagan tajribalar asosida faoliyatga yo‘naltirishi haqida yoritilgan. Ishning uchinchi bobi “ Tajriba- sinov ishlarining tahlili va samaradorligi” deb nomlanib, tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish muammosini tadqiq etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarining yo‘lga qo‘yilishi va tajriba-sinov ishlari jarayonining borishi xususida yoritilgan. Dessertatsiya yuzasidan xalqaro konferensiyada 1ta , respublika ilmiy-amaliy konferensiyada, respublika ilmiy jurnali 1 ta, respublika ilmiy maqolalar to‘plami 3ta . Magistrant Abdullayeva Hilolaning “Tyutorlik faoliyatini tashkiliy metodik jihatdan shakllantirish nazariyasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi tugallangan ish bo‘lib, sodda tushunarli tilda bayon etilgan, nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob beradi. Ishni himoyaga tavsiya etish mumkin. Taqrizchi: Far.PI. MS va MSM kafedrasi v.v.b., dotsenti, p.f.b.f.d.(PhD) J.G‘.Obidov. Download 10.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling