Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Joylarni kuzatish usullari


Download 3.78 Mb.
bet60/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Joylarni kuzatish usullari.

Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni o‘rganish Joy va joydagi predmetlarni kuzatish uchun qulay bo‘lgan qoidaga ko‘ra, kuzatish postidan kuzatib o‘rganiladi. Eng avvalo, joyni to‘g‘ri o‘rganish uchun uning chizmasini tuzish kerak. Unga kuzatuv postining joyi, o‘z qo‘shinlari va dushmanning old marrasi chizilib, oriyentirlar belgilanadi hamda ulargacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Joy chizmasida shimol yo‘nalishi ko‘rsatilgan strelka chiziladi. Kuzatish qulayligi uchun kuzatish sektori ichkariga qarata 2—3 zonaga bo‘li nishi kerak (yaqini 400—800 m.gacha va uzog‘i odam ko‘zi ko‘rishi chegarasiga cha). Zonalar chegarasi, odatda, oriyentir yoki joydagi predmetlar bilan belgilanadi.


Kuzatish yaqin zonadan o‘ngdan chapga shartli belgilangan marralar bo‘yicha o‘zidan ichkariga qarab, joyni va joydagi predmetlarni birma-bir kuzatib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Joyning ochiq uchastkalari tezroq ko‘rib chiqiladi, yopiqlari esa aniqroq kuzatiladi.
Barcha ko‘rgan va aniqlaganlarni kuzatuvchi kuzatuvni to‘xtatmasdan komandirga bildiradi. Bildiruvda kuzatuvchi oriyentirni va undan qancha uzoqlikda (o‘ngda, chapda, yaqinda, uzoqda) nima payqaganini aytadi, masalan, «ikkinchi oriyentir — chapga 50, yaqinga — 100, sariq buta yonida dushman ning kuzatuv punkti». Bularni u telefonda yoki radiostansiya orqali uzatadi. Tunda kuzatishni olib borish, ayniqsa, mushkul. Shuni yodda saqlash kerakki, tog‘da yuqoridan pastni ko‘rish, pastdan yuqorini kuzatishdan ko‘ra qiyin. Shuning uchun kuzatish punkti joyi dara va past joylarda tanlanadi, chunki u yerdan dushmanni tezroq topish mumkin. Oriyentirlar sifatida joyda kontur chiziqlariga ega bo‘lgan predmetlar tanlanadi. Tun sharoitida kuzatish tungi ko‘rish asboblari yoki ko‘z yordamida olib boriladi.
Kuzatish olib borayotgan jangchi, amaliy mashg‘ulotlar paytida komandir tomonidan berilgan topshiriqlar qanday bajarilgan bo‘lsa, jang paytida ularga to‘liq rioya qilish talab etiladi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling