Farg’ona davlat universiteti chet tillari fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi
Download 181.31 Kb.
|
iroda taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Satires by Thomas Wyeth
- Umarova Irodaning “Satires by Thomas Wyeth’
- Taqrizchi: U.Yuldashev 23-sonli maktab O‘IB direktor o‘rinbosari
Farg’ona davlat universiteti chet tillari fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 19.101.D –guruh talabasi Umarova Irodaning “Satires by Thomas Wyeth’ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga TAQRIZ 2020 yil 20 oktabrda imzolangan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmon vazirligimiz tasarrufidagi tashkilot va muassasalarga yangi davrni boshlab berdi. Farmonda davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, davlat tilini o‘qitishning samarali mexanizmlarini qo‘llash, til sofligini saqlash, uni boyitib borish, nutq madaniyatini oshirish, ilm-fanda o‘zbek tilining taʼsir doirasini kuchaytirishini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalariga integratsiyalashuv jarayonini taʼminlash, Davlat tiliga doir qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish, davlat tilini chuqur o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bunda o’zbek tilini ingliz tili bilan chog’ishtirgan holda tadqiqot olib borish ahamiyatlidir. Shu asnoda talabaning “Satires by Thomas Wyeth ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Thomas Wyethning “Mine John Poyntz” harakterini o'rganishga bagʻishlanadi. Talaba bitiruv malakaviy ishini yozishda bir qator olimlarning diplom ishiga doir adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqdi va ularning tahlili asosida mavzining ilmiy ahamiyatini asosli ravishda yoritib berdi. O’zining mustaqil fikrlarini, tavsiya va xulosalarini bergan. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uni o’rganilish darajasi, mavzuni o’rganish predmeti va obyekti, maqsadi va bu maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar, ishning metodologik asosi, uning nazariy va amaliy jihatdan muhimligi keng yoritilgan. Birinchi bobda Romantik davr yozuvchilari va ularning asarlaridagi asosiy mavzu haqida bayon qilingan boʻlib, asarda bir qator mashhur shaxslarning xususan larning fikrlariga izoh keltirilgan. Ikkinchi bob Thomas Wyethning “Mine John Poyntz” harakterini o'rganishga bagʻishlanadi. Yozuvchining bu asarlarida asosan insonlarning bir biriga boʻlgan munosabatlari bildirilgan. Umarova Irodaning “Satires by Thomas Wyeth’mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini o’rganib chiqdim va unda maqsadga erishilgan deb hisoblayman. Ish ilmiy tilda yozilgan bo’lib, rejalar asosida to’liq bayon etilgan, o’zini ijobiy yechimini topgan deb bilaman va uni himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi: U.Yuldashev 23-sonli maktab O‘IB direktor o‘rinbosari Download 181.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling