Farg‘ona davlat universiteti 70310901 – Psixologiya (faoliyat turlari) magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabasi Kenjayeva Dilnoza Sadirdinovnaning “O’sprinlarda


Download 43 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1595104
1   2   3
Bog'liq
01 TAQRIZ KENJAEVA

tadqiqot obyekti sifatida Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani 20-maktab 8-inf o’quvchilarining 88 nafari tanlab olindi. O’sprinlarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishda tengdoshlarining iijtimoiy-psixologik ta’sirini psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni ishning predmeti sanaladi.
Taqriz etilayotgan dissertatsiya ishi “Kirish”, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Uning umumiy hajmi ___ sahifani tashkil etadi. Ishda matn mazmunini to‘ldiruvchi 8 ta jadval va 4 ta diagramma keltirilgan.
Magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablarga amal qilgan holda, tadqiqot mavzuining dolzarbligi, mavzu doirasida muammoning o‘rganilganlik darajasi, ishning maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot metodlari, tadqiqotning asosiy ilmiy yangiliklari, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati hamda nashr etilgan ishlari va dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi haqida aniq ma’lumotlarni keltirgan.
Dissertatsiya ishining “Kirish” qismida magistrant tomonidan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablarga amal qilingan holda, magistrlik dissertatsiyasi mvzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obekti va predmeti, maqsad va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalasi va farazlari, tadqiqot mavzu bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda qollanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati hamda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy tuzilmasining tavsifi to‘liq yoritib berilgan.
Magistrlik disseratsiyasining birinchi bobi “Qadimgi va o’rta asrlarda G’arb va Sharqda qadriyatlar xamda milliy psixologik xususiyatlarni o’rganilishi” deb nomlangan. Mazkur bobda qadimgi va o’rta asrda qadriyatlar masalasi, unga yondashuvlar va uni o’rganilishi, Markaziy Osiyoda qadriyatlar to’g’risidagi qarashlar nazariy tahlil qilingan.
Dissertasiya ishining ikkinchi bobi “O‘sprinlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirishning ijtimoiy shart sharoitlari’ deb nomlangan. Bunda o‘sprinlik davrining psixologik xususiyatlari, o’sprinlik yoshida etnik o'ziga xoslikni shakllantirish xususiyatlari, etnik o'ziga xoslikni shakllantirishga ta'sir qiluvchi omillar va etnik identifikatsiyaning mohiyati ochib berilgan.
Tadqiqot ishining “O’smirlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirishning ijtimoiy shart sharoitlarini tadqiqot dasturi” deb nomlangan uchinchi bobi tadqiqotning barcha natijalarini o'zida mujassamlashtirgan asosiy qismi sanaladi. unda dastlab, guruhda psixologik trening davomida shaxsning qadriyatri tizimini o’rganishning empirik qismida M.Rokichning “Qadyatlar yo’llanishi” testi va D.A.Leontiev tomonidan “Mazmunli hayot yo'nalishlari” testi (MHY) kabi metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar Microsoft Office Excel va SPSS Statistics dasturlaridan foydalanib aniqlandi, ularning ishonchlilik darajasi matematik statistik usullardan orqali o'rta arifmetik qiymat, standart og’ish o’rganildi hamda St’yudent t-mezoni metodlari orqali tasdiqlandi,
Dissertasiyaning xulosa qismida tadqiqot natijalari umumlashtirilib, o’smirlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirishning ijtimoiy shart sharoitlarini takomillashtirishga doir asosiy xulosalar, ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar yoritib berilgan.
Dissertatsiya ishi yakunida olingan ilmiy natijalarga tayangan holda, magistrant D.Kenjayeva tomonidan bajarilgan dissertatsiya ishining asosiy
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling