Farg’ona Davlat Universiteti fizika matematika fakulteti


Download 73.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1407512
Bog'liq
hisobot2 (2)


Farg’ona Davlat Universiteti Fizika- matematika fakulteti matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi 17.03A–guruh talabasi Abobakirova (Toxirova) Shaxnozaning malakaviy amaliyot davrida bajarilgan ishlari bo’yicha
HISOBOTI

Men Abobakirova (Toxirova) Shaxnoza 2020 – yil 2 – noyabrdan 14-noyabrgacha bo’lgan malakaviy amaliyotimni Qo’shtepa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazdim.


Amaliyot davrining birinchi kunlaridan boshlab matematika fanidan darslarni kuzata boshladim. Maktab hujjatlari bilan tanishib, ularni tashkil qilish jarayonini o’rganishga intildim. Dars ish rejasini o’rganib chiqdim.
Amaliyot davrida matematika o’qituvchilarining dars o’tish uslubini kuzatdim. Dars o’tish jarayonida nimalarga e’tibor berishni o’rgandim. Dars konspekti rejasini tuzishni o’rgandim va mustaqil bajardim. O’qituvchi jurnalni qanday holatda to’ldirishini kuzatdim va o’rganib chiqdim.
Sinflarda ma’naviyat soati darslarini qanday o’tilishini kuzatdim. Sinf rahbarlarining ota-onalari bilan qanday suhbatlashishini o’rgandim. Darsdan so’ng o’quvchilar bilan o’qituvchi nazoratida mustaqil ishladim va iqtidorli hamda o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan qanday tartibda shug’ullanishini o’rgandim.
Hisobotim so’ngida men shuni aytishim mumkinki, men ushbu kuzatuv malakaviy amaliyot davrida pedagog bo’lishim uchun juda zarur bo’lgan malakaga erishdim. Ushbu bilimlarimni kelajakdagi o’z kasbiy faoliyatimda qo’llayman.

Maktab direktori: _______________


Amaliyot rahbari: ______________
Amaliyotchi talaba: Sh.Abobakirova
Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling