Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Takrorlash uchun savollari


Download 3.78 Mb.
bet85/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Takrorlash uchun savollari.
1. Favqulodda vaziyatlarning turlari. Favqulodda vaziyatlarning ko`lami. Trans-chegara favqulodda vaziyatlar.Favqulotda vaziyatlarni keltirib chiqargan sabablar.
2. Favqulodda vaiziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT).

  1. Respublikasi hududida texnogen va tabiiy xarakterdagi ehtimoliy sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlar.

А18/2-Mashg’ulot: Yaqinlashayotgan xavflarning belgilari. Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlar (transport hodisasi, kimyoviy va radiatsion, portlash, energetik va kommunal tizimlarini ishdan chiqishi).
Reja.
1.Yaqinlashib kelayotgan xavfning darak beruvchi belgilari.
2.Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tushunchasi. Transport avariyalari va halokatlari.


1.Yaqinlashib kelayotgan xavfning darak beruvchi belgilari.
Xavf - hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon, obyekt, kuchli ta'sir etuvchi va boshqa omillarning inson sog'ligiga, umriga qay darajada zarar keltirishini anglatadi.
Masalan, yong'in, ishlab chiqarish avariyasi, epidemiologik holat, zaharli moddalarning tashqi muhitga tarqalishi, ishlab chiqarishda sanitar-gigiyenik ko’rsatkichlarning o'zgarishi, tabiiy, texnogen ekologik favqulodda vaziyatlar va h.k. Xavflarning xususiyatlarini xarakterlovchi beJgiJar soni turli xilda bo'Jishi rnumkin. Ba'zi bir xavflarda bu ko'rsatkichlar ko'p sonda, ba'zi birlarida kichik sonda bo'ladi. Ya’ni har qanday xavflarni standart aniq ko'rsatkichlar bilan va ulaming aniq soni biJan xarakterlab bo'lrnaydi. Ba'zi bir xavflarni xarakterlovchi belgilar 5-6 ta sonda bo’lsa, boshqalarida undan kam yoki ko'p bo' lishi mumkin.
Masalan: yer silkinishi xavfida 9 ta xarakterlovchi belgilarni keltiramiz:
- tuproq zarrachalari tebranrna harakatining ortishi;
- hayvonot dunyosining bezovtalanishi ;
- yer ostki suvlarining yerga yaqinlashishi;
- yer ostki suvlari tarkibida radon moddasining ortishi;
- yerda yoriqlarning paydo bo'lishi; - buloqlarning paydo bo'lishi;
- atrof muhitga begona gazlaming tarqalishi;
- tuproq zarrachalari ning deformatsiyalanishi;
- tuproq zarrachalari elektr qarshiligining o'zgarishi va hokazo.
Yer ko'chki xavti umuman boshqa xarakterlovchi belgilar orqali aniqlanadi. Jumladan:
- tuproq zarrachalari namlik darajasining ortishi;
- tuproq zarrachalari muslahkamlik darajasining pasayishi;
- qiya sathli joylarda yoriqlaming hosil bo' lishi;
- yo'llarda uzilishlaming kuzatilishi;
- daraxtlaming to'g'ri o'smasligi;
- uylar konstruksiyasining buzilishi;
- uylaming devorlarida yoriq laming yuzaga kelishi va boshqa ko’rsatkichlar; Har qanaqa xavf o'zida inson hayot faloiyatini izdan chiqaruvchi energiyaga ega bo'lib, kimyoviy yoki biologik faol komponentlami O’zida saqlaydi- Masalan: atir-upa sanoatida qo'llaniladigan erituvchilar: efir, spirt, xloroform va boshqa.aming surunkali ta'sir etishi insonlarda allergik kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo' ladi. Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi:
I. Kelib chiqish tabiatiga ko'ra : tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik.
2. Ta'sir xususiyatiga ko'ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko'ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong'in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltiruvchi zarariga ko'ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko'ra: turmushga, sportga, yo'l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar.
6. Insonga ta'sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
7. Ta'sir doirasiga ko'ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta'sir etish tezligiga ko'ra: tasodifiy, shiddatli, mo'tadil va ravon.
Bulardan shunday xulosa chiqadiki, inson faoliyatining bironta turi yo'qki, u absolut xavfsiz amalga oshsa. Shuning uchun, har qanday xavf potensial xavfli hisoblanadi. Xavflarning taksonomiyasi.Taksonomiya - murakkab hodisalami, jarayonlami, tushunchalami yoki obyektlarni bir sistemaga salish haqidagi fandir.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling