Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


A17-Mavzu: Harbiy topografya. Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish mavzusi bo‘yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ushubiyoti


Download 3.78 Mb.
bet63/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

A17-Mavzu: Harbiy topografya. Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish mavzusi bo‘yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ushubiyoti.
А17/1-Mashg’ulot:Harbiy topografya. Mo‘ljal olishning mohiyati.
1. Harbiy topografiya.
2. Joyda xaritasiz mo‘ljal (oriyentir) olish.
Tayanch iboralar:
Harbiy topografiya, joy, relg‘ef, maxalliy jismlar, joyning taktik xususiyatlari, joyning ximoyalanish xususiyatlari, o‘rmonning qalinligi, daryolar kengligi, kesishgan, kamkesishgan, kesishmagan, ochiq joylar, yarimyopiq joylar, yopiq joylar, tekisliklar, past – balandlik, tog‘liklar, cho‘llar, dasht joylar.

Harbiy topografiya fani harbiy xizmatchilarning, ya`ni serjantlar xamda kichik komandirlarning, mustaqil Vatanimiz sarxadlari daxlsizligi va xavfsizligini tahminlash maqsadida o‘zlarining oldilariga qo‘yilgan jangovor vazifalarini o‘z vaqtida sifatli bajarishlari uchun, shu jangavor xarakatlar olib boriladigan xududning geografik tuzilishini, baland-pastliklarini, tog‘u - o‘rmonlarini, dashtu-cho‘llarini, daryo va ko‘llarini, vaxolanki er ustida joylashgan barcha ko‘zga ko‘rinarli mo‘ljallarning harbiy texnika va piyodalar xarakatlariga o‘tkazadigan tahsirini hisobga olishlari, zamonaviy jang taqdirini xal qiluvchi asosiy omillardan biri deb ko‘rsatiladi.


Shartnoma buyicha xizmat qiluvchi serjantlar va kichik ofitserlar, yuqori qo‘mondonlikdan jangovor topshiriq olganlaridan so‘ng, o‘z gurux yoki bo‘linmalari bilan ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha aniq va dadil xarakat qilishlari, manzilga tez va adashmasdan etib borishlari xamda jangovor topshiriqni muvofaqqiyatli bajarishlari uchun topografik xaritalar bilan bevosita ishlashlari kerak bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun harbiy topografiyani mukammalroq o‘rganish zarurati tug‘iladi.
Albatta bunday darajaga etishish uchun ahlo o‘qishimiz, xarb ilmini chuqur o‘rganishimiz zarur bo‘ladi.
Joy va uning jangdagi axamiyati.
Harbiy ishda joy deganda, harbiy xarakatlar olib boriladigan er maydoni tushuniladi. Er yuzidagi notekisliklarni joyning relg‘efi desak, qolgan obektlar esa, yahni inson qo‘li yoki tabiat tomonidan yaratilganlari (daryolar, yo‘llar, axoli punktlari va boshqalar) maxalliy jismlar deyiladi. Jangni tashkillash va boshqarish, jangovor texnikani jangda qo‘llash, kuzatuv olib borish, mo‘ljallanish, yashirinish kabi taktik xususiyatlarini belgilashda relg‘ef va maxalliy jismlar, yahni asosiy topografik elementlar muxim axamiyatga egadir.
Joyning, yadro quroli va boshqa qurollar qo‘llanilganida, shaxsiy tarkib va jangovor texnikalarni talofat ko‘rishini kamaytirishga yordam beruvchi xususiyatlari, joyning ximoyalanish xususiyatlari deyiladi. Joyning taktik va ximoyalanish xususiyatlarini o‘rganishda, maxalliy jismlar va relg‘efni xilma-xil ko‘rinishlarini kuzatamiz. Shu xilma-xil ko‘rinish bilan ular joyning bir-biridan tubdan farq qiluvchi ko‘rinishini xosil qiladi.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling