Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti “O’zbek tili ” yo’nalishi “Adabiyotshunoslik nazariyasi”
II bob. Mirkarim Osim asarlarida sayyor syujetar
Download 417.09 Kb.
|
Azimova Nozimaxon Adabiyotshunoslik kurs ishi.
II bob. Mirkarim Osim asarlarida sayyor syujetar:
2.1. “To’maris” qissasida sayyor syujet bayoni, syujet qurilishi . “ Cho’l bahor kelinchagi oyoq ostiga chechaklar bilan bezalgan yashil poyandozni yoyib tashlagan. To’rg’aylar xavoda pirillab ko’klamga madhiya o’qimoqda. Rango-rang kapalaklar chechaklarning xushbo’y hididan ast. Allaqanday uzun oyoqli qushlar o’tlar orasida dumlarini likillatib, katta-katta bosib yuradi, toshbaqalar burishib ketgan xunuk o’yinlarini o’tlarga cho’zadi, qo’ng’izlar esa orqalariga qarab yurib, tezakdan yasagan qumaloqlarini allaqayoqqa yumalatadi. Qizg’ish-qo’ng’ir bir ilon o’t orasidan o’rmalab kelib, atrofni tomosha qilayotgandek qaqqayib qolgan yumronqoziqqa tashlanadi, qushlarga o’xshab chirqillab turgan kaltakesaklar qo’rqib ketib oyoqlari bilan qumloq yerni ikki yonlariga chiqarib, tuproq ostiga yashirishadi. Ba’zan ovullar yaqinidan ko’kraklari oppoq sayg’oqlar gala gala bo’lib chopib o’tadi, yer gumburlab ketadi…” Ona tabiatning go’zal, sokin, boy bir parchasini ko’z o’ngizgizda namoyon etgan ushbu manzara siz yaxshi bilgan hozirgi dashtu cho’llar tasviri emas, balki bundan minglab yillar oldin yashab, Vatanning har siqim tuprog’i uchun jonini fido qilgan o’tmish ajdodlarimiz – To’maris boshliq massagetlar yurtining jonli kartinasidir. Atoqli tarixnavis adib Mirkarim Osim uzoq o’tmishimizni, hozirgi dorilomon kunlarimizni, ertangi istiqbolimizni ana shunday sof, beg’ubor ko’rishni orzu qilar, zamonlar orasidagi vorisiylik, progressive an’analarni hamma davrlarda ham insoniyatning eng asosiy muammosi bo’lgan Tinchlikda, tabiat va jamiyat o’rtasidagi uzviy birlikda, xalqlar o’rtasidagi do’stlikda deb bilardi. Mirkarim Osimni xalqimizning bir necha avlodi yaxshi taniydi. Uning asarlaridan eng yaxshilari qariyb yarim asrdan buyon o’rta maktab darsliklaridan o’rin olib, yangi yangi avlodlar bilan ona tariximiz, boy o’tmishimiz, nurga, ziyoga intilgan vatanparvar ajdodlarimiz o’rtasida mustahkam ko’prik bo’lib, tarix bilan hozirgi kunlarimizni bog’lab turibdi. Bu asarlar xalqimizning ming ming yillar davomida shakllangan an’analari, urf-odatlari, ilg’or udumlarini ko’zga ko’rinmas nozik ip bilan bugungi sotsialistik voqeligimizga, kommunistik ideallarimizga tutashtirib kelmoqda. Yoshlarimizda vatanga muhabbat, ilm-fan, madaniyat tarixiga hurmat, adolatsizlik, bosqinchilik, shovinistik qarashlarga nafrat, dunyoda mustahkam tinchlik uchun kurash, gumanizm hissini tarbiyalab, kamol toptirishga xizmat qilmoqda. O’zbek sovet adabiyotining to’ng’ich avlodiga mansub Mirkarim Osim 1907-yilda Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. U o’z tengdoshlari Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhorlar singari inqilobdan ilgarigi eski maktab ta’limini olgan, arab, fors, turkiy tillarni mukammal bilgan, ayni paytda sovet maktabi hamda oliy o’quv yurtlarida tahsil ko’rgan ijodkorlardan biri. Bo’lajak adib Toshkentda sovet hokimyati o’rnatilgach, 1918-yildan boshlab shaharning Langar mahallasidagi “Shams ul urfon” nomli boshlang’ich maktabda o’qidi. Uni 1921-yili tugatib, Alisher Navoiy nomidagi respublika pedagogoka bilim yurtigao’qishga kirdi. Bu bilim yurti o’z paytida eng ilg’or ilm o’choqlaridan hisoblanardi. Keyinchalik respublikamizda nom qozongan taniqli olimlar Hamid Sulaymon, Tesha Zohidov, G’ulom Karimov singarilar shu bilim yurtida ta’lim oldi. Mirkarim Osim bu o’quv yurtida do’stlari Oybek, Homil Yoqubovlar bilan birgalikda adabiyot-san’at sirlarini o’rgandi. U texnikumni tugatgach, 1926-yilda V. I. Lenin nomidagi Moskva Davlat pedagogika institutining tarix-iqtisodiyot fakultetida o’qib, uni 1930-yilda muvaffaqiyat bilan tugalladi. Ana shu o’qish, izlanish yillari birinchi Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tarixini, jahon xalqlari tarixini katta qunt va sabot bilan o’rgandi. Moskvada 5 yil ta’lim olib qaytgan yosh mutaxassis Samarqand shahridagi O’qituvchilar tayyorlov kursida dars bera boshladi. 1932-yildan O’zbekistyon SSSR Maorif Xalq Komissarligida, so’ng pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida ishladi. 1940-yildan adibning tarixiy hikoya va qissalari birin-ketin chop etila boshladi. Aksariyati ulug’ muatafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan “Astrobod”, “Navoiy va Darveshali”, “Badarg’a”, “Navoiyning xislatlari’’, “Shoirning yoshligi”, “Ulug’bek va Navoiy” singari hikoyalar va kichik qissalardir. Adibning bu qissa va hikoyalarida buyuk gumanist Alisher Navoiyning badiiy obrazi o’zbek adabiyotida 1-marta epik planda aks ettirilgan edi. Mirkarim Osim shu tariqa adabiyotda o’zining qat’iy ijodiy yo’lini topib oldi. Adib o’z ilmiy-badiiy iste’dodini yillar osha orttirib brogan boy tajribasini ona tariximizni badiiy qayta jonlantirish vositasida yosh avlodni Vatanga muhabat, Xalqlar o’rtasidagi do’stlik va internatsionalizm, sotsialistik gumanizm ruhida tarbiyalashga bag’ishladi. Bu yo’lda uning do’sti ustoz Oybek adibga madadkor bo’ldi. Tarixiy mavzuni zamonga xizmat qildirish Mirkarim Osimning bir umrlik hamrohi hayotining mazmuni bo’lib qoldi. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin: Tariximizning qadimgi davrlari haqidagi hikoyalar. (Makedoniyalik Iskandar, so’ngra arab xalifaligining, keyinroq eroniy shohlarning O’rta Osiyoga yurishlari haqidagi asarlar). O’rta asrlar tarixidan hikoya qiluvchi asarlar. ( Mo’g’ullar istilosi va buyuk fan, madaniyat arboblari haqidagi biografik qissa, hikoyalar.) XVIII asrdan to ulug’ Oktabr sotsialistik revolutsiyasigacha bo’lgan davr tarixiy hayotini aks ettirgan asarlar turkumi. Mazkur “|Saylanma”ga kirgan qissalar ana shu prinsip asosida to’planib nashrga tayyorlandi. Ayni paytda Mirkarim Osim asarlarini 3 katta tematik yo’nalish bo’yicha tahlil qilish baholash mumkiin. Bular : Tarixiy qahramonlik mavzuyidagi asarlar. Tarixiy inqilobiy mavzudagi asarlar. Tarixiy biografik asarlar. Adib yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida anashu 3 davr va 3 tematik yo’nalish bo’yicha faol mehnat qildi. Bu yo’lda qadim ajdodlarimizning Vatanimiz tuprog’iga bostirib kirgan chet ellik bosqinchilarga qarshi olib brogan qahramonona kurashlari, o’tmish ilm-fan, madaniyatimiz yulduzlarining jahon madaniyati xazinasiga qo’shgan beqiyos hissalari, o’zbek xalqining 2 tomonlama zulm istibdoddan tinkasi qurib, adolatsizlikka qarshi isyonga otlanib, revolyutsion rus xalqi, buyuk inqilob sari tashlagan xal qiluvchi odimlari ushbu asarlarning bosh mavzuyini belgilab berdi. Bu asarlar orasida adibning “O’tror” qissasi alohida o’rin tutadi. “Mirkarim Osimning ijodiy usuli, - deb yozadi taniqli adabiyotshunos olim N. Mallayev “Zulmat ichra nur” asari to’g’risida, - boshqa mualliflardan katta farq qiladi. Mirkarim Osim hikoya va latifalarni (xalq yoki Navoiyning zamondoshlari tomonidan u haqida yaratilgan hikoya yo latifalar deyilmoqchi. – M.S.) yirikroq badiiy asarning tarkibiga yubormaydi, balki har bir hikoya yoki latifa asosida… voqeiy hikoyalar yaratadi. Bularnning har biri Alisher Navoiyning hayoti, u bilan bog’liq voqealardan ma’lum bir epizodni tashkil etadi. Mirkarim Osim kitobiy manbalarga ortiqcha erkin munosabatda bo’lmaydi. U avvalo manbalardan muhimroq voqea va latifalarni tanlab olishga, ulug’ shoir va mutafakkirning hayoti haqida qiziqarli ma’lumot berishga intiladi…Binobarin, adibning hikoyalari go’yo Xondamir va Vosifiy hikoyalarining soddalashtirilgan, Hozirgi o’zbek adabiy tili bilan bayon qilingan variantlaridek o’qiladi. Ammo Mirkarim Osim hikoyalarini Xondamir va Vosifiy hikoya, latifalarning aynan o’zi yoki tarjimasi deyish ham xato bo’lar edi. Muallif muarrixlardan “homashyo” oladi, uni o’ziga xos ijodiy uslubi va usuli bilan boyitib, fantaziya va badiiy to’qimadan foydalanib, yangi asarlar yaratadi. U tarixiylik bilan zamonaviylikni muvaffaqiyat bilan uyg’unlashtiradi.”15 N.Mallayev ushbu fikri bilan umuman Mirkarim Osim ijodiy uslubi va usulining o’ziga xos jihatlarini nozik ochib bergan. Munaqqid tarixchi adibning boshqa salaflaridan farqli tomoni, muvaffaqiyatning sirini tahlil qilib ko’rsatgan. Mirkarim Osimning “To’maris” qissasi peyzaj bilan boshlanadi. Cho’lda yasovchi massagetlar qabilasining tasviri bilan birgalikda ketadi. O’zbek xalqining urf-odatlaridan biri to’y marosimiga tayyorgarlik, to’ydagi mehmondorchilik uchun tuzatilgan dasturxonlar benihoya sinchkovlik bilan, har bir detali o’rnida beriladi. “Qabila boshlig’i To’maris o’g’li Siparangizni sak qabilasidan Zarina degan qizga uylantirmoqda.” Kelin va kuyovni to’y kuzar paytida kurashtirib ko’rishlaridan bilishimiz mumkinki, sak va massaget qabilalari ayollari ham qurol-yarog’ bilan tanish, abjir va mohirona jang san’atidan xabardor bo’lishgan. Zarina ham Siparangizni bir urinishda chang solib yonboshi bilan qattiq yiqitib yuborishi, lekin kuyovning orqasi yerga tegmasidan chapdastlik bilan yana o’rnidan turib ketishi ham ayollarning ham baquvvat, haqiqiy cho’l ayoli ekanligidan dalolat beradi. To’yning ertasi kunidan yana tabiat tasviri ketadi. “Ertasi kuni tongotar paytida havo aynib, qum bo’roni boshlandi. Qum to’zonidan atrof qorong’ulashdi…” Aslida bu bo’ron tasviri To’maris qalbidagi xavotir g’ulg’ulasi, massagetlar ustiga yopirilib kelayotgan Eron qo’shinining bo’roni edi. To’marisga Eron shohi Kayxisravdan elchi kelgan, aslida elchining niyati ayon: u To’marisga sovchilikka kelgan. Kayxisravning niyati ham ochiq oydin edi. U To’marisga uylansa massagetlar ham unga qaram bo’lib qoladi, urushib o’tirishga hojat qolmaydi degan niyatda To’marisga sovg’a salomlar bilan elchi yuboradi. Elchining kutib olingan hoolatidan, dasturxonga tortilgan ne’matlardan elchi ovqat yeb o’tirib o’ylaydi: “Doimiy ovul va shaharlari bo’lmagan massagetlarning qo’y va yilqilar orasida juda ibtidoiy hayot kechirishiga, ayollarning erkaklardek qurollanganiga, malikaning oddiy odamlar bilan bir qatorda o’tirishiga hayron qolardi. “Shuyam malika bo’ldiyu, Tavba, ayol kishi ham qurol taqadimi? Bularda na qul bor van a xizmatkor, hammalari topganlarini o’rtada baham ko’radilar. Yovvoyi xalqda!” To’maris elchiga rad javobini bergach, Kayxisrav massagetlarni oddiy jang usuli bilan yengib bo’lmasligini bilib hiyla ishlatishga o’tadi. Massagetlar oliyjanob xalq bo’lib, eron askarlari o’tishi uchun Amudaryo ko’prigida ham ularga xalaqit berishmaydi. Ularning niyati cho’l ichida jang qilish. Eron qo’shini esa to’g’ridan to’g’ri jangga kirmoqchi emas, ular qo’shinni 3 qismga bo’lishadi. Orqada qolgan qismiga Siparangiz boshliq qo’shin yuboriladi, barcha eronliklarni asir olishadi. Lekin eronliklar ularni sharob aldab mast qilib, barcha massagetlarni qirib tashlashadi. Siparangiz esa bu nomusga chidolmay o’z joniga qasd qiladi. Bu xabarni eshitgan To’maris ham endi o’ch olish olovi bilan yonmoqda. To’maris xalqi oldida Mixra – quyosh xudosiga sig’inib, yolvorib so’ng jangga kirishadi va Eron qo’shinini safi bilan qirib tashlashadi. To’marisga kelini Zarina Kayxisravning kesik boshini keltiradi. To’maris endi bir meshni qonga to’ldirib kelishlarini buyuradi va Kayxisravning boshini olib, “Ey, qonxo’r Kayxisrav, umr bo’yi jang qilib odam qoniga to’ymading, mana endi to’yguningcha ich!”, - deb mesh ichiga soldida, og’zini chilvir bilan mahkam bog’lab qo’ydi. Yozuvchilarimizdan hech kim tarixiy materiali Mirkarim Osimchalik sinchkovlik bilan o’rganib, “o’ziniki qilib olib” ishlatmagan desak mubolag’a bo’lmas. Shuning uchun ham ilgarigi arabiy, forsiy yozuvlarga tobora “tishi o’tmay” qolayotgan yangi avlod ijodkorlari uchun adibning badiiy asarlarining o’zi mo’tabar, ishonchli tarixiy manba rolini o’tab qolmoqda.16 Download 417.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling