Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Ochiq (a) va yopiq (b) pana joy


Download 3.78 Mb.
bet110/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Ochiq (a) va yopiq (b) pana joy.

      1. Radiatsiyaga qarshi pana joylar (PRU). Oddiy pana joylar (ochiq va yopiq o‘ralar).

  • Radiatsiyaga qarshi pana joylar radioaktiv (itloslanish) zaharlanishida odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan tashqari, to‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlari, o‘tib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, teri va kiyimga radioaktiv moddalar tushishi, zaharli moddalar, bakteriyali vositalardan muhofazalaydi.

  • Ko‘p qavatli binolaming yertolalarida radiatsiyadan saqlanish uchun joy tayyorlasa bo‘ladi. Muhofazalovchi pana joylami tayyorlashda yig‘ma temir-beton vositalari, g‘isht, yog‘och materiallar, toshdan foydalanish mumkin. Radiatsiyadan saqlanishda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega bo‘lgan yerto‘lalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar, yer ustidagi binolardan foydalaniladi. Barcha eshik, derazalar mahkamlanadi, eshildar kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zich qilib yopiladi.

Pana joyga (30 odamga moljallangan bo‘lsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatgich va so‘ruvchi quti qo‘yiladi. So‘ruvchi quti shamollatgichdan 1,5—2 m yuqorida qo‘yiladi. Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga qopqoqcha qihnadi. Pana joylarda suv va kanalizatsiya bolmasa, bir kecha- kunduzga har bir odam uchun 3—4 litr suv, hojatxona, axlat to‘kiladigan o‘ra, so‘ri, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi.
Yog‘ochdan tiklangan uylar radiatsiya koeffitsiyentini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar 800, jihozlanmagan yertola 7—12, jihozlangan yerto‘la 350—400 marta kamaytiradi.
Yopiq tirqish yomg‘lik nurlaridan to‘la, to‘lqin zarbasidan 2,5—3 mar- ta, o‘tib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200—300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg‘ir suvi, suv bosmaydigan joyda quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilonizi yo‘lak kabi to‘g‘ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo‘lmagan bir necha (bo‘lak) qismlardan iborat. Chuqurligi 1,8—2 m, yuqori qismining kengligi 1—1,2 m, tubi 0,8 m. Tirqish uzunligi har bir odamga 0,5—0,6 m hisobida aniqlanadi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling