Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
G’alaba yo’lidagi mashaqqatli mehnat
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
G’alaba yo’lidagi mashaqqatli mehnat.
Sovet-German urushi boshlang’ich davrining eng murakkab va maosuliyati vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solishdan iborat edi. Shuni aytish kerakki, mamlakat xalq xo’jaligini qayta qurish og’ir sharoitlarda kechdi. Moddiy, moliyaviy va mexnat resusrlarini front e’tiyojlariga muvoffiq qayta taqsimlash, harbiy ma’sulotlar ishlab chiqarishni qisqartirishi, ishlab chiqarishni g’arbdan ko’chirish uni mamlakat ichkarisidan rayonlarda tezlik bilan ishga tushirish zarur edi. Bularning hammasi faqat ‘addan tashqari qisqa muddatlarda, shu jumladan, ko’pgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni bosqinchilar bosib olgan bir sharoitda amalga oshirish kerak edi. 26 iyundan boshlab mamlkatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish joriy etildi. katta yoshdagilar uchun ish kuni olti kunlik ish ‘aftasida 11 soatgacha uzaytirildi. ‘aqiqatda esa u 12-14 soatga etar edi. Taotilga chiqish bekor qilindi. Bu hol ishchi xizmatchilarni sonini ko’paytirmasdan turib ishlab chiqarish quvvatlari ‘ajmini taxminan 1G’3 ga oshirish imkonini berdi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qo’yildi. Korxonalardan o’zboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 yildan 8 yilgacha muddat bilan qamoqqa ‘ukm qilinardi. Kadrlarning keskin suratda tanqisligi, sanoat ‘om ashyosi, yoqilg’i, dastgohlar, asboblar ni’oyatda etishmasligiga qaramsdan, 1941 yil dekabrga kelib, Toshkentdagi 63 ta korxona va respublikadagi boshqa 230 ta korxona mudofaa ma’sulotlari bera boshladi. Ittifoqning g’arbiy viloyatlaridan respublikaga ko’chirib keltirilgan sanoat korxonalarini joylashtirish, montaj qilish va g’oyat qisqa muddatlarda ishga tushirish O’zbekistonliklardan katta kuch-g’ayrat sarf etishni talb qilardi. O’zbekistonga hammasi bo’lib 104 ta zavod va fabrika evakuatsiya qilindi. 1941 yil dekabrga kelib evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyib 50 tasi ishga tushirildi. Sanoat ishlab chiqarishga xotin-qizlar ayniqsa faol jalb qilindi. Agar 1940 yilda sanoatda ishlovchilar orasidagi xotin-qizlar salomog’i 34% tashkil etgan bo’lsa, 1942 yilga kelib bu ko’rsatkich o’sib,63,5% ga etdi. Ochlik va ni’oyatda charchab-toliqishdan sillasi qurishga qaramasdan sanoat xodimlari fronti qurol-yarog’, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan taominlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar. Ular urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo’q qiluvchi qurol, 60 mingga Yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1mln. dona granat, 300 mingta parshyut, 5 ta bronepoezd, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom, kir yuvish poezdi, 2200 ta ko’chma oshxona va boshqa ko’pgina harbiy anjomlar etkazib berdilar. Bu O’zbekiston xalqini o’zi emay-ichmay, dushmanni tor-mor qilish uchun umumxalq kurashga qo’shgan munosib hissasi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling