Farg‘ona davlat universiteti «fizika matematika» fakulteti


Download 15.57 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi15.57 Kb.
#1175581
Bog'liq
XULOSA

XULOSA



Noma’lum funksiyaning hosilasi yoki differensiali qatnashgan tenglama differensial tenglama deyiladi. Agar noma’lum funksiya bir argumentli bo’lsa, u holda tenglama oddiy differensial tenglama deb, agar noma’lum funksiya ko’p o’zgaruvchili bo’lsa, u holda tenglama xususiy hosilali differensial tenglama deb aytiladi. Differensial tenglamalarni tartibi tenglamada qatnashgan eng yuqori tartibli hosila tartibi bilan aniqlanadi. Differensial tenglamaning yechimi deb tenglamada qatnashayotgan hosilalari mavjud bo’lgan va noma’lum funksiyaning o’rniga qo’yilganda tenglamani to’g’ri tenglikka aylantiradigan funksiyaga aytiladi. Differensial tenglamaning yechimi bo’lgan funksiyaning grafigi berilgan tenglamaning integral egiri chizig’i deyiladi.
Darhaqiqat, fizika, biologiya, ximiya, tibbiyot, iqtisod va boshqa fanlarda uchraydigan ko’plab jarayonlar differensial tenglamalar yordamimda tavsiflanadi. Shu tenglamalarni o’rganish bilan tegishli jarayonlar haqidagi biror ma’lumotga, tasavvurga ega bo’lamiz. Ana shu differensial tenglamalar o’rganilayotgan jarayonning matematik modelidan iborat bo’ladi. Bu model qancha mukammal bo’lsa, differensial tenglamalarni o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar jarayonlarni shuncha to’la tavsiflaydi. Shunisi qiziqki tabiatda uchraydigan turli jarayonlar bir xil differensial tenglamalar bilan tavsiflanishi mumkin. Bu esa biror bir matematik model to’la o’rganilsa, tegishli natijadan turli jarayonlarni tushuntirishda foydalansa bo’ladi. Aytilgan fikrlar differensial tenglamalarning umumiy nazariyasi va amaliy masalalarni yechishga tatbiqi muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. Mazkur kurs ishida shunday fizik va geometrik jarayonlarni matematik modellari o’rganish ular orqali tuzilgan differensial tenglamalar, o’zgarmas koeffitsientli chiziqli differensial tenglamalar va ularning yechish usullari o’rganilgan.


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
«FIZIKA MATEMATIKA » FAKULTETI
SIRTQI BO’LIM

AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” YO’NALISHI




«DIFFERENSIAL TENGLAMALAR » FANIDAN
YUQORI TARTIBLI CHIZIQLI BIR JINSLI O’ZGARMAS KOEFFITSIENTLI DUFFERENSIAL TENGLAMALAR” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: TOSHKENTBOYEVA NAZOKAT

Rahbar: D.ORIPOV


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Saloxiddinov M.S., Nasriddinov G.N. “Oddiy differensial tenglamalar”. Toshkent. O’qituvchi 1994 y. 448 b.


2. Филлипов А.М. “Сборник задач по дифференциалным уравнениям”. М. Наука 1985
3. Mamatov M. “Differensial tenglamalardan masalalar to’plami”. Toshkent. Universitet. 1995 y. 156 b.

Internet ma’lumotlari


  1. https://www.schooI307.uz/non/publications/79_abdullaeva_tadjigul_radjapovn

  2. https://www.referat.arxiv.uz/files/53589_matematika-o’qitish-vositalarining...

  3. https://www.ziyonet.uz/uzl/library/libid/40900

  4. https://www.readbag.com/300school-zn-uz-files-matematika

Mundarija

KIRISH…………………………………………3

Asosiy qism:


1.Asosiy aralash masalani tor tebranish tenglamasi uchun yechish………………………………….8
2.Asosiy aralash masalani tor tebranish tenglamasi uchun yechish…………………………………15
3.Bir jinsli bo’lmagan tor tenglamasi…………..16
Xulosa………………………………………….21
Foydalanilgan adabiyotlar……………………..23
Download 15.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling