Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Joyning qo‘shinlar xarakatlanishiga


Download 3.78 Mb.
bet65/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Joyning qo‘shinlar xarakatlanishiga ta`siri.
Joyning jangovor va boshqa texnikalarni xaraktlanishini engillashtiruvchi yoki chegaralovchi xususiyati, o‘tuvchanlik sharoitini belgilaydi. Xar qanday joyning o‘tuvchanlik sharoitini belgilovchi asosiy omillardan biri, mavjud rivojlangan yo‘l qurilmalari va ularning sifatidir.
Avtoulov yo‘llarining asosiy texnikaviy ko‘rsatkichlarini yurish qismining kengligi, qoplama to‘shami, to‘siqlarga qo‘yilgan yo‘l inshootlarining sifati, temir yo‘llarida esa, yo‘llarning soni, tortish moslamalarining turi, bekatlarning soni va ularning sifati tashkil kiladi.
Ikki tomonlama xarakatlanuvchi avtomobil yo‘llarining kengligi 6,5-7,5 (avtostradalardan tashqari) metr bo‘lishi keng tarqalgan. Qoplamining tuzulishiga qarab avtomobil yo‘llari qattik qoplamli (shosselar, qotirilgan tuproq yo‘llari) va tabiiy tuproqli yo‘llarga (qishloq, dala yo‘llar) bo‘linadi.
Yo‘llar qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, qo‘shinlar xarakati uchun shunchalik qulay buladi. Yo‘llar tizimining axamiyati ayniqsa tog‘li va cho‘lli joylarda katta moxiyatga ega. Bunday sharoitlarda yo‘l tizimi nafaqat o‘tuvchanlikka, balki qo‘shinlar xarakati tezligiga, jangda o‘zgaruvchan tezlikka, xarakat yo‘nalishini tanlashga katta tahsirini o‘tkazadi. Joyning yo‘llardan tashqari (yo‘lsiz) o‘tuvchanligi asosan relefning tuzulishiga, o‘simlik qoplami, daryo va ko‘llarning mavjudligi va xolati, yilning vaqti va ob-xavo sharoitiga bog‘liqdir. Yo‘llardan tashqari (yo‘lsiz) eng yaxshi o‘tuvchanlikka ochiq tekislik yoki pasttekislik joylar mos keladi. Joylarning o‘tuvchanligiga o‘rmonlar sezilarli darajada tasir ko‘rsatadi. O‘rmonlarni asosan daraxtlarning turiga, yoshiga, qalinligiga va quyuqligiga qarab baxolash mumkin.


Yoshiga qarab daraxtlar quyidagicha bo‘linadi:
- yoshlari – daraxt balandligi 4-6 m, qalinligi 5-15 sm.
- o‘rta yoshlari – daraxt balandligi 6-10 m, qalinligi 20 sm.
- etilganlari – daraxt balandligi 10 m dan oshiq, qalinligi 20-25sm.



Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling