Pulemyotning asosiy qism va mexanizmlari:
— stvol;
— stvol qutisi va uning qopqog‘i, qabul qilgich asosi va qo‘ndoq bilan birgalikda (faqat PK va PKS pulemyotlarida);
— zatvor ramasi — chiqargich va gaz porsheni bilan birgalikda;
— zatvor;
— qaytaruvchi jangovar prujina yo‘naltiruvchi ustuni bilan birgalikda;
— gaz porshenining trubkasi pulemyot oyog‘i bilan birgalikda (faqat PK va PKS pulemyotlarida);
— o‘t ochish mexanizmi;
— elektr tepki mexanizmi (faqat PKT pulemyotida).
Bundan tashqari pulemyot tarkibiga qutilar, lentalar bilan birgalikda, tozalash anjomlari, tasma, sum-ka, zaxira stvoli, zaxira qismlari va paxtavon o‘qpar bilan o‘t ochish uchun mo‘ljallangan moslama kiradi.
Pulemyotni o‘qlash
Pulemyotni o‘qlash uchun kuyidagi amallarni bajarmok, lozim:
pulemyot dastasini chapga burash;
stvol kutisining krpkrgini ochish;
lentani kabul k^shgich asosiga shunday urnatish lozimki, toki birinchi patron gilhzasi tubining kederasi chikargich ilgichlariga ki-rib borsin;
kayta o‘qlash mexanizmining dastasini oxirigacha ortga tortib, zatvor ramasini jangovar xrlatga keltirish;
kayta o‘qlash dastasini oldinga, oxirigacha turtish.
Ut ochishga xozirlik kurish
14,5 mm li yirik kalibrli KPVT pulemyoti
14,5 mm li KPVT pulemyoti kuchli avtomatik qurol bo‘lib, BTR, tanklarning bashnyasiga va ZPUga o‘rnatiladi.
Pulemyot dushmanning 1000 m gacha uzoqlikda joy-lashgan engil zirhpi nishonlariga, engil to‘siqlar ortidagi o‘t ochish vositalari va jonli kuchiga qarshi jang qilishga mo‘ljallangan. Pulemyotdan 2000 m gacha uzoqliqda guruh bo‘lib joylashgan jonli kuch va trans-port vositalariga o‘t ochish ayniqsa katta samara be-radi.
Pulemyotdan otishda B—32, BS—41 zirhteshar yon-diruvchi o‘qli, BZT, BST yonib uchadigan zirhteshar yondiruvchi o‘qli, ZP va MDZ yondiruvchi o‘kli patron-lardan foydalaniladi.
Pulemyotdan qisqa (3—5) va uzun (20 tagacha) sidirg‘a hamda uzluksiz o‘q uziladi.
Stvol havoda soviydi va uzluksiz 150 tagacha o‘q uzish imkonini beradi.
Taktik- texnik tavsifi:
Kalibr -14,5 mm;
Mo‘ljallab otash uzoqligi -2000 m;
Do'stlaringiz bilan baham: |