Farg‘ona davlat universiteti dotsenti(DSc) Siddiqov Ilyosjon Baxromovichdan katta o‘qituvchi (PhD) Baxtiyor Mirzarahimov Xoshimovichga Fulbright visiting scholar 2024-2025 loyihasida qatnashish uchun Tavsiyanoma


Download 4.63 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi4.63 Kb.
#1800109
Bog'liq
I.Siddiqov Recomendation


Farg‘ona davlat universiteti dotsenti(DSc) Siddiqov Ilyosjon Baxromovichdan katta o‘qituvchi (PhD) Baxtiyor Mirzarahimov Xoshimovichga Fulbright visiting scholar 2024-2025 loyihasida qatnashish uchun
Tavsiyanoma
Men Farg‘ona davlat universiteti Falsafa kafedrasi dotsenti Ilyosjon Siddiqov Baxromovich Baxtiyor Mirzarahimov Xoshimovichni bakalavrda o‘qib yurgan vaqtlardan (2007-2011-yillar)beri taniman. Baxtiyor Mirzaraximov talabalik davrida ancha tirishqoq va bilimli ekanligi bilan boshqa talabalardan ajralib turar edi. B.Mirzarahimov o‘zini sohasiga juda qiziqadi, Shu bilan birgalikda falsafa fanini qattiq qiziqish bilan o‘qir edi. B.Mirzarahimov Magistraturada o‘qib yurgan vaqtlarida (2012-2014-yillar) ham falsafa faniga juda qiziqdi va magistrlik dissertatsiyasi ham falsafaga oid. Magistraturani muvaffaqiyatli himoya qilgach falsafa kafedrasida kotib bo‘lib ishladi va juda katta tajriba ortirdi. Baxtiyor Mirzaraximov kreativlik bilan fikrlagani sababli Iqtisodiyot sohasi bo‘lgan Turizmni falsafiy tomonlari bo‘yicha ilmiy dissertatsiya himoya qildi. Dissertatsiya mavzusi ”O‘zbekistonda turizm madaniyatini rivojlantirishning ijtimoy-falsafiy omillari” deb nomlanadi. B.Mirzarahimov 2021-yil avgust oyida dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi. U dissertatsiya mavzusiga oid bir nechta konferensiyalarda ma‘ruzalari bilan qatnashdi shuningdek Respublika va xorij jurnallarida ilmiy mulohazali maqolalar nashr ettirdi. 2022 -yilda o‘zining “O‘zbek turizm madniyati fenomeni” nomli monografiyasini nashr ettirdi. 2023-yilda mehmonxona faoliyatini boshqarish va tashkil etish yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy etika” darsligini nashrdan ettirdi. B.Mirzarahimov ingliz tilini mukammal o‘rganishga xarakat qilmoqda va sertifikatlarga ega. Fulbright visiting scholar 2024-2025 dasturida ilmiy tadqiqot ishini yana davom ettirmoqchi. Shuningdek, turizm va kasbiy etika fanlari bo‘yicha bakalavriyatning barcha yo‘nalishlariga darslik va o‘quv qo‘llanma nashr etishni rejalashtirgan. B.Mirzarahimovning olib borayotgan tadqiqot ishlari falsafa va o‘quv dasturlarda tubdan yangilik xisoblanadi. Men Baxtiyor Mirzarahimov Xoshimovichni Fulbright visiting scholar 2024-2025 dasturida ishtirok etishiga tavsiya beraman.

Farg‘ona davlat universiteti


falsafa kafedrasi dotsenti, (DSc) I.B.Siddiqov
Download 4.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling