Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Jaloliddin Manguberdi jasorati
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
6. Jaloliddin Manguberdi jasorati
Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullar istilosi boshlangan kundanoq doimo yurt himoyachilari tomonida turdi, ularga raxnamo bo’ldi. Ona Vataniga bo’lgan cheksiz mexr xissi, farzandlik burchi uni shu qadar elga mashxur kildiki, xatto uning nomini eshitgan Chingizxonning ham sochi tik bo’lib, yuzi tundlashar, uni qo’lga tushurish yoxud jismonan yo’q qilish chora-tadbirlarini izlardi. Jaloliddin o’zining botir janglari bilan o’n yillar davomida hali Movaraunnaxr, hali Afg’on va Xind, hali Eron yoki Kavkaz orti xududlarida paydo bo’lar, yangidan xalq lashkarlarini jamlab, mo’g’ul bosqinchilari zulmi va xukumronligiga qarshi tinim bilmay jang qilar, xalq erki, ozodligi va xurligi yo’lida sabot bilan kurashardi. Ayniqsa, shu o’rinda uning Chingizxonning katta qo’shinlari bilan Sind daryosi qirg’oqlarida yuz bergan tengsiz jangidagi mislsiz jasoratini keltirib o’tish joizki, bunga mo’g’ul xukumdorining o’zi ham tan berib, lol qolgan edi. Bu hayot-mamot jangida Xorazm baxodiri, uning yigitlari arslonlardek jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo’yar edi. Agar bu jangni Zolning o’g’li ko’rsa edi, u Sulton Jalol (uddin) ning qo’lini o’pgan bo’lardi». Ammo, Chingizxon lashkari xisobsiz edi. Uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda xoliga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora to’riq otiga minib, so’nggi bor mo’g’ullarga hamla qilib, so’ng ot jilovini ortga tortadi. Sovutini elkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o’zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin baxaybat daryo to’lqinlarini shiddat bilan kesib o’tib narigi soxilga o’tib oladi. Uning etti jangchisi ham bunga muvaffaq bo’lishadi. Bu g’aroyib manzarani o’z ko’zi bilan kuzatib turgan Chingizxon xayratdan tang qolib, o’g’illariga qarata shunday degan ekan: «Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan. U saxroda sher kabi g’olib jangchi, daryoda esa naxang (akula) kabi botir. Qanday qilsinki, xali xech kim taqdir bilan, hech bir mojaroda teng kelolmagan. Lekin u mardlikning dodini berdi, qazoyi qadar qarshisida qudrat qo’lini (mardona) ochdi. Mardlik bilan undan (qazo) qutilib bo’lmaydi. Nima qilsin-qilmasin bu ulug’ Xudo ishidir». Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag’lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman oldida bosh egib, mag’lub bo’lmadi. Lekin ne ko’rgilikki, Jaloliddin Manguberdining aziz umri yovlar bilan jang maydonida, yakkama-yakka olishuvda emas, balki bir alamzada qurdning benogox tig’idan xazon bo’ldi. Bu mudhish voqea 1231 yilning 17-20 avgustlarida Ozarbayjon xududlarida sodir etildi. Jaloliddinning el-ulus, Vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lidagi fidoyiligi, mislsiz jasorati mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasini surayotgan mustaqil O’zbekistonda ulug’ ajdodlar ruhining e’zozlayotgani, jumladan, Jaloliddin Manguberdi qutlug’ tavvaludining 800 yillik yubileyi umummamlakat miqyosida keng nishonlanganligi ham buning yaqqol ifodasidir. O’rta Osiyo xududlarida mo’g’ul-tatarlarning xukumronligi 1219 yildan 1370 yilgacha, Amir Temur Movaraunnaxrning yagona xukumdori bo’lgungacha davom etadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling