Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt
Download 1.23 Mb.
|
Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harbiy intizom Military discipline
- QISQARTMALAR
- Fanlarning nomlanishi Betlar
- I. Malaka talablari
- II. Umumiy tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar
- 5111500- «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim»
QISQARTMALAR
IV. ILOVALAR fan dasturi Mundarija
I. Malaka talablari Mutaxasislik bo‘yicha talabalarni harbiy tayyorgarligi (HHI-021002 motoo‘qchi qo‘shinlar va qismlarni bronetranspartyorlarda jangovar qo‘llanishi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga o‘z Vataniga va xalqiga sodiq, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda yuqori malakali, intelektual salohiyatli, kasbiy tayyorlangan zahiradagi va rezervdagi ofitser kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Bunday sifatlar talabalarda akademik litsey va kasb-hunar maktablarida Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘zlashtirishda shuningdek oliy ta’lim muassasalarida harbiy ta’lim fakultetlari (zahiradagi va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash markaz)dagi o‘quv jarayonlarida va harbiy qism (harbiy ta’lim fakulteti)larda orttirilgan bilim va amaliy malakalar asosida shakllanadi. II. Umumiy tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar 1. Talabalarning harbiy ta’limi va tarbiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risida Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaa Vazirligi buyruq va direkitivalariga hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruq hamda ko‘rsatmalariga muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetlarning talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etilishi va o‘tkazilishi O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 19,8-2018-son “O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o`quv bo`linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha yo`riqnomani tasdiqlash haqida”gi (O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-iyunda ro`yxatdan o`tkazilgan, ro`yxat raqami 3025) Qarori asosida amalga oshiriladi. “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishiga taxsil olayotgan talabalarning harbiy tayyorgarligi uchun 528 soat, shu jumladan oliy ta’lim muassasasidagi auditoriya mashg‘ulotlari uchun 450 soat va ikkinchi o‘quv yilining so‘ngida harbiy ta’lim fakultetilarda o‘tkaziladigan o‘quv yig‘inlar uchun 78 soat ajratiladi. Mashg‘ulotlar harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i tomonidan o‘rnatilgan kun tartibiga muvofiq harbiy kun usulida (mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunda talabalar faqat harbiy tayyorgarlik bilan shug‘ullanadi) o‘tkaziladi. Bunda o‘quv mashg‘ulotlari uchun kuniga 6-8 soat ajratiladi. 2. Talabalarni harbiy tayyorgarligini rejalashtirish va o‘tkazish 5111500- «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» Davlat ta’lim standartlari, namunaviy va ishchi rejalar, oliy ta’lim muassasalarning harbiy ta’lim fakultetlarida o‘quv jarayonini tashkil qilish va olib borish bo‘yicha Yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Navbatdagi o‘quv yiliga mashg‘ulotlarni rejalashtirishda uzluksiz ta’limni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi buyruqlari talablaridan kelib chiqib, jangovar va axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik bo‘yicha shuningdek fan va texnikaning so‘ngi yutuqlari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalar, qo‘shinlar va OTMning ilg‘or tajribalari, Qurolli Kuchlarga qabul qilingan yangi qurol-yarog‘ va jangovar texnikalar inobatga olgan holda zaruriy tadbirlar va o‘zgartirishlar kiritiladi. Shu maqsadlardan kelib chiqib harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘iga ajratilgan soat doirasida yangi mavzularni kiritish, o‘quv mashg‘ulotlarini turi va mavzular uchun ajratilgan vaqtni qayta taqsimlash huquqi beriladi. Talabalarni harbiy tayyorgarligida asosiy diqqatni yuqori darajadagi ahloqiy, kasbiy, jangovar, ruhiy va jismoniy sifatlarni, dala ko‘nikmasi, qo‘mondonlik va metodik malakalarni, shuningdek bardoshlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, qa’tiyatlik, intelektual tayyorgarlik va harbiy tajribani rivojlantirishga va shakllantirishga qaratiladi. Talabalarga qo‘mondonlikning asosiy sifatlari singdirilishi o‘qituvchilar tomonidan barcha harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. 3. Ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabalarda qo‘mondonlik va metodik malakalarni shakllantirish bo‘lib hisoblanadi. Ularni talabalarning oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish davridagi barcha mashg‘ulotlarda, harbiy ta’lim fakultetidagi ta’limning hamma davrlari mobaynida shakllantirish zarur. Har bir mashg‘ulotda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanilib uning uslubiy darajasi yuqori bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Bu bilan talabalarning o‘zlari ham samarali bo‘lgan o‘quv usullari, shakllari va uslublarini to‘g‘ri qo‘llay olishni o‘rganishlari hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish va olib borish tajribalarini egallashlari kerak. Qo‘mondonlik va metodik malakalarning shakllantirish asosida guruhga qo‘monlik amaliyoti, jangovar va axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini mustaqil tarzda olib borilishi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Talabalar tomonidan egallangan qo‘mondonlik va metodik malakalar hisobi har bir fan bo‘yicha yuritiladi. 4. Talabalarga qo‘mondonlik va metodik ko‘nikmalarning singdirilishi metodik mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Talabalarni metodik tayyorgarlikni egallashlari uchun ularni o‘quv joylaridagi mashg‘ulot rahbarlariga yordamchi sifatida mashg‘ulot o‘tkazish uchun jalb qilinadi. 5. Talabalarda amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish uchun o‘quv-mashq bazalari; jangni boshqarish sinfi, otish shaharchasi, mashq qilish majmuasi, laboratoriya va boshqalardan foydalangan holda reja-tizimli mashqlar tashkil etilishi zarur. Mashqni rejali mashg‘ulot qismida dasturda belgilangan maqsadga muvofiq o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Amaliy ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni belgilangan me’yorlarni talabalar tomonidan bajarilishiga qaratiladi. Me’yorlarni qayta topshirish muddati harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Har bir mashg‘ulotda o‘tilgan mavzular, o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi bo‘yicha talabalarning bilim va malakalarini tekshirish uchun vaqt ajratilishi zarur. 6. O‘quv-jangovar texnikani o‘rganish bo‘yicha, topografik xarita mashg‘ulotlarida topografik va kartografik ishlarni bajarish, shuningdek immitatsion vositalarni qo‘llab o‘tkaziladigan, shuningdek kompyuter sinflarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarda o‘quv guruhlari bo‘linib o‘qitiladi. 7. O‘quv-tarbiyaviy jarayonda ta’lim va tarbiyaning yakdilligini tashkil qilish tamoyiliga qat’iy amal qilish shart bo‘ladi. Bu tamoyil o‘quv jarayonini yuqori darajadagi intizomini puxta va har bir mashg‘ulotni namunali tashkil etilishini, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirilishini, umumharbiy nizom talablarini so‘zsiz bajarilishini va kundalik faoliyatga tadbiq etilishini ta’minlashi shart bo‘ladi. Talabalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda oson yo‘l va taqlid qilishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Mashg‘ulotni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni jadallashuvini, yangi pedagogik texnologiyalarning yutuqlarini inobatga olgan holda doimiy takomillashib borishi kerak. Barcha mashg‘ulotlarda ta’lim texnika vositalari, kompyuter o‘quv dasturlari, kinofilim, diafilimlar, multimediya, video lavhalar, slayd va boshqa zamonaviy vositalar keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaa vazirligidagi harbiy qismlarda (muassasalarida) o‘tkaziladigan ko‘rgazmali mashg‘ulotlarga ushbu harbiy qism (muassasalari) qo‘mondonligi bilan kelishilgan holda shaxsiy tarkib olib chiqiladi. 8. Fanlarni o‘zlashtirish o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak. Otish tayyorgarligi taktik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘langan holda o‘tkazilib talabalarni zaruriy bilimlarni olishlarini, taktik mashg‘ulotlar va mashqlarda amaliy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun malaka va ko‘nikmalarni ta’minlashi kerak. Boshqa harbiy tayyorgarlik fanlar bo‘yicha talabalarning bilim va malakalari taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida takomillashtirilishi lozim. 9. Mustaqil tayyorgarlik uchun topshiriqning hajmi ajratilgan vaqt, bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, shuningdek navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida foydalaniladi. Mustaqil tayyorgarlik uchun unga ajratilgan vaqt talabalarning mustaqil tayyorgarlik ishlaridagi malakalaridan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil tayyorgarlik soatlarida talabalarga цикл o‘qituvchilarining maslahatlar berishlari tashkil etilishi kerak. Mustaqil tayyorgarlikni tashkil etilishi va o‘tkazilishini kun tartibiga asosan amalga oshiriladi. 10. Harbiy ta’lim fakulteti talabalari bilan jismoniiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, doimiy ravishda tizimli va sifatli o‘tkazilishi kerak. Talabalar harbiy ta’lim fakultetida o‘tkaziladigan harbiy-yo‘nalishli sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda faol qatnashishlari kerak. O‘quv yig‘inlarida talabalar shaxsiy tarkib bilan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish malakalariga ega bo‘lib, Harbiy sport kompleksi (HSK) me’yorlarini topshirishlari kerak. 11. O‘quv yig‘inlari harbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi va olgan bilimlarni mustahkamlash, HHI bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘q otar qurollardan otish mashqlarini amaliy bajarish, harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport tadbirlari va harbiy tayyorgarlik bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish hamda talabalarni Vatanga qasamyodga qabul qildirish uchun mo‘ljallangan. O‘quv yig‘inlariga harbiy tayyorgarlik bo‘yicha barcha turdagi nazoratlarni topshirgan talabalar yuboriladi. O‘quv yig‘inlarining davomiyligi 15 kalendar kunni tashkil qiladi. O‘quv yig‘ini dasturini bajarish uchun mazkur dasturda belgilangan me’yorlarga muvofiq biriktirilgan harbiy qism tomonidan o‘quv-jangovar, maxsus texnika, o‘q-dorilar, motoresurslar, yoqilg‘i va moylash ashyolari, immitatsion vositalar va kerakli buyumlar ajratiladi. O‘quv yig‘inlaridagi jangovar va ruhiy-ahloqiy tayyorgarlik o‘quv yig‘ininig barcha davrlari uchun rejalashtiriladi. Har haftada mashg‘ulotlar jadvali tuziladi. Taktik, otish, texnik, jismoniy, harbiy-tibbiy tayyorgarlik, harbiy topografiya, saf tayyorgarligi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini harbiy ta’lim fakulteti ofitserlari tomonidan olib boriladi. O‘quv yig‘ini davridagi kun tartibida ko‘zda tutilgan vaqtda talabalarni qurol-yarog‘, jangovar texnikalarga xizmat ko‘rsatish ва sutkalik naryad xizmatini uchun jalb qilinadi. 12. Yakuniy davlat attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 19,8-2018-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3025) talablariga asosan 2 kursda o‘quv yig‘inining yakunida o‘tkaziladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish uchun biletlar harbiy ta’lim fakulteti tomonidan ishlab chiqiladi va yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bilet 3-5 savolni o‘z ichiga oladi, ulardan 2-3 tasi amaliy bo‘ladi. Bitiruv imtihonlar o‘quv yig‘inida taktik, otish va texnik tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkaziladi. Imtihon topshirish uchun harbiy tayyorgarlik dasturi hajmini to‘liq bajargan va harbiy tayyorgarlik fanlari bo‘yicha barcha turdagi nazoratlarni muvaffaqiyatli topshira olgan talabalar qo‘yiladi. 13. Harbiy ta’lim fakultetilarda harbiy tayyorgarlik bo‘yicha talabalar bilimi baholash reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlarda talabalar harbiy xizmatchilarni yashash sharoitlari ma’naviy-marifiy, harbiy vatanparvarlik ishlarining ilgor tajribalari bilan tanishadilar. Shuningdek, Mudofaaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarning ob’yektlarda o‘tqaziladigan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, ushbu harbiy qism qo‘mondonliklari bilan kelishilgan holda mashg‘ulot joylariga talabalarni olib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘quv moddiy baza, texnika va qurol aslaxa bilan ta’minlash, shaxsiy tarkibni dala o‘quv ob’yektlariga olib borish uchun transport vositalariga oldindan talabnomalar yuboriladi. 14. Talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida o‘qituvchilar ularning ahloqiy-siyosiy, kasbiy-jangovar, ruhiy va jismoniy, sifatlarini rezervdagi va zahiradagi ofitserni xaqqoniy baholash maqsadida har tomonlama o‘rganishlari kerak bo‘ladi. 15. Baxtsiz hodisalar, avariyalarni oldini olish maqsadida, o‘q otish, portlovchi moslamalarni o‘rganish mashg‘ulotlarda, radioaktiv va zaharlovchi aralashmalar, yuqori kuchlanishdagi elektr energiyalari, shuningdek texnikani ta’mirlash kabi turli ishlarni bajarish va sport tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilinadi. 16. Harbiy tayyorgarlikni boshlanishidan oldin talabalar bilan davlat sirlarini saqlash va maxfiy tartibga amal qilish tartibi talablari o‘rganilib chiqiladi. 17. Dastur mavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlar soni va ularning mazmuni harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i tomonidan mavzuviy rejalar (fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlar) da belgilanadi. 18. O‘qituvchilar boshchiligida o‘tkaziladigan mustaqil ta’lim, talabalarni dastur materiallari ustida mustaqil ishlashlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv ishining shakli bo‘lib hisoblanadi. Mavzu, vaqt va o‘tkazish joyi harbiy ta’lim fakulteti kun tartibida belgilanib, barcha rejalashtirish hujjatlarida aks ettiriladi va hamma o‘rganuvchilar uchun majburiydir. Mustaqil ta’limni yangi nazariy o‘quv materialini o‘zlashtirishda, shuningdek bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling