Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligi
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1557 yildan
2. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligi.
O’rta Osiyoda shayboniyxonlar xukmronligi davrida ikki asosiy er egaligi davlati: poytaxti Urganch bo’lgan Xiva xonligi va poytaxti Samarqand bo’lgan Movaraunnaxr davlati vujudga keldi. Biroq XVI asrdayoq ancha-muncha qudratga ega bo’lgan xonlar Buxoroda yashashni avzal bilar edilar. Shuning uchun ham XVII asrda Movaraunnaxrga kiruvchi xududlar yangi nom bilan Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Samarqand uning tarkibiy qismi bo’lib qolgandi. Movaraunnaxrda 100 yilgacha davom etgan Shaboyniylar davrida ham tinchlik bo’lmadi, qirg’inbarot urushlar, o’zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Buxoro viloyati noibi bo’lib kelgan Ubaydullo sulton 1533 yilda Shayboniylar sulolasining oliy xukmdori etib ko’tarildi. Ubaydulla sulton Samarqanddagi Ko’chkinchixon avlodlari qarshiligi sababli oliy xokimiyatni Buxoroda turib boshqarardi. Shayboniy Ubaydulloxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jixatdan kuchaydi va Movaraunnaxrning siyosiy-ma’muriy markaziga aylantirildi. Abdullaxon II davrida (1557-1561 yillarda amakisi Pirmuxammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy xukmdor Abdullaxon II edi.) 1557 yildan boshlab poytaxt rasman Buxoro bo’lib qoladi va bu sana tarixga Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo’lib kirdi. Abdullaxon II siyosiy tarqoqlikka qarshi uzoq yillar urush olib borib, 1573 yilda Farg’onani, 1574 yilda Shaxrisabz, Qarshi, Xisor viloyatlarini, 1578 yilda Samarqandni, 1582 yilda Toshkent, Shoxruxiya, Oxangaron va Sayramni, 1583 yilda Balxni, 1584 yilda Badaxshonni, 1588 yilda Xirotni,1595 yilda Xorazmni zabt etib, mintaqani birlashtirish ishini uddaladi. Buxoro xonligini kuchli va markazlashgan davlatga aylantirdi. Biroq ichki nizo, adovatni bartaraf etolmadi. G’animlar Abdullaxonga qarshi uning o’g’li Abdulmo’minni qayratdilar. Shu tariqa, uyushtirilgan saroy fitnasi natijasida 1598 yilda Abdullaxon o’ldirildi. Abdullaxon o’rniga taxtga ko’tarilgan Abdulmo’min 6 oycha xukmdor bo’ldi. U otasining amirlaridan biri Abdulvose tomonidan otib o’ldirildi. Taxtga chiqqan so’ngi Shayboniy Pirmuxammad (1599-1601) ham ichki urushlarning birida xalok bo’ladi. Shayboniylar sulolasi barham topdi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling