Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt


Download 1.23 Mb.
bet31/74
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1719864
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

Mustaqil tayorgarlikga vazifalar:
- O’qotar qurollar va tanka qarshi qo’l granatalarning (pistolet, avtomat, RPK, PK pulemetlari, SVD, PM va qo’l tanka qarshi tranatalar) alohida qism va mexanizmlarining vazifasi o’qib mustahkamlash;
- O’qotar qurollar va tanka qarshi qo’l granatalarning (pistolet, avtomat, RPK, PK pulemetlari, SVD, PM va qo’l tanka qarshi tranatalar) alohida qism va mexanizmlarining tuzilishi mavzusi bo‘yicha mustaqil ish, referat va taqdimotlar tayyorlash.
O’q otar qurollar va tanka qarshi qo’l granatalarning (pistolet, avtomat, RPK, PK pulemetlari, SVD, PM va qo’l tanka qarshi tranatalar) alohida qism va mexanizmlarining o’zaro ta`siri.
Nazorat uchun savollar.
1. O’q otar qurollar va ularni saqlash, tozalash va moylash, otishga tayyorlash.
2. Xavfsizlik choralari
3. 7,62 millimetrli Kalashnikov pulemyotning asosiy qism va mexanizmlari.
4. 14,5 mm li yirik kalibrli KPVT pulemyoti.
5. Granatomyotlarning moddiy qismlari.


Mavzu 8. Otish mashqlari (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). Otish mashqlarini bajarish.
O‘qdonlarni (lentalarni) o‘q-dorilar bilan o‘qlash. Qurol bilan muomila qilish. Har xil holatlardan o‘q otish uchun joylashuvni mashq qilish (yotgan holatda, tizzadan, tik turgan holatda, panadan). Qurolni o‘qsizlantirish vaqtidagi harakatlar. Qurolni qismlarga yoyish va yig‘ish, o‘qdonlarga o‘q-dorilarni (lentani) o‘qlash, har xil otish holatlarini egallash, jangovar mashinalarda va piyoda yurgan holda qurolni o‘qsizlantirish bo‘yicha me’yorlarini bajarish.
Otishni mashq qilish. Jangovar va o‘quv o‘q-dorilari bilan o‘t otish. Nishonga o‘rtacha tegish nuqtasini aniqlash va uni nazorat nuqtasi bilan solishtirish. Bittalab o‘q uzish, otish zichligini aniqlash.
Granatalarni uloqtirishga tayyorlash. Piyoda yurgan holda parchalanuvchi qo‘l granatalarini uloqtirishni mashq qilish. Otish mashqidan keyin qurollarga texnik xizmat ko‘rsatish.
Mashg‘ulot 2 (2-soat, amaliy). BTR qurol-yarog‘laridan kunduzi va tunda joyida turib paydo bo‘luvchi va harakatlanuvchi nishonlarga bexato otishni o‘rganish.
BMP qurol-yarog‘lari va o‘q otar qurollar bilan harakatlanishdagi ko‘nikmalarini takomillashtirish. Trenajyor tayyorgarligi. Otish tayyorgarligidan me’yorlar bajarishni mashq qilish. Jangovar mashinalar qurol-yarog‘lari va o‘q otar qurollardan otishdan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish.
Raketa kompleksi va otishni boshqarishda bir-birini takrorlash tizimini ishini tekshirish va ko‘zdan kechirish, xamda uni ishga tayyorlash. Raketa kompleksi va otishni boshqarishda bir-birini takrorlash tizimida harakatlanishda vazifalar yechishni o‘zlashtirish. Raketa kompleksi va otishni boshqarishda bir-birini takrorlash tizimida harakatlanishni mashq qilish.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling