Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Dunyo tomonlari yo‘nalishlarini osmon yoritgichlari yordamida aniqlash


Download 3.78 Mb.
bet76/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Dunyo tomonlari yo‘nalishlarini osmon yoritgichlari yordamida aniqlash.
Kompas bo‘lmaganda yoki xududda magnit maydoni kuchli bo‘lganligi sababli kompas noto‘g‘ri yunalish ko‘rsatgan xollarda, dunyo tomonlarini osmon yoritgichlari yordamida aniqlash mumkin: kunduzi - quyosh, kechasi - oy va yulduzlar joylashuvi yordamida.
Shimoliy yarim sharda quyosh taxminan soat 7.00 da – sharqda, 13.00 da – janubda, 19.00 da – g‘arbda ko‘rinadi.
Dunyo tomonlarini quyosh bilan aniqrok topish uchun, raqamli qo‘l soatlaridan ham foydalanish mumkin. Soat ko‘rsatgichini quyoshga to‘g‘rilab, uni yotiq xolatga keltiramiz. Soat ko‘rsatgichi bilan 1 raqami orasidagi burchakni to‘g‘ri chiziq bilan ikkiga bo‘lamiz. Shu chiziq yo‘nalishi janubni, uning orqa tomoni esa shimolni ko‘rsatadi. Bu usulni qo‘llashda, soat ko‘rsatgichini 13.00 gacha o‘tadigan bo‘lagini tushlikgacha, 13.00 dan keyingi bo‘lagini esa tushlikdan so‘ng ikkiga bo‘lish kerak.
Yulduz yordamida dunyo tomonlarini aniqlash.
Qutb yulduzinig doimiy joylashuvi shimolda bo‘ladi. Qutb yulduzi kichik ayiq yulduzlari turkumiga kiradi. Kechasi, bulutsiz xavoda qutb yulduzini katta ayiq yulduzi yordamida aniq topish mumkin. Katta ayiq turkumidagi ikki chetki yulduzdan fikran to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va bu chiziq, ikki yulduz orasidagi masofadan besh marta uzoq masofaga davom ettiriladi. Shunda, davom ettirilgan bu chiziqning uchi, qutb yulduziga to‘g‘ri keladi. Bu yulduz bizga doimo xarakat yo‘nalishini ushlash uchun mustaxkam mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi, chunki uning osmondagi o‘rni xech qachon o‘zgarmaydi. Qutb yulduzi yordamida yo‘nalishni aniqlash 2-3 darajaga farq qilishi mumkin.
Oy to‘lib turganda dunyo tomonlarini uning yordamida bexato aniqlash mumkin. Quyidagi jadvalda dunyo tomonlarini oy yordamida qanday aniqlash ko‘rsatilgan.
Jadval №4


Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling